Jo‘raeva Shahina Narzullaevnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar
Dissertatsiya mavzusi: “Evropa Ittifoqi ekologik siyosatining konseptual jihatlari va O‘zbekiston tajribasi”;
Ixtisoslik shifri: 23.00.02-siyosiy institutlar, jarayonlar va texnologiyalar;
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.3.PhD/Ss507
Ilmiy rahbar: Jo‘raev Qodir Asadovich, siyosiy fanlar doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi: O‘zbekiston Milliy universiteti
IK raqami: O‘zbekiston Milliy universiteti huzuridagi DSc.03/30.12.2019.Ss.01.08 raqamli Ilmiy kengash.
Rasmiy opponentlar:
Bahodir Omonov Nurillaevich, falsafa fanlari doktori (DSc), professor;
Baxtiyor Sultonnazarovich Yakubov, Siyosiy fanlar doktori (DSc), dotsent.
Yetakchi tashkilot: Toshkent davlat agrar universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi:
EI ekologik siyosati tamoyillarini, global ekologik inqirozning oldini olishga doir tajribalarini tahlil qilish va uning asosiy yo‘nalishlari bilan O‘zbekiston ekologik siyosatining uyg‘unligi hamda o‘ziga xosligini ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
Evropa Ittifoqi ekologik siyosatining konseptual mexanizmlari: integratsion boshqaruv tizimi, strategiya ishlab chiqish, qoidalarga amal qilish, moliyaviy qo‘llab-quvvatlash, standartlarni muvofiqlashtirish hamda kadrlar tayyorlash — alohida instrument emas, balki “Evropa yashil kelishuvi” meta-strategiyasi doirasida vertikal (milliy–regional) va gorizontal (a’zo davlatlar va sherik mamlakatlar) integratsiyasiga ega yagona tizim sifatida siyosiy boshqaruvdagi funksional ahamiyati ilmiy-nazariy jihatdan asoslangan;
Evropa Ittifoqining “taqsimlangan javobgarlik” tamoyilini milliy sharoitga moslashtirish (institutsional – barcha subektlar ishtiroki, iqtisodiy – resurslarni tejash, madaniy - ekologik ongni shakllantirish) mexanizmlarini ishlab chiqish orqali er, suv va havo ifloslanishi, iqlim o‘zgarishi kabi muammolarning mamlakat ekologik xavfsizligiga ta’sirini baholash — davlat-jamiyat munosabatlarida ekologik mas’uliyatni kuchaytirish va siyosiy barqarorlikni ta’minlashga xizmat qilishi asoslangan;
Evropa Ittifoqi mamlakatlarida faoliyat ko‘rsatayotgan ekologik siyosiy partiya va harakatlar platformalarida raqamli va innovatsion echimlarga asoslangan ekologik transformatsiya konsepsiyalari — “aqlli shaharlar”, barqaror urbanizatsiya va “aylanma iqtisodiyot” kabi progressiv tajribalarni o‘rganish O‘zbekiston Ekologik partiyasining dasturiy hujjatlarini takomillashtirishda qiyosiy-komparativ metodologik asos sifatida xizmat qilishi ilmiy dalillangan;
Evropa Ittifoqining ekologik siyosatni amalga oshirishning institutsional mexanizmlarini shakllantirish tajribasining komparativ-institutsional tahlili asosida Markaziy Osiyo mintaqasida transchegaraviy ekologik muammolar (Orol dengizi havzasi falokati, transchegaraviy daryo suvlaridan noratsional foydalanish, atmosfera ifloslanishi)ni hal etishga qaratilgan mintaqaviy institutsional hamkorlik va yagona ekologik monitoring tizimini yaratishning konseptual-amaliy asoslari ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Tadqiqotning natijalari, undagi ilmiy xulosa va takliflarning amaliyotga joriy etilayotgani bo‘yicha quyidagi tasdiqlovchi hujjatlar taqdim etilgan:
Evropa Ittifoqi mamlakatlarida faoliyat ko‘rsatayotgan ekologik siyosiy partiya va harakatlar platformalarida raqamli va innovatsion echimlarga asoslangan ekologik transformatsiya konsepsiyalari — “aqlli shaharlar”, barqaror urbanizatsiya va “aylanma iqtisodiyot” kabi progressiv tajribalarni o‘rganish O‘zbekiston Ekologik partiyasining dasturiy hujjatlarini takomillashtirishda qiyosiy-komparativ metodologik asos sifatida xizmat qilishiga oid taklif va tavsiyalardan O‘zbekiston ekologik partiyasining O‘zbekiston Ekologik partiyasi Ijroiya qo‘mitasi tomonidan foydalanilgan (O‘zbekiston Ekologik partiyasining 2023-yil 12-yanvardagi 01/12-sonli dalolatnomasi). Tadqiqot ishining ilmiy natijalari va xulosalaridan Partiya dasturining “1. Mamlakatda atrof-muhit holatini yaxshilash va ekologik muammolarni yaxlit holda hal etishga qaratilgan davlat siyosatini amalga oshirish”, “2. Ekologik va sog‘liqni saqlash sohasidagi milliy qonunchilikni takomillashtirish”, “7. Atrof-muhit va fuqarolar sog‘ligini muhofaza qilish masalalarida xalqaro hamkorlikni rivojlantirish” qismlariga kiritilgan va uni amalda joriy etishda keng foydalanilgan.
