Matkarimova Dilnoza Baxodirovnaning 
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “Jun mahsulotlarini kuyaga qarshi pardozlash texnologiyasini ishlab chiqish” mavzusidagi dissertatsiya ishini 05.06.02 – “To‘qimachilik materiallari texnologiyasi va xomashyoga dastlabki ishlov berish” (texnika fanlari)
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2025.1.PhD/T5400.

Ilmiy rahbar: Islamova Zulayho Shuxratovna, texnika fanlari falsafa doktori (PhD), dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent to‘qimachilik va engil sanoat instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent to‘qimachilik va engil sanoat instituti, DSc.03/30.12.2019.T.08.01.
Rasmiy opponentlar: Avazov Komil Raxmatovich, texnika fanlari doktori, professor; Abdumavlyanova Mamura Kasimovna,  kimyo fanlari nomzodi, professor.           
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston tabiiy tolalar ilmiy tadqiqot instituti
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: Individual pilla chuvish dastgohini yaratish va sifatli xom ipak olish texnologiyasini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
birinchi marta to‘qimachilik sanoati uchun ishlatib bo‘lmaydigan mahalliy dag‘al jun tolalarini terining topologik tuzilishi bo‘yicha samarali qirqish asosida navlarga ajratilgan holda, ularni bo‘yash-pardozlash jarayonlarida kuyabardosh xossa beruvchi maxsus biologik faol moddalar bilan bo‘yash va yakuniy pardozlashning birlashtirilgan texnologiyasi ishlab chiqilgan;
Lamiáceae  o‘simligini ekstraksiya qilish orqali “Linalool” va “Linalil asetat”birikmalarini ajratish, ajratilgan fraksiyalarni jun keratin makromolekulalarini kuya lichinkalaridan ximoya qilishi isbotlangan;
jun tola va uning asosidagi matolarni kuyaga qarshi xossa berishda tabiiy bo‘yovchi moddalar bilan leykokislotali usulda bo‘yash-pardozlash orqali rang yorqinligi va rang tusini saqlovchi birlashtirilgan texnologiyasi ishlab chiqilgan;
jun tolalariga kuyaga qarshi xossa berish va aktiv bo‘yovchi moddalar bilan bir eritmali usulda ishlov berish orqali keratin destruksiyasining kamayishi va koloristik ko‘rsatkichlarining o‘zgarmasligi gazxromatografiyasi va spektrokolorimetriya tahlillar asosida aniqlangan;junga kuyaga qarshi xossa berish va aktiv bo‘yovchi moddalar bilan bir eritmali usulda ishlov berish orqali keratin destruksiyasining kamayishi va koloristik ko‘rsatkichlarining o‘zgarmasligi fizik-kimyoviy va fizik-mexanik tahlillar bo‘yicha isbotlangan;
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi: Jun mahsulotlarini kuyaga qarshi pardozlash texnologiyasini ishlab chiqish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
jun-to‘qimachilik materiallari va mahsulotlari uchun kuyadan himoyalovchi va bo‘yash uchun tarkibga O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi intelektual mulk markazining foydali modelga patenti (IAP 7972, 2024 y.) olingan. Natijada jun va uning asosidagi materiallarni bo‘yash-pardozlash jarayonlarida kuyaga qarshi pardozlashning birlashtirilgan texnologiyasi ishlab chiqilgan;
dag‘al jun beruvchi qo‘ylarni teri topografik qismi bo‘yicha qirqimining optimal usuli “Temirchi” fermer xo‘jaligida amaliyotga joriy etilgan (“O‘zto‘qimachiliksanoat” uyushmasining 12 avgust 2025 yil №02/25-1957 sonli ma’lumotnomasi). Natijada har yili 37586 tonna hosil bo‘ladigan jun xom ashyosini teri topologik qismi bo‘yicha qirqish orqali tolani qalinligi va uzunligi bo‘yicha o‘rtacha  70% dag‘al jun,  25% yarim dag‘al, 5% ingichka jun  etishtirish imkoniyatiga erishilgan.
jun mahsulotlarini bo‘yash jarayonida va kuyadan himoya qilishning birlashtirilgan texnologiyalari  “Yodgorlik-Avtogaz” MChJ va “WOOL TEKS INTER” korxonasida amaliyotga joriy etilgan (“O‘zto‘qimachiliksanoat” uyushmasining 12 avgust 2025 yil №02/25-1957 sonli ma’lumotnomasi). Natijalar dag‘al junni aktiv va tabiiy bo‘yovchi moddalar bilan bo‘yash-pardozlash jarayonlarini birgalikda olib borish orqali  jarayon davomiyligini 40,7% ga, shuningdek kuyaga qarshi xossa berishda bioparchalanuvchan pepilent moddani qo‘llash orqali   oqava suvlarning sararlanishini  59,1% ga kamaytirish  imkonini bergan.  

Yangiliklarga obuna bo‘lish