Shonazarov Jashid Shuhratovichning
fanlari doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Davlat xizmatchisi boshqaruv faoliyatining ma’naviy-axloqiy asoslari”, 09.00.02 – Ong madaniyat va amaliyot shakllari falsafasi (Etika)
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: №B2022.1.DSc/Fal114
Ilmiy maslahatchi: Alimardonov To‘lqin Turdievich, siyosiy fanlar doktori, professor
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Shahrisabz davlat pedagogika instituti
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: O‘zbekiston Milliy universiteti DSc.03/30.12.2019.F.01.05
Rasmiy opponentlar: Jo‘raev Temur Abdulahatovich, falsafa fanlari doktori, professor; Mo‘minov Alisher G‘affarovich, siyosiy fanlar doktori, professor; Musaev Faxriddin Abdusattorovich, falsafa fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Respublika Ma’naviyat va Ma’rifat markazi huzuridagi Ijtimoiy - Ma’naviy tadqiqotlar instituti
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: davlat va jamiyat boshqaruvini demokratlashtirish jarayonida davlat xizmatchilarining boshqaruv faoliyatini ma’naviy-axloqiy qadriyatlarga asoslangan holda takomillashtirishning nazariy va metodologik asoslarini ishlab chiqish hamda ularni ilmiy tahlil etishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
davlat xizmatchisi ma’naviyatining tarixiy taraqqiyotida shakllangan axloqiy tamoyillarga nisbatan tizimli, tarixiy, aksiologik, g‘oyaviy va qiyosiy-falsafiy yondashuvlar asosida kasbiy faoliyatga oid axloqiy fazilatlarni shakllantirish hamda ma’naviy-axloqiy me’yorlarga rioya qilishning konseptual asoslari ochib berilgan;
boshqaruv ma’naviyati va rahbar ma’naviy qiyofasining o‘zaro dialektikasining qadimiy-axloqiy, ma’rifiy-ma’muriy va zamonaviy innovatsion-etik kabi uch bosqichli tarixiy shakllanish tendensiyalari bilan bog‘liq adolat, burch, vijdon kabi axloqiy tushunchalar ijtimoiy munosabatlardagi amaliy in’ikosi asoslangan;
davlat xizmatchilarida axloqiy kompetensiyalarni rivojlantirish va monitoring qilishning zamonaviy diagnostik vositalari (axloqiy me’yorlar indikatori, qadriyatlar tizimi mezoni va ma’naviy-axloqiy fazilatlarni baholash mexanizmlari) asosida davlat boshqaruvi samaradorligini yuksaltirish imkoniyatlari ochib berilgan;
Yangi O‘zbekistonda axloqiy qadriyatlarga asoslangan boshqaruv madaniyatini shakllantirishda normativ-huquqiy, tashkiliy, ma'naviy-ma'rifiy va kasbiy rivojlanish mexanizmlarini amaliyotga tatbiq etishga asoslangan “Davlat xizmati etikasi kodeksi” negizidagi konseptual model zarurati dalillangan;
zamonaviy texnologiyalar va sun’iy intellektning joriy etilishi bilan davlat boshqaruvida axloqiy talablarning bajarilishi, davlat xizmatchilari raqamli vositalarni ishlatishda axloqiy prinsiplarga rioya qilishda xususiy ma’lumotlar xavfsizligini ta’minlash, o‘zgalar huquqlarini hurmat qilish va axborot manipulatsiyasiga yo‘l qo‘ymaslik kompetensiyasiga ega bo‘lishi asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Davlat xizmatchisi boshqaruv faoliyatining ma’naviy-axloqiy asoslarini shakllantirishga oid ilmiy natijalar asosida ishlab chiqilgan taklif va tavsiyalarni amaliyotga tatbiq etish maqsadida:
