Anashov Valixan Djumaxonovichning fan doktori (DSc)
dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Olimpiyadalararo tayyorgarlik siklida yuqori malakali bokschilarni tayyorlash tizimini modernizatsiya qilish”, 13.00.04–Jismoniy tarbiya, sport mashg‘ulotlari, sog‘lomlashtirish va adaptiv jismoniy tarbiya nazariyasi va metodikasi, pedagogika fanlari.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B.2022.2.DSc/Ped339.
Ilmiy maslahatchi: Xalmuxamedov Rustam Dekanovich pedagogika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti.
Ilmiy Kengash faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti, DSc.03/30.12.2019.Ped.28.01.
Rasmiy opponentlar: Gaziev Shukurjon Shuxrat o‘g‘li pedagogika fanlari doktori (DSc), dotsent; Allamuratov Shuxratulla Inoyatovich biologiya fanlari doktori, professor; Uraimov Sanjar Ro‘zmatovich pedagogika fanlari doktori (DSc), professor.
Yetakchi tashkilot: Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi Olimpiadalararo tayyorgarlik siklida yuqori malakali bokschilarni tayyorlash tizimini ilmiy-metodik yondashuvlar asosida tayyorgarlik turlari yuklamalarini optimallashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
yuqori malakali bokschilarda olimpiyadalararo tayyorgarlik davrlarida tiklanish va funksional bazani saqlashda umumiy jismoniy tayyorgarlik vositalarining takrorlanishlar soni, shiddat zonalarini barqaror darajada saqlagan holda individual seriyali zarbalarni ustuvor qo‘llash orqali mashg‘ulot yuklamalarini boshqarish samaradorligi oshirilgan;
turli vazn toifalaridagi bokschilarda musobaqa faoliyati samaradorligini aniqlash maqsadida jahon chempionatlari, qit’a birinchiliklari va olimpiya o‘yinlarida bajarilgan hujum va himoya harakatlarining chastotasi, muvaffaqiyatli bajarilish ulushi hamda natijadorlik koeffisientlarini ratsion taqsimlagan holda modellashtirish orqali xatolarni bartaraf etish imkoniyatlari kengaytirilgan;
yuqori malakali bokschilarda zarbalarni bajarish ketma-ketligi, masofa va vaqt parametrlariga ko‘ra seriyali zarbalarning tipik samarali model tavsiflarini shakllantirish orqali hujum harakatlari samaradorligi oshirilgan;
yuqori malakali bokschilarning olimpiya tayyorgarlik siklining turli bosqichlarida yurak urish chastotasi, yurak ritmi variabelligi, reaksiya vaqti va sensomotor javob tezligini instrumental o‘lchash yo‘li bilan psixofiziologik hamda sensomotor holatni baholash natijasida tayyorgarlik jarayonini boshqarish imkoniyatlari kengaytirilgan;
bokschilarning jangovor tayyorgarligini oshirish maqsadida texnik-taktik tayyorgarlikni vazn toifasiga xos harakat sur’ati va kuch imkoniyatlariga muvofiq engil vaznlarda harakat tezligi hamda kombinatsiyali seriyalarga, og‘ir vaznlarda esa kuchli zarbalar va raqib faoliyatini cheklashga qayta yo‘naltirish natijasida jangovor samaradorlik oshirilgan;
yuqori malakali bokschilarning olimpiyaga tayyorgarlik siklining turli bosqichlarida maxsus ish qobiliyatini aniqlash maqsadida zarbaning takrorlanish chastotasi, ta’sir kuchi, bajarish tezligi va aniqligi innovatsion o‘lchovchi qop ko‘rsatkichlariga tayangan holda yuklama hajmi va shiddatini bosqichma-bosqich taqsimlash orqali zarbalarning natijadorligi barqaror oshirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Olimpiyadalararo tayyorgarlik siklida yuqori malakali bokschilarni tayyorlash tizimini modernizatsiya qilish yuzasidan olingan ilmiy natijalar asosida amaliyotga joriy etildi:
yuqori malakali bokschilarda olimpiyadalararo tayyorgarlik davrlarida tiklanish va funksional bazani saqlashda umumiy jismoniy tayyorgarlik vositalarining takrorlanishlar soni, shiddat zonalarini barqaror darajada saqlagan holda individual seriyali zarbalarni ustuvor qo‘llash bo‘yicha taklif va tavsiyalar Chirchiq olimpiya va paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazi sportchilarning mashg‘ulotlari jarayonida qo‘llandi (O‘zbekiston Respublikasi Sport vazirligining 2025-yil 06-fevraldagi 02-16/1224-son ma’lumotnomasi). Natijada, bokschilarning taktik jihatdan jang olib borish samaradorligi 9,5% ga yaxshilangan;
