Askarova Barchinoy Abdiraximovnaning
pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD)
dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “Kasbiy refleksiya asosida bo‘lajak o‘qituvchilarning transversal kompetensiyalarini rivojlantirish metodikasi” 13.00.02 – Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (texnologik ta’lim).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2025.1.PhD/Ped7408
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Andijon davlat universiteti.
Ilmiy rahbar: Shuxratov Sharof Shuxratovich, texnika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa, IK raqami: Farg‘ona davlat universiteti, PhD.03/27.09.2024.Ped.05.07.
Rasmiy opponentlar: Ismoil Karimov, pedagogika fanlari nomzodi, professor; Qo‘ysinov Odil Almurotovich, pedagogika fanlari doktori (DSc), professor.
Yetakchi tashkilot: Buxoro davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: kasbiy refleksiya asosida talabalarining transversal kompetensiyalarini rivojlantirish metodikasini takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
bo‘lajak o‘qituvchilarining transversal kompetensiyalarini rivojlantirish tuzilmasi o‘zini-o‘zi tarbiyalash, anglash qobiliyati, ijtimoiy hamdo‘stlik ko‘nikmalari kabi shaxsiy jihatlari uyg‘un rivojlantirish, kasbiy bilimlarning epistemologik (bilish), aksiologik (qiymatlar) va praksiologik (amaliy faoliyat) komponentlari tahlil qilinib, texnologik g‘oyalar banki, shaxslararo munosabatlar hamda insonning ijtimoiy qiymatlarga bo‘lgan munosabati kabi jihatlarga ustuvorlik berish orqali aniqlashtirilgan;
kasbiy refleksiya asosida bo‘lajak o‘qituvchilarning transversal kompetensiyalarini rivojlantirish modeli faoliyatli bloki textalim.uz elektron ta’lim platformasidan foydalanish (oziq ovqat mahsulotlari tayyorlash texnologiyasi mashg‘ulotlarida mustaqil ta’lim, videodarslar, topshiriqlarni majmuaviy qo‘llash) orqali takomillashtirilgan;
bo‘lajak o‘qituvchilarning transversal kompetensiyalarini rivojlantirish metodikasi oziq ovqat maxsulotlari tayyorlash texnologiyasi mashg‘ulotlarida maxsus (tasodifiy konvertatsiya, tajriba va taraqqiyot, oltita rangli qalpoqcha, bilvosita strategiyalar, fokal obektlar) hamda interfaol metodlar (sinergetika laboratoriyasi, morfologik quti (morfologik tahlil), mental xarita (idrok xaritasi), ekspert baholash) uyg‘unligida o‘qitishning metodik ta’minoti orqali takomillashtirilgan;
tashxislash tizimi rang korrelyasiyasi, dispersion tahlil, klassik statistik o‘lchov usullarini integrativ muvofiqlashtirish orqali takomillashtirilgan va bo‘lajak o‘qituvchilarining transversal kompetensiyalarini rivojlanganligini aniqlashga qaratilgan (yuqori (kreativ), o‘rta (produktiv), past (reproduktiv)) darajalarni baholovchi mezon va ko‘rsatkichlar mazmuni ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Kasbiy refleksiya asosida bo‘lajak o‘qituvchilarning transversal kompetensiyalarini rivojlantirish metodikasi bo‘yicha olingan natijalar asosida:
bo‘lajak o‘qituvchilarining transversal kompetensiyalarini rivojlantirish tuzilmasi o‘zini-o‘zi tarbiyalash, anglash qobiliyati, ijtimoiy hamdo‘stlik ko‘nikmalari kabi shaxsiy jihatlari uyg‘un rivojlantirish, kasbiy bilimlarning epistemologik (bilish), aksiologik (qiymatlar) va praksiologik (amaliy faoliyat) komponentlari tahlil qilinib, texnologik g‘oyalar banki, shaxslararo munosabatlar hamda insonning ijtimoiy qiymatlarga bo‘lgan munosabati kabi jihatlarga ustuvorlik berish orqali aniqlashtirishga oid takliflardan “Oziq-ovqat mahsulotlari tayyorlash texnologiyasi” nomli o‘quv qo‘llanma mazmuniga singdirilgan (Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2025-yil 14-apreldagi 136-sonli buyrug‘i, 145324-sonli nashr ruxsatnomasi). Natijada bo‘lajak texnologik ta’lim o‘qituvchilarining transversal kompetensiyalarini rivojlantirish samaradorligini oshirishga hizmat qilgan;
kasbiy refleksiya asosida bo‘lajak o‘qituvchilarning transversal kompetensiyalarini rivojlantirish modeli faoliyatli bloki textalim.uz elektron ta’lim platformasidan foydalanish (oziq ovqat maxsulotlari tayyorlash texnologiyasi darslaridan mustaqil ta’lim, videodarslar, topshiriqlarni majmuaviy qo‘llash) orqali takomillashtirishga oid takliflardan bakalavriatning 60111300 - Texnologik ta’lim yo‘nalishi uchun “Oziq-ovqat mahsulotlari tayyorlash texnologiyasi” nomli o‘quv qo‘llanma mazmuniga singdirilgan (Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2025-yil 14-apreldagi 136-sonli buyrug‘i, 145324-sonli nashr ruxsatnomasi). Natijada, bo‘lajak texnologik ta’lim o‘qituvchilarining transversal kompetensiyalarini rivojlantirishga amaliy-metodik jihatini takomillashtirishga erishilgan;
bo‘lajak o‘qituvchilarning transversal kompetensiyalarini rivojlantirish metodikasi oziq ovqat mahsulotlari tayyorlash texnologiyasi darslarida maxsus (tasodifiy konvertatsiya, tajriba va taraqqiyot, oltita rangli qalpoqcha, bilvosita strategiyalar, fokal obektlar) hamda interfaol metodlar (sinergetika laboratoriyasi, morfologik quti (morfologik tahlil), mental xarita (idrok xaritasi), ekspert baholash) uyg‘unligida o‘qitishning metodik ta’minoti orqali takomillashtirishga oid tavsiyalardan «Proflingva» tarjima faoliyati kovorking markazini tashkil etish loyihasini tayyorlashda pedagog va talabalar o‘rtasida tajriba almashish, refleksiv yondashuvni rivojlantirish va transvers kompetentlikni oshirish uchun yanada samarali faoliyat yuritishida foydalanilgan (Farg‘ona davlat universitetining 2025-yil 27-fevraldagi 04/1772-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, bo‘lajak texnologik ta’lim o‘qituvchilarining transversal kompetentligini rivojlantirish modelini takomillashtirishga xizmat qilgan;
tashxislash tizimi rang korrelyasiyasi, dispersion tahlil, klassik statistik o‘lchov usullarini integrativ muvofiqlashtirish orqali takomillashtirilgan va bo‘lajak texnologik ta’lim o‘qituvchilarining transversal kompetensiyalarining rivojlanganligini aniqlashga qaratilgan (yuqori (kreativ), o‘rta (produktiv), past (reproduktiv) darajalarni baholovchi mezon va ko‘rsatkichlar mazmunini ishlab chiqishga oid takliflardan “Oziq-ovqat mahsulotlari tayyorlash texnologiyasi” nomli o‘quv qo‘llanma mazmuniga singdirilgan (Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2025-yil 14-apreldagi 136-sonli buyrug‘i, 145324-sonli nashr ruxsatnomasi). Natijada, bo‘lajak texnologik ta’lim o‘qituvchilarining transversal kompetensiyalarini rivojlantirishning amaliy-texnologik tizimini takomillashtirishga xizmat qilgan.