Razzakova Guzal Kadirovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “Mustaqillik yillarida Xorazm vohasi xalfachiligi”, 07.00.07 – Etnografiya, etnologiya va antropologiya (tarix fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.3.PhD/Tar.169.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Termiz davlat universiteti.
Ilmiy rahbar: Davlatova Saodat Tilovberdievna, tarix fanlari doktori, professor.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Termiz davlat universiteti, PhD.03/30.12.2019.Tar.78.02.
Rasmiy opponentlar: Raxmonov Faxridin Shoymardonovich, tarix fanlari doktori, professor, Abidova Zaynab Qadirberganovna, tarix fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent.
Yetakchi tashkilot: Urganch davlat universiteti.
II. Tadqiqotning maqsadi: Mustaqillik yillarida Xorazm vohasi xalfachiligi va undagi o‘zgarishlarni tarixiy-etnografik materiallar asosida ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
Xorazmlik ijrochi va ijodkor xalfalarning “shomon xalfa”, “yanga xalfa”, “dostonchi-qissaxon xalfa”, “xonanda xalfa”, “shoira xalfa” kabi turlarga bo‘linishi, xalfachilikda uchta bosqich mavjudligi, xalfalarning sevgi-muhabbat, mehnat va tarixiy janrlarda qo‘shiq kuylaganliklari aniqlangan;
Xalfachilikni egallayotgan shogirdning o‘z uyiga etti kasb egasi – temirchi, g‘assol, sartarosh, dasturxonchi, tikuvchi yoki tabib, musiqachi va ustozini mehmonga chaqirib, ulardan duo olish marosimini o‘tkazishlari, porxon-xalfalarning kasal kishi badaniga kirib qolgan yomon ruhlarni quvish ishlarini bajarganliklari ochib berilgan;
Xorazmda “beshik to‘yi” marosimi bilan bog‘liq “chaman” odatining mavjudligi, uni tayyorlab olib keluvchilar va o‘rnatuvchilar “chamanchilar” deb yuritilishi, “palov”, “barak”, “go‘mma”, “qorma” kabi ovqatlar sunnat to‘yining anʼanaviy taomnomasini tashkil etganligi, bola tarbiyasi bilan bog‘liq “qo‘ndoq bichar” va “to‘shak kesish” marosimlarini o‘tkazganliklari asoslab berilgan;
Nikoh to‘yining Xorazmda “muborak to‘y” deb ham atalishi, 12, 24, 25, 63 yoshga kirgan xotin-qizlarga nisbatan “lachak to‘yi” o‘tkazilganligi va bu marosimni xalfalar boshqarganliklari, Mustaqillik yillarida 1-sinfga borayotgan bolalar uchun yangi “papka palov to‘yi” vujudga kelganligi isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
“Xorazm vohasi xalfachiligi mustaqillik yillarida” mavzusi yuzasidan ishlab chiqilgan ilmiy xulosa va takliflar asosida:
Xorazmlik ijrochi va ijodkor xalfalarning “shomon xalfa”, “yanga xalfa”, “dostonchi-qissaxon xalfa”, “xonanda xalfa”, “shoira xalfa” kabi turlarga bo‘linishi, xalfachilikda uchta bosqich mavjudligi, xalfalarning sevgi-muhabbat, mehnat va tarixiy janrlarda qo‘shiq kuylaganliklari, to‘g‘risidagi ma’lumotlardan “O‘zbekiston tarixi” telekanalining “Taqdimot” ko‘rsatuvi ssenariysini tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasining 2021-yil 18-martdagi 02-40-404-son ma’lumotnomasi). Natijada, Xorazm vohasida xalfachilik rivoji, xalfachilikdagi ustoz-shogird an’analari va ularning qo‘llagan uslublari tarixiga oid manbalardan keng foydalanishga xizmat qilgan;
Xalfachilikni egallayotgan shogirdning o‘z uyiga etti kasb egasi – temirchi, g‘assol, sartarosh, dasturxonchi, tikuvchi yoki tabib, musiqachi va ustozini mehmonga chaqirib, ulardan duo olish marosimini o‘tkazishlari, porxon-xalfalarning kasal kishi badaniga kirib qolgan yomon ruhlarni quvish ishlarini bajarganliklari to‘g‘risidagi ma’lumotlardan “O‘zbekiston tarixi” telekanalining “Taqdimot” ko‘rsatuvining ssenariysini shakllanitirish jarayonida foydalanilgan (O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasining 2021-yil 18-martdagi 02-40-404-son ma’lumotnomasi). Olingan natijalar, Xorazm vohasida xalfachilik bilan bog‘liq urf-odat va an’analarni keng xalq ommasiga targ‘ib qilishga xizmat qilgan;
Xorazmda “beshik to‘yi” marosimi bilan bog‘liq “chaman” odatining mavjudligi, uni tayyorlab olib keluvchilar va o‘rnatuvchilar “chamanchilar” deb yuritilishi, “palov”, “barak”, “go‘mma”, “qorma” kabi ovqatlar sunnat to‘yining anʼanaviy taomnomasini tashkil etganligi, bola tarbiyasi bilan bog‘liq “qo‘ndoq bichar” va “to‘shak kesish” marosimlarini o‘tkazishlari to‘g‘risidagi ma’lumotlardan Xalqaro “Oltin meros” xayriya jamoat fondining targ‘ibot ishlarida foydalanilgan (Xalqaro “Oltin meros” xayriya jamoat fondining 2022-yil 27-maydagi 01-10-27/05-22-son dalolatnomasi). Natijalar yosh avlodni milliy qadriyatlarga hurmat ruhida tarbiyalash, ularning dunyoqarashi va tafakkurini yuksaltirishda boy madaniy meros namunalaridan keng foydalanishga xizmat qilgan;
Xorazmda nikoh to‘yining “muborak to‘y” deb ham atalishi, 12, 24, 25, 63 yoshga kirgan xotin-qizlarga nisbatan “lachak to‘y” o‘tkazilganligi va bu marosimni xalfalar boshqarganliklari, mustaqillik yillarida 1-sinfga borayotgan bolalar uchun yangi “papka palov to‘y” vujudga kelganligi to‘g‘risidagi ma’lumotlardan Xalqaro “Oltin meros” xayriya jamoat fondining ma’naviy-ma’rifiy ishlarida foydalanilgan (Xalqaro “Oltin meros” xayriya jamoat fondining 2022-yil 27-maydagi 01-10-27/05-22-son dalolatnomasi). Natijalar, milliy qadriyatlarning umuminsoniy ahamiyatini yosh avlod ongiga singdirilishiga xizmat qilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish