Jo‘raeva Dilfuza Jangirovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “O‘zbekistonda arxiv ishlari va uning tarixi” (Surxondaryo viloyati misolida), 07.00.01 – O‘zbekiston tarixi (tarix fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B.2022.1.PhD/Tar1002.
Ilmiy rahbar: Rahimov Bahodir Saidmusaevich tarix fanlari nomzodi, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Termiz davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Termiz davlat universiteti. PhD.03/30.12.2019.Tar.78.02.
Rasmiy opponentlar: Xoliqova Raxbar Ergashevna, tarix fanlari doktori, professor; Xushboqov Panji Shoymanovich, tarix fanlari nomzodi dotsent.
Yetakchi tashkilot Shaxrisabz davlat pedagogika institutini.
II. Tadqiqotning maqsadi: “1925-2025 yillarda Surxondaryo viloyatida arxivlarning shakllanishi va rivojlanish tarixini ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
Surxondaryo viloyatidagi ilk arxiv idorasi Sherobod shahrida tashkil etilganligi, arxiv xodimlariga nisbatan ommaviy qatag‘onliklar oqibatida arxiv faoliyati to‘xtab qolganligi, 1934-yilda qayta tashkil etilganda qo‘shni Qashqadaryo okrugi rayonlariga ham xizmat ko‘rsatganligi aniqlangan.
Mamlakat arxiv idoralarining IIXK ixtiyoriga o‘tkazilishi arxiv ishlarining faoliyatiga salbiy ta’sir ko‘rsatganligi, ikkinchi jahon urushi yillarida arxivlardan xalq xo‘jaligini rivojlantirish va operativ-chekistlik maqsadlari yo‘lida unumli foydalanilganligi aniqlangan.
Arxiv tizimining Ichki ishlar ministrligi tarkibidan chiqarilishi Surxondaryoda arxiv ishlarining yaxshilanishiga turtki bo‘lganligi, buning natijasida Surxondaryo viloyat davlat arxivi yirik ilmiy tadqiqot maskaniga aylanganligi asoslangan.
Mustaqillik yillarida arxivlarning yangi binolar va zamonaviy texnikalar bilan ta’minlanishi ish unumi ortishi va hujjatlarni raqamlashtirishning kuchayishiga sabab bo‘lganligi, xalqaro ilmiy markazlar bilan hamkorligi natijasida milliy arxiv tizimi ishining yaxshilanishiga olib kelganligi dalillangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
O‘zbekistonda arxiv ishlari va uning tarixi Surxondaryo viloyati misoli bo‘yicha olib borilgan tadqiqot ishi asosida:
Surxondaryo viloyatidagi ilk arxiv idorasi Sherobod shahrida tashkil etilganligi, arxiv xodimlariga nisbatan ommaviy qatag‘onliklar oqibatida arxiv faoliyati to‘xtab qolganligi, 1934-yilda qayta tashkil etilganda qo‘shni Qashqadaryo okrugi rayonlariga ham xizmat ko‘rsatganligi to‘g‘risidagi ma’lumotlardan “O‘zbekiston tarixi” telekanalida namoyish etilgan “Taqdimot” ko‘rsatuvi ssenariysini tayyorlashda foydalanildi (O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasi “O‘zbekiston tarixi” telekanalining 2022-yil 16-fevraldagi 02-31-2087-sonli ma’lumotnomasi). Bu esa, teletomoshabinlarga Surxondaryoda arxivlarning shakllanishi bilan bog‘liq tushunchalarning hosil bo‘lishiga xizmat qilgan.
Mamlakat arxiv idoralarining IIXK ixtiyoriga o‘tkazilishi arxiv ishlarining faoliyatiga salbiy ta’sir ko‘rsatganligi, ikkinchi jahon urushi yillarida arxivlardan xalq xo‘jaligini rivojlantirish va operativ-chekistlik maqsadlari yo‘lida unumli foydalanilganligi to‘g‘risidagi ma’lumotlardan “O‘zbekiston tarixi” telekanalida namoyish etilgan “Taqdimot” ko‘rsatuvi ssenariysini tayyorlashda foydalanildi (O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasi “O‘zbekiston tarixi” telekanalining 2022-yil 16-fevraldagi 02-31-2087-sonli ma’lumotnomasi). Natijalar, teletomoshabinlarda arxivlarning xalq xo‘jaligidagi o‘rni haqidagi tasavvurlari kengayishiga xizmat qilgan.
Arxiv tizimining Ichki ishlar ministrligi tarkibidan chiqarilishi Surxondaryoda arxiv ishlarining yaxshilanishiga turtki bo‘lganligi, buning natijasida Surxondaryo viloyat davlat arxivi yirik ilmiy tadqiqot maskaniga aylanganligi to‘g‘risidagi ma’lumotlardan Surxondaryo viloyati arxiv ishi hududiy boshqarmasining tadbirlarida foydalanilgan (Surxondaryo viloyati arxiv ishi hududiy boshqarmasining 2023-yil 10-fevraldagi 01-5/27-son ma’lumotnomasi). Natijalar arxiv hujjatlarini saqlash va ulardan foydalanishga doir ma’lumotlarni yoritib berishga xizmat qilgan.
Mustaqillik yillarida arxivlarning yangi binolar va zamonaviy texnikalar bilan ta’minlanishi ish unumi ortishi va hujjatlarni raqamlashtirishning kuchayishiga sabab bo‘lganligi, xalqaro ilmiy markazlar bilan hamkorligi natijasida milliy arxiv tizimi ishining yaxshilanishiga olib kelganligi to‘g‘risidagi ma’lumotlardan “O‘zarxiv” agentligining ma’naviy-ma’rifiy ishlarida foydalanilgan (“O‘zarxiv” agentligining 2023-yil 14-fevraldagi 01-26-06/187-son ma’lumotnomasi). Bu esa, mustaqillik yillarida arxiv sohasining texnik jihozlanishi ortganligi bo‘yicha ma’lumotlarni ochib berishga xizmat qilgan.