Jakbarova Zarifaxon Solijon qizining 
pedagogika fanlari boʻyicha falsafa doktori (PhD) 
dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “Bo‘lajak pedagoglarda ijtimoiy-madaniy kompetentlikni rivojlantirish metodikasini takomillashtirish (pedagogika fanlari misolida)”. 13.00.02 – Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (sohalar bo‘yicha) 
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.1.PhD/Ped7056  
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Farg‘ona davlat universiteti.
Ilmiy rahbar: Siddiqov Baxtiyor Saidqulovich pedagogika fanlari nomzodi, dotsent.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa, IK raqami: Farg‘ona davlat universiteti, PhD.03/27.09.2024.Ped.05.07. 
Rasmiy opponentlar: O‘rinova Nilufarxon Muxammadovna, pedagogika fanlari nomzodi, professor; 
Boltaeva Mohichexra Jamshid qizi,  pedagogika fanlari doktori (DSc), dotsent; 
Yetakchi tashkilot: Chirchiq davlat pedagogika universiteti. 
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: bo‘lajak pedagoglarda ijtimoiy-madaniy kompetentlikni rivojlantirish metodikasini takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
bo‘lajak pedagoglarda ijtimoiy-madaniy kompetentlikni rivojlantirish tuzilmasi komponentlari (motivatsion, kognitiv, individual-psixologik, qadriyatli, refleksiv) pedagogik-psixologik tadqiqot ishlarini o‘rganish va tahlil qilish hamda kompetentli yondashuvni qo‘llashga ustuvorlik berish asosida aniqlangan;
bo‘lajak pedagoglarda ijtimoiy-madaniy kompetentlikni rivojlantiruvchi pedagogik va psixologik omillarning o‘zaro bog‘liqligi asosida samaradorligini ta’minlaydigan shart-sharoitlar aniqlashtirilgan hamda pedagogik va madaniy muloqot tushunchalari tahlil qilinib, ularning funksional ahamiyati asoslab berilgan;
bo‘lajak pedagoglarda ijtimoiy-madaniy kompetentlikni rivojlantirishning didaktik imkoniyatlari keys-stadi, muammoli ta’lim, aralash ta’lim, loyiha va interaktiv o‘yin texnologiyalari orqali o‘quv jarayonini loyihalash asosida takomillashtirilgan;
pedagogika fanlarini o‘qitishda bo‘lajak pedagoglarning ijodiy faollik, ijtimoiy-madaniy kompetentligini rivojlantirishga qaratilgan innovatsion ta’lim texnologiyalari modifikatsiya qilinib, kasbiy-shaxsiy fazilatlar hamda kasbiy bilimlarni ta’lim jarayoniga samarali integratsiyalash asosida takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Bo‘lajak pedagoglarda ijtimoiy-madaniy kompetentlikni rivojlantirish metodikasini takomillashtirish yuzasidan olib borilgan tadqiqot natijalari asosida:
bo‘lajak pedagoglarda ijtimoiy-madaniy kompetentlikni rivojlantirish tuzilmasi komponentlari (motivatsion, kognitiv, individual-psixologik, qadriyatli, refleksiv) pedagogik-psixologik tadqiqot ishlarini o‘rganish va tahlil qilish hamda kompetentli yondashuvni qo‘llashga ustuvorlik berish asosidagi tavsiyalardan PZ-20170913120-raqamli “Oliy ta’lim tizimida raqobatbardosh kadrlar tayyorlashning ijtimoiypsixologik mexanizmlari” nomli loyiha doirasida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlashda foydalanilgan. (Nizomiy nomidagi O‘zbekiston milliy pedagogika universitetining 2025-yil 6-noyabrdagi 11-05-6259/4-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, bo‘lajak pedagoglarda ijtimoiy-madaniy kompetentlikni rivojlantirishning didaktik ta’minotini aniqlashga erishilgan. 
bo‘lajak pedagoglarda ijtimoiy-madaniy kompetentlikni rivojlantiruvchi pedagogik va psixologik omillaming o‘zaro bog‘liqligi asosida samaradorligini ta’minlaydigan shart-sharoitlar aniqlashtirilgan hamda pedagogik va madaniy muloqot tushunchalari tahlil qilinib, ulaming funksional ahamiyati asoslab berilganligiga doir tavsiyalardan PZ-20170913120-raqamli “Oliy ta’lim tizimida raqobatbardosh kadrlar tayyorlashning ijtimoiy-psixologik mexanizmlari” nomli loyiha doirasida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlashda foydalanilgan. (Nizomiy nomidagi O‘zbekiston milliy pedagogika universitetining 2025-yil 6-noyabrdagi 11-05-6259/4-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, bo‘lajak pedagoglarda ijtimoiy-madaniy kompetentlikni rivojlantirish metodikasini takomillashtirishda tizimli yondashuvga erishilgan.
bo‘lajak pedagoglarda ijtimoiy-madaniy kompetentlikni rivojlantirishning didaktik imkoniyatlari keys-stadi, muammoli ta’lim, aralash ta’lim, loyiha va interaktiv o‘yin texnologiyalari orqali o‘quv jarayonini loyihalash asosida takomillashtirishga oid tavsiyalardan PZ-20170913120-raqamli “Oliy ta’lim tizimida raqobatbardosh kadrlar tayyorlashning ijtimoiy-psixologik mexanizmlari” nomli loyiha doirasida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlashda foydalanilgan. (Nizomiy nomidagi O‘zbekiston milliy pedagogika universitetining 2025-yil 6-noyabrdagi 11-05-6259/4-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, bo‘lajak pedagoglarda ijtimoiy-madaniy kompetentlikni rivojlantirishga qaratilgan innovatsion metodlar ta’lim jarayoniga integratsiya qilishga erishilgan. 
pedagogika fanlarini o‘qitishda bo‘lajak pedagoglarning ijodiy faollik, ijtimoiy-madaniy kompetentligini rivojlantirishga qaratilgan innovatsion ta’lim texnologiyalari modifikatsiya qilinib, kasbiy-shaxsiy fazilatlar hamda kasbiy bilimlarni ta’lim jarayoniga samarali integratsiyalash asosida takomillashtirishga doir takliflardan PZ-20170913120-raqamli “Oliy ta’lim tizimida raqobatbardosh kadrlar tayyorlashning ijtimoiy-psixologik mexanizmlari” nomli loyiha doirasida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlashda foydalanilgan (Nizomiy nomidagi O‘zbekiston milliy pedagogika universitetining 2025-yil 6-noyabrdagi 11-05-6259/4-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, bo‘lajak pedagoglarda ijtimoiy-madaniy kompetentlikni rivojlantirish metodikasini takomillashtirishga erishilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish