Xamidova Sayyora Nabijon qizining
falsafa doktori (PhD) himoyasi haqida e’lon

I.    Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtissoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “Rus tilidan lingvistik resurslar vositasida talabalarning madaniyatlararo kompetentligini rivojlantirish metodikasi (rus tili fani misolida)”, 13.00.02 – Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (rus tili) (pedagogika fanlari)
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2025.1.PhD/Ped9511.
Ilmiy tadqiqot ishi bajarilgan muassasa nomi: Shirchiq davlat pedagogika universiteti.
Ilmiy rahbar: Ximmataliev Do‘stnazar Omonovich, pedagogika fanlari doktori (DSc), professor.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Chirchiq davlat pedagogika universiteti, DSc.03/30.04.2021.Ped.82.01.
Rasmiy opponentlar: Xurvalieva Tarmiza Latipovna, pedagogika fanlari doktori, professor; Olimov Shirinboy Sharopovich, pedagogika fanlari doktori (DSc), professor.
Yetakchi tashkilot: Guliston davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi rus tilidan lingvistik resurslar vositasida talabalarning madaniyatlararo kompetentligini rivojlantirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
talabalarning madaniyatlararo kompetentligini rivojlantirishning pedagogik-psixologik aspektlari o‘zga tilidagi axborotni yaxlit o‘zlashtirishni intensivlashtiruvchi vaziyatli nutq, amaliy grammatika tamoyillarini kasbga yo‘naltirilgan lingvometodik talablar bilan integratsiyasini semantik topshiriqlar bazasida ta’minlash asosida aniqlashtirilgan;
talabalarning madaniyatlararo kompetentligini rivojlantirishning metodik modeli maqsaddan natijaga yo‘naltirilgan bashoratlash imkonini beruvchi komponentlar uyg‘unligida metodologik yondashuvlar va umumdidaktik tamoyillarga ustivorlik berish orqali kognitiv-lingvistik uzviylikni ta’minlash asosida takomillashtirilgan;
talabalarning madaniyatlararo kompetentligini lingvistik resurslar vositasida rivojlantirish metodikasi fonematik eshituv va yozuv texnikasini qiyosiy rivojlantirishga mo‘ljallangan ensiklopedagogik va filologik nutqiy matnlarni multisensorli o‘qitish muhitida shaxsiy tahrirli munosabatlarni tiklash va qo‘llash asosida takomillashtirilgan; 
madaniyatlararo kompetentlik rivojlanganligini baholashning kognitiv, emotsional-baholovchi, kommunikativ-faoliyatli baholash mezonlari qiyosiy o‘qish, madaniy-kontrastiv tahlilga o‘rgatuvchi nutqiy keyslarni hayotiy va professional nutqiy vaziyatlarda konstruktiv-grammatik qo‘llash asosida takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi:
Rus tilidan lingvistik resurslar vositasida talabalarning madaniyatlararo kompetentligini rivojlantirish metodikasi yuzasidan ishlab chiqilgan uslubiy va amaliy takliflar asosida:
talabalarning madaniyatlararo kompetentligini rivojlantirishning pedagogik-psixologik aspektlari rus tilidagi axborotni yaxlit o‘zlashtirishni intensivlashtiruvchi vaziyatli nutq, amaliy grammatika tamoyillarini kasbga yo‘naltirilgan lingvometodik talablar bilan integratsiyasini semantik topshiriqlar bazasida ta’minlash hamda lingvistik resuslarnii ishlab chiqish asosida aniqlashtirishga doir tavsiya va takliflardan Jizzax politexnika institutida bajarilgan OT-F1-049 raqamli “Talabalarda assertiv xulqni shakillantirishning ijtimoiy psixologik xususiyatlari” nomli amaliy loyiha doirasida belgilangan vazifalarni bajarishda foydalanilgan   (Jizzax politexnika institutining 2025-yil 29-martdagi 03-307-306-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, aniqlashtirilgan pedagogik-psixologik aspektlar va ishlab chiqilgan linvistik resurslar talabalarning madaniyatlararo kompetentligini rivojlantirishga xizmat qilgan;
talabalarning madaniyatlararo kompetentligini rivojlantirishning metodik modeli maqsaddan natijaga yo‘naltirilgan bashoratlash imkonini beruvchi komponentlar uyg‘unligida metodologik yondashuvlar va umumdidaktik tamoyillarga ustivorlik berish orqali kognitiv-lingvistik uzviylikni ta’minlash asosida takomillashtirilgan talabalarning madaniyatlararo kompetentligini rivojlantirishning modelini amaliyotga tadbiq etishga doir ma’lumotlardan O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi “Yoshlar” radiokanalining “Ma’naviy-ma’rifiy, ilmiy-ommabop va ta’lim dasturlari” muharririyati tomonidan tayyorlangan “Salom,yoshlar!”, “Innovatsiya” va “Tadqiqot” kabi loyihalarni tayyorlash jarayonida faoydalanilgan (“Yoshlar” teleradiokanalining 2025-yil 22-yanvardagi 14-05-12/1-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, ishlab chiqilgan  model bo‘yicha takliflar keng jamoatchilik e’tiboriga havola etilgan;
talabalarning madaniyatlararo kompetentligini lingvistik resurslar vositasida rivojlantirish metodikasi fonematik eshituv va yozuv texnikasini qiyosiy rivojlantirishga mo‘ljallangan ensiklopedagogik va filologik nutqiy matnlarni multisensorli o‘qitish muhitida shaxsiy tahrirli munosabatlarni tiklash va qo‘llash asosida takomillashtirish, madaniyatlararo kompetentlik rivojlanganligini baholashning kognitiv, emotsional-baholovchi, kommunikativ-faoliyatli baholash mezonlari qiyosiy o‘qish, madaniy-kontrastiv tahlilga o‘rgatuvchi nutqiy keyslarni hayotiy va professional nutqiy vaziyatlarda konstruktiv-grammatik qo‘llash asosida takomillashtirishga doir takliflar “Universal dictionary” lug‘atni ishlab chiqish va joriy qilishda foydalanilgan (O‘zbekiston Resbuplikasi Adliya vazirligining 2025-yil 28-fevraldagi DGU 48154-sonli guvohnomasi). Natijada, takomillashtirilgan metodika va baholash mezonlari talabalarning madaniyatlararo kompetentligini rivojlantirishga va pedagogik tajriba-sinov ishlari samaradorligini oshishiga xizmat qilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish