Potorochina Elena Vladimirovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): O‘zbekiston hududida IV–XI asrlardagi nasroniylar badiiy madaniyati, 17.00.08 – San’at nazariyasi va tarixi (san’atshunoslik fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2018.3.PhD/San60.
Ilmiy rahbar: Aripjanov Otabek Yusupjanovich, san’atshunoslik fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), katta ilmiy xodim.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi San’atshunoslik instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi San’atshunoslik instituti, DSc.02/30.12.2019.San.51.01.
Rasmiy opponentlar: Kobzeva Olga Petrovna, tarix fanlari doktori, professor; Abdullaev Evgeniy Viktorovich, falsafa fanlari nomzodi.
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston tarixi davlat muzeyi.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi O‘zbekistonda yashagan nasroniylarning qadimgi davr va o‘rta asrlardagi badiiy madaniyatini yozma manbalar, me’morchilik va tasviriy san’atga oid yodgorliklar asosida aniqlashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
VII-XI asrlarda arxitektura inshootlarining qurilish usullariga ko‘ra – er usti, er osti va aralash turlariga ajratilgani, ansambllar, majmualar, alohida diniy binolar, qabrlar (dafn marosimlari joyi), ziyoratgohlar singari nasroniylarning diniy qarashlarini o‘zida aks ettiruvchi inshootlar yuzaga keltirilgani aniqlangan;
amaliy-bezak san’ati obektlarida nasroniylarning qadimgi diniy maqsadlari va ehtiyojlari bilan bogʻliq bo‘lgan buyumlar va artefaktlarning badiiy xususiyatlari ular tomonidan ishlab chiqarilgan materiallar (metall, tosh, to‘qilgan matolar)da o‘z aksini topgani aniqlangan;
asosiy diniy mavzular va syujetlar – Evxaristiya (Qutlugʻ kecha), Esxatalogiya va Kosmologiyaning yangi talqini natijasida nasroniylikning ramzi bo‘lgan tasvirlar va belgilar (xoch, sharob, baliq, sher, qo‘zichoq va hokazolar) avvalgi e’tiqodlar va dinlardan kelib chiqqani isbotlangan;
tasviriy san’atning mahalliy (shaharga oid, ko‘chmanchi elatlarning) an’analarini o‘zida mujassamlashtirgan, kanonlar (Suriya, Yunon-Rum) joriy etgan hamda badiiy obrazlarning simbiozida yaqqol ko‘zga tashlanadigan hind va fors madaniyati ta’sirini aks ettiruvchi stilistik xususiyatlar aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. O‘zbekiston hududida IV–XI asrlardagi nasroniylar badiiy madaniyati mavzusi tadqiqoti bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
VII-XI asrlarda arxitektura inshootlarining qurilish usullariga ko‘ra – er usti, er osti va aralash turlariga ajratilgani, ansambllar, majmualar, alohida diniy binolar, qabrlar (dafn marosimlari joyi), ziyoratgohlar singari nasroniylarning diniy qarashlarini o‘zida aks ettiruvchi inshootlar yuzaga keltirilgani aniqlangani bilan bog‘liq xulosalar AQShning Michigan davlat universitetida amalga oshirilgan “Ilm-fan, san’at va din: Arxitekturaviy meros va Islom” nomli loyihasi asosida amalga oshirilgan “Karxona – arxitektura va arxeologik majmuasi-nasroniylar va musulmonlar uchun muqaddas joy” asarida foydalanilgan (Michigan davlat universitetining 2025-yil 21-yanvardagi 001-son ma’lumotnomasi). Natijada, xristian g‘oyalari, maqsadlari va ehtiyojlari mahalliy qurilish an’analarida aks etganligi aniqlanib, ziyoratning madaniy an’analari saqlab qolinishiga xizmat qilgan;
amaliy-bezak san’ati obektlarida nasroniylarning qadimgi diniy maqsadlari va ehtiyojlari bilan bog‘liq bo‘lgan buyumlar badiiy xususiyatlari ular tomonidan ishlab chiqarilgan materiallar (metall, tosh, to‘qilgan matolar)da o‘z aksini topgani aniqlangan va asosiy diniy mavzular va syujetlar: Evxaristiya (Qutlug‘ kecha), Esxatalogiya va Kosmologiyaning yangi talqini natijasida nasroniylikning ramzi bo‘lgan tasvirlar va belgilar (xoch, sharob, baliq, sher, qo‘zichoq va hokazolar) avvalgi e’tiqodlar va dinlardan kelib chiqqani isbotlangani bilan bog‘liq xulosalardan O‘zbekiston Evangelist va Rrotestant cherkovlari markazining bo‘linmalaridan biri bo‘lgan Toshkent shahar seminariyasida tashkil etilgan seminar konsepsiyasini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Evangel Protestant cherkovlari markazining 2025 yil 10-yanvardagi 1-son ma’lumotnoma). Natijada tinglovchilar qaysi urf-odatlar nasroniylik madaniyatiga ta’sir qilganini bilib olishiga, bu esa O‘zbekiston nasroniylari tarixi haqida yaxlit tasavvur paydo bo‘lishiga xizmat qilgan;
tasviriy san’atning mahalliy (shaharga oid, ko‘chmanchi elatlarning) an’analarini o‘zida mujassamlashtirgan, kanonlar (Suriya, Yunon-Rum) joriy etgan hamda badiiy obrazlarning simbiozida yaqqol ko‘zga tashlanadigan hind va fors madaniyati ta’sirini aks ettiruvchi stilistik xususiyatlar aniqlangani bilan bog‘liq xulosalardan O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasining “O‘zbekiston-24” radiokanalidagi “Radiojurnal” dasturi ssenariysini tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi “O‘zbekiston 24” telekanali DMning 2023 yil 17-maydagi 03-09-643-son ma’lumotnoma). Natijada eshittirish davomida radiotinglovchilar transkontinental trassalar, ularning O‘zbekiston va butun Markaziy Osiyodagi madaniy-diniy hamkorlikdagi o‘rni haqidagi ma’lumotlarga ega bo‘lishiga xizmat qilgan.