turli vazn toifalaridagi bokschilarda musobaqa faoliyati samaradorligini aniqlash maqsadida jahon chempionatlari, qit’a birinchiliklari va olimpiya o‘yinlarida bajarilgan hujum va himoya harakatlarining chastotasi, muvaffaqiyatli bajarilish ulushi hamda natijadorlik koeffisientlarini ratsion taqsimlagan holda modellashtirish bo‘yicha taklif va tavsiyalar O‘zbekiston milliy terma jamoasi sportchilarining mashg‘ulot jarayonlariga tatbiq etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Sport vazirligining 2025-yil
06-fevraldagi 02-16/1224-son ma’lumotnomasi). Natijada, musobaqa oldi tayyorgarligi samaradorligi
12-18% oshirilgan;
yuqori malakali bokschilarda zarbalarni bajarish ketma-ketligi, masofa va vaqt parametrlariga ko‘ra seriyali zarbalarning tipik samarali model tavsiflarini shakllantirish bo‘yicha taklif va tavsiyalar Respublika olimpiya va paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazi bokschilarining mashg‘ulotlari jarayoniga tatbiq etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Sport vazirligining 2025-yil 06-fevraldagi 02-16/1224-son ma’lumotnomasi). Natijada, (“reflexometer”) natijalari asosida bokschilarning oddiy va murakkab reaksiyasi 16 %ga takomillashtirilgan;
yuqori malakali bokschilarning olimpiya tayyorgarlik siklining turli bosqichlarida yurak urish chastotasi, yurak ritmi variabelligi, reaksiya vaqti va sensomotor javob tezligini instrumental o‘lchash yo‘li bilan psixofiziologik hamda sensomotor holatni baholash qo‘llash bo‘yicha taklif va tavsiyalar Boks bo‘yicha O‘zbekiston milliy terma jamoa a’zolarining mashg‘ulotlari jarayonida qo‘llanildi (O‘zbekiston Respublikasi Sport vazirligining 2025-yil 06-fevraldagi 02-16/1224-son ma’lumotnomasi). Natijada yuqori malakali bokschilarning innovatsion texnologiyalar (reflexometer, boxing corner) yordamida bokschilarning taktik harakatlari 14-16% oshirilgan;
bokschilarning jangovor tayyorgarligini oshirish maqsadida texnik-taktik tayyorgarlikni vazn toifasiga xos harakat sur’ati va kuch imkoniyatlariga muvofiq engil vaznlarda harakat tezligi hamda kombinatsiyali seriyalarga, og‘ir vaznlarda esa kuchli zarbalar va raqib faoliyatini cheklashga qayta yo‘naltirish bo‘yicha taklif va tavsiyalar O‘zbekiston milliy terma jamoa a’zolarining mashg‘ulotlari jarayonida qo‘llandi (O‘zbekiston Respublikasi Sport vazirligining 2025-yil 06-fevraldagi 02-16/1224-son ma’lumotnomasi). Natijada yuqori malakali bokschilarning maxsus ish qobiliyati ya’ni zarba kuchi, zarba tezligi, zarbalar soni samaradorligi 18-20%ga oshgan;
yuqori malakali bokschilarning olimpiyaga tayyorgarlik siklining turli bosqichlarida maxsus ish qobiliyatini aniqlash maqsadida zarbaning takrorlanish chastotasi, ta’sir kuchi, bajarish tezligi va aniqligi innovatsion o‘lchovchi qop ko‘rsatkichlariga tayangan holda yuklama hajmi va shiddatini bosqichma-bosqich taqsimlash bo‘yicha takliflar O‘zbekiston milliy terma jamoa a’zolarining mashg‘ulotlari jarayoniga tatbiq etilgan hamda “Boks nazariyasi va metodikasi” (individual darsda bokschining sport mahoratini oshirish) o‘quv qo‘llanmasi mazmuniga singdirilgan (O‘zbekiston Respublikasi Sport vazirligining 6-fevral, 02-16/1224-sonli guvohnomasi). Natijada, 2023-yil 30-aprel–14-may kunlari Toshkent shahrida bo‘lib o‘tayotgan boks bo‘yicha Jahon chempionatida o‘zbekistonlik bokschilar A.X. (57 kg), R.A. (63,5 kg), A.M. (67 kg) g‘olib bo‘ldilar va terma jamoamiz umumjamoa hisobida 1-o‘rinni egalladi, 2024-yil 25-aprel–8-may kunlari Ostona shahrida bo‘lib o‘tgan Osiyo chempionatida, S.T. (54 kg) 1-o‘rinni, Sh.P. (92 kg) – 2-o‘rin, 2024-yil 27-iyuldan 10-avgustgacha Parijda bo‘lib o‘tgan Olimpiya o‘yinlarida H.D. (51 kg), A.H. (57 kg), A.M. (67 kg), L.M. (92 kg), B.D. (+92 kg) 1-o‘rinni egallagan.