davlat xizmatchisi ma’naviyatining tarixiy taraqqiyotida shakllangan axloqiy tamoyillar tizimli, tarixiy, aksiologik, g‘oyaviy va qiyosiy-falsafiy metodlar asosida tahlil qilinib, davlat boshqaruvida ma’naviy-axloqiy fazilatlarning amaliy aks etish mexanizmlari ishlab chiqilganligiga oid ilmiy xulosalardan Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati – O‘zbekiston Liberal Demokratik partiyasi faoliyatida foydalanilgan (28.11.2024-y., № 01-27/592-son ma’lumotnoma). Natijada, partiya tizimidagi rahbarlar va deputatlik korpusi faoliyatida adolat, burch, sadoqat va halollik kabi qadriyatlarga asoslangan axloqiy yetakchilik tamoyillarini rivojlantirishga xizmat qilgan;
boshqaruv ma’naviyati va rahbar ma’naviy qiyofasining o‘zaro dialektik aloqadorligi falsafiy-nazariy nuqtayi nazardan ochib berilgani, ularning o‘zaro ta’siri rahbar shaxsining ma’naviy qiyofasi orqali boshqaruv ma’naviyatining amaliy ifodasini ta’minlashi haqidagi ilmiy xulosadan O‘zbekiston Respublikasi Xalq Demokratik partiyasi faoliyatida foydalanilgan (18.04.2025-y., № 5-168-son ma’lumotnoma). Natijada, partiya rahbarlari va faollarining boshqaruv etikasini takomillashtirish, rahbar shaxsining axloqiy fazilatlarini baholash hamda jamoa bilan ma’naviy kommunikatsiyani mustahkamlashga xizmat qilgan;
davlat xizmatchilari faoliyatini tartibga soluvchi me’yoriy-huquqiy asoslarda axloqiy me’yorlarning amaliy mexanizmlari etarli darajada ishlab chiqilmagani, ularni bartaraf etish maqsadida ishlab chiqilgan aksiologik modelga oid ilmiy takliflardan Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi huzuridagi Ijtimoiy-ma’naviy tadqiqotlar instituti faoliyatida foydalanilgan (28.10.2024-y., № 406-son ma’lumotnoma). Natijada, ma’naviy-ma’rifiy ishlarni tashkil etishda davlat xizmati etikasi, rahbarlik madaniyati va fuqarolik mas’uliyatini kuchaytirishga doir uslubiy yondashuvlarni joriy etishga xizmat qilgan;
davlat xizmatchilari faoliyatini tartibga soluvchi me’yoriy-huquqiy asoslarning falsafiy-aksiologik tahlili asosida milliy etik model ishlab chiqilganiga oid ilmiy xulosadan O‘zbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agentligi faoliyatida foydalanilgan (06.05.2025-y., № 2-15-21-2381-son ma’lumotnoma). Natijada, yosh davlat xizmatchilari va volontyorlar o‘rtasida kasbiy axloqiy kompetensiyalarni rivojlantirish, vijdon va sadoqat tamoyillarini mustahkamlashga qaratilgan trening dasturlarini ishlab chiqishga xizmat qilgan;
davlat xizmatchisining ma’naviy-axloqiy qiyofasining milliy konsepsiyasi ilmiy asosda ishlab chiqilib, burch, adolat, halollik, vijdon va insonparvarlik qadriyatlariga tayangan falsafiy-aksiologik model sifatida taklif etilganligiga oid xulosadan “Yuksalish” umummilliy harakati Qashqadaryo viloyati bo‘linmasi faoliyatida foydalanilgan (20.08.2024-y., № 01/166-son ma’lumotnoma). Natijada, rahbar va xodimlar uchun tashkil etilgan ma’naviy-axloqiy seminarlar, muhokamalar va treninglarda davlat xizmatchilari konseptual modelining tamoyillarini tatbiq etishga xizmat qilgan;
xuddi shu konsepsiyaga asoslangan davlat xizmati etikasi kodeksini milliy qadriyatlarga moslashtirish, axloqiy kompetensiyalarni rivojlantirish va rahbarlik madaniyatini yuksaltirishga oid tavsiyalardan Qashqadaryo viloyati Shahrisabz shahar hokimligi faoliyatida foydalanilgan (23.07.2024-y., № 03-03/2153-son ma’lumotnoma). Natijada, hokimlik tizimi xodimlari faoliyatida boshqaruv etikasi va javobgarlik tamoyillarini mustahkamlash, xodimlarning ma’naviy-axloqiy kompetensiyasini oshirish hamda xizmat madaniyatini yuksaltirishga xizmat qilgan.