Xasanova Muxlisa Ergash qizining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmogʻi): “Turli zichlikdagi qog‘ozlarda shtamplash parametrlarini asoslash hisobiga qadoqlash mahsulotlarining sifatini oshirish” mavzusidagi dissertatsiya ishini 05.02.03 – “Texnologik mashinalar.Robotlar,mexatronika va robototexnika tizimlari” (texnika fanlari)
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2025.4. PhD/T5095.
Ilmiy rahbar: Babaxanova Xalima Abishevna, texnika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent to‘qimachilik va engil sanoat instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent to‘qimachilik va engil sanoat instituti, DSc.03/30.12.2019.T.08.01.
Rasmiy opponentlar: texnika fanlari doktori, professor Bahodirov Gayrat Ataxanovich, Zilbergleyt Mark Aronovich kimyo fanlari doktori, dosent (Belorussiya Davlat texnologiya universiteti, Minsk)
Yetakchi tashkilot: Buxoro davlat texnika universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: turli zichlikdagi qog‘ozlarda qadoqlash mahsulotlarining sifatini ta’minlash uchun issiq shtamplash texnologiyasini tadqiq qilish va shtamplash parametrlarini asoslashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
qadoqlash mahsulotlarida tasvirning liniaturasi va qoplanishning to’liqligini ta’minlash maqsadida shtamplashning parametrlarning ratsional qiymatlari olingan tenglamalarni tahlil qilish asosida aniqlangan;
shtamp harorati va bosimining folgani qoplashning bir tekisligiga va konturlarning aniqligiga ta’sirini hisobga olgan holda turli zichlikdagi qog‘ozlarda shtamplash sifatiga baho berish metodikasi ishlab chiqilgan;
mikroskopik va spektrodensitometrik usullar orqali chop etiluvchi qog‘ozning xususiyatlariga bog‘liq holda nusxalarning yuqori liniaturasi va qoplanish to‘liqligining ta’minlovchi shtamplashning bosim va harorat rejimlari aniqlangan;
qog‘ozning yuza xususiyatlari, shtamplashning texnologik parametrlari va nusxalarda folganing qoplanishi to’liqligi orasidagi o’zaro bog‘liqligi kichik kvadratlar usuli orqali tuzilgan regressiya tenglamalarini tahlil qilish asosida aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi: Tigel pressining ish rejimlari parametrlarini va folganing chop etiluvchi materialning yuzasi bilan o’zaro ta’sirlashuvining o’ziga xosliklarini aniqlashga yo’naltirilgan ilmiy tadqiqotlarning olingan natijalari asosida: 
o‘rash qadoqlash mahsulotlarini shtamplashning rejim parametrlari «Micros», «ENGRAVER TEChNOLOGY», «Clever Pack» va «PAPIRUS ART» korxonalarida joriy qilingan (“Sharq” nashriyot-matbaa aksiyadorlik kompaniyasining 2025-yil 27-oktyabrdagi 2/20-136-sonli ma’lumotnomasi). Natijada shtampning harorati 1200 S va bosim 13 MPa bo’lganda  shtamplash rejimida liniaturaning yuqori aniqligiga, qoplanish to’liqligiga va tannarxni 15% dan ko’proqqa pasayishiga imkoniyat yaratilgan. 

Yangiliklarga obuna bo‘lish