Evropa Ittifoqining “taqsimlangan javobgarlik” tamoyilini milliy sharoitga moslashtirish (institutsional – barcha subektlar ishtiroki, iqtisodiy – resurslarni tejash, madaniy - ekologik ongni shakllantirish) mexanizmlarini ishlab chiqish orqali er, suv va havo ifloslanishi, iqlim o‘zgarishi kabi muammolarning mamlakat ekologik xavfsizligiga ta’sirini baholash – davlat-jamiyat munosabatlarida ekologik mas’uliyatni kuchaytirish va siyosiy barqarorlikni ta’minlash bilan bog‘liq xulosalardan (O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya va iqlim o‘zgarishi milliy qo‘mitasi ning 2023-yil 19-yanvardagi 02-02/7-32-sonli ma’lumotnomasi). Tadqiqot xulosa va tavsiyalaridan vazirlik ish rejasida hamda uning uzoq muddatga mo‘ljallangan strategik faoliyatida unumli foydalanilmoqda. Jumladan, Evropa Ittifoqi ekologik siyosatining asosiy prinsiplari qilib belgilangan qonun hujjatlari sifati va ta’sirchanligini oshirish, tabiiy resurslardan haddan ziyod foydalanishga chek qo‘yish, atrof-muhitni muhofaza qilish siyosatini saonat ishlab chiqarishi va iqtisodiy manfaatdan yuqori qo‘yish, issiqlik-energitika kompleksida tabiiy resurslardan foydalanishning zararsiz texnologiyalarini joriy etish, iqtisodiyot sektorlarining tabiiy resurslaridan foydalanish borasidagi muammolari va kamchiliklarini bartaraf etish borasidagi uzoq muddatli strategiyani ishlab chiqishda muhim qo‘llanma bo‘lib xizmat qilmoqda;
Evropa Ittifoqining ekologik siyosatni amalga oshirishning institutsional mexanizmlarini shakllantirish tajribasining komparativ-institutsional tahlili asosida Markaziy Osiyo mintaqasida transchegaraviy ekologik muammolar (Orol dengizi havzasi falokati, transchegaraviy daryo suvlaridan noratsional foydalanish, atmosfera ifloslanishi)ni hal etishga qaratilgan mintaqaviy institutsional hamkorlik va yagona ekologik monitoring tizimini yaratishning konseptual-amaliy asoslari bilan bog‘liq xulosalardan Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati O‘zbekiston liberal-demokratik partiyasi Siyosiy kengashi Ijroiya qo‘mitasi tomonidan foydalanilgan (O‘zLiDEP Siyosiy kengashi Ijroiya qo‘mitasining 2022-yil 15-dekabrdagi 14-27-540-sonli ma’lumotnomasi). Natijada partiya dasturi va saylovoldi dasturining ekologiya va atrof-muhitni asrashga doir qismlarda, jumladan, siyosiy tashkilotlarning davlat va nodavlat tashkilotlar, xususiy korxonalar, qishloq xo‘jaligi va sanoat ishlab chiqarishi bilan bog‘liq korxonalar bilan mustahkam aloqa o‘rnatish, ular faoliyatini nazoratga olish borasidagi tajribalarda dissertatsiya ilmiy xulosalardan keng foydalanilgan;
Evropa Ittifoqi ekologik siyosatining konseptual mexanizmlari: integratsion boshqaruv tizimi, strategiya ishlab chiqish, qoidalarga amal qilish, moliyaviy qo‘llab-quvvatlash, standartlarni muvofiqlashtirish hamda kadrlar tayyorlash — alohida instrument emas, balki “Evropa yashil kelishuvi” meta-strategiyasi doirasida vertikal (milliy–regional) va gorizontal (a’zo davlatlar va sherik mamlakatlar) integratsiyasiga ega yagona tizim sifatida siyosiy boshqaruvdagi funksional ahamiyati bilan bog‘liq xulosalardan O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi tomonidan tavsiya etilgan, O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetida tayyorlangan “Ekologiya va tabiatni muhofaza qilish” darsligi yozilishida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2022-yil 26-dekabrdagi 89-06-43-sonli ma’lumotnomasi). Tadqiqot natijalari darslikning “Sanoatdagi ekologik jarayonlar va ularning atrof-muhitga ta’siri” (7-bobi), “Orol dengizdagi bugungi holat va muammolar” (9-bobi), “Qattiq chiqindilardan atrof-muhitni himoya qilish” (10-bobi), “Dunyo iqlimidagi global isish va demografik muammolar” (12-bobi) kabi mavzularni ishlab chiqish va takomillashtirishga xizmat qilgan.