Askarov Aziz Asenbaevichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): Qoraqalpoq kino san’atining shakllanishi va rivojlanishi, 17.00.03 – Kino san’ati. Televidenie (san’atshunoslik fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.3.PhD/San291.
Ilmiy rahbar: Xaytmatova Saboxat Agzamovna, san’atshunoslik fanlari nomzodi, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi San’atshunoslik instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi San’atshunoslik instituti, DSc.02/30.12.2019.San.51.01. 
Rasmiy opponentlar: Xamidova Marfua Azizovna, san’atshunoslik fanlari doktori, professor; Kadirov Bexzod Baxodirovich, san’atshunoslik fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD).
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti Nukus filiali.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi Qoraqalpoq kino san’atining shakllanishi va rivojlanishining asosiy xususiyatlarini aniqlashdan iborat. 
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
qoraqalpoq kinosi shakllanishi davrida mazmunan sodda va ta’sirli kinokartinalarning qahramonlarini xalq hayoti va og‘ir turmush sharoitiga sadoqatli tarzda gavdalantirish, yuzaki va informativ dokumentalizmdan voz kechish, modernizmga intilish natijasida hujjatli kino janr va yo‘nalishlarining sintezlashishi singari tendensiyalar namoyon bo‘lgani asoslangan;
qoraqalpoq hujjatli kinosi rivojida rejissyor Toreniyaz Qalimbetov faoliyati alohida ahamiyatga ega bo‘lib, uning filmlarida insonning tabiat bilan aloqasi obrazli dalilini topgani, haqqoniylik va o‘tkir publisistik yondashuv asosiy tamoyilga aylangani holda dunyoni poetik anglash, obrazni romantik idrok etish xususiyatlari ustuvorlik qilgani, tasviriy ifoda vositalari metaforaga boyligi bilan ajralib turishi isbotlangan;
kinoijodkorlarning asosiy ijodiy yo‘nalishi xalq an’analari va urf-odatlarini ekranda aks ettirish bo‘lgani sababli qoraqalpoq badiiy kinosida asosan folklor-etnografik, tarixiy-biografik, ramziy-poetik yo‘nalishlar  yuzaga kelgani asoslangan;
qoraqalpoq kinosi ilk shakllanish davri (1970-yillar boshi – 1980-yillar oxiri), ijodiy etuklikka intilish davri (1990-yillar boshi – 1990-yillar oxiri), ulg‘ayish davri (2000-yillar) singari rivojlanish bosqichlari asosida taraqqiy etgani aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Qoraqalpoq kino san’atining shakllanishi va rivojlanishi bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
qoraqalpoq kinosi shakllanishi davrida mazmunan sodda va ta’sirli kinokartinalarning qahramonlarini xalq hayoti va og‘ir turmush sharoitiga sadoqatli tarzda gavdalantirish, yuzaki va informativ dokumentalizmdan voz kechish, modernizmga intilish natijasida hujjatli kino janr va yo‘nalishlarining sintezlashishi singari tendensiyalar namoyon bo‘lgani asoslangani va qoraqalpoq kinosi ilk shakllanish davri (1970-yillar boshi – 1980-yillar oxiri), ijodiy etuklikka intilish davri (1990-yillar boshi – 1990-yillar oxiri), ulg‘ayish davri (2000-yillar) singari rivojlanish bosqichlari asosida taraqqiy etgani aniqlangani bilan bog‘liq xulosalardan “Qoraqalpoqfilm” kinostudiyasi tomonidan suratga olingan “Ashiq ayaz” badiiy filmining ssenariysini tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston kinematografiya agentligi “Qoraqalpoqfilm” kinostudiyasining 2024 yil 12 noyabrdagi 90-son ma’lumotnomasi). Natijada ilmiy xulosalar filmlarning ma’naviy-tarbiyaviy ahamiyatini yanada oshirishga, filmlarning badiiy yaxlitligini ta’minlashga, g‘oyaning to‘laqonli ifodalanishiga xizmat qilgan;
qoraqalpoq hujjatli kinosi rivojida rejissyor Toreniyaz Qalimbetov faoliyati alohida ahamiyatga ega bo‘lib, uning filmlarida insonning tabiat bilan aloqasi obrazli dalilini topgani, haqqoniylik va o‘tkir publisistik yondashuv asosiy tamoyilga aylangani holda dunyoni poetik anglash, obrazni romantik idrok etish xususiyatlari ustuvorlik qilgani, tasviriy ifoda vositalari metaforaga boyligi bilan ajralib turishi isbotlangani va kinoijodkorlarning asosiy ijodiy yo‘nalishi xalq an’analari va urf-odatlarini ekranda aks ettirish bo‘lgani sababli qoraqalpoq badiiy kinosida asosan folklor-etnografik, tarixiy-biografik, ramziy-poetik yo‘nalishlar  yuzaga kelgani asoslangani borasida olingan ilmiy natijalardan “Qoraqalpog‘iston” telekanali tomonidan ishlangan “Afisha” teleko‘rsatuvi ssenariysini shakllantirishda foydalanilgan (O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi “Qoraqalpog‘iston” teleradiokompaniyasining 2024 yil 26 dekabrdagi 05-22/568-son ma’lumotnomasi). Natijada tayyorlangan teleko‘rsatuvda ko‘tarilgan masalaning atroflicha aks etishiga, tomoshabinlarning qoraqalpoq filmlari tarixiy rivojlanish bosqichlariga oid ma’lumotlar ega bo‘lishiga xizmat qilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish