Hamroeva Zilola Qahramonovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Qovushqoq-elastik to‘ldiruvchili silindrik qobiqda xos to‘lqin tarqalishi va dinamik kuchlanganlik-deformatsiyalanganlik holati” (Rasprostranenie sobstvennix voln i dinamicheskoe napryajenno-deformirovannoe sostoyanie v silindricheskoy obolochke s vyazkouprugim zapolnitelem) 01.02.04-Deformatsiyalanuvchan qattiq jism mexanikasi (fizika matematika fanlari). Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2025.3.PhD/FM1359
Ilmiy rahbar: Teshaev Muxsin Xudoyberdievich fizika matematika fanlai doktori, professor
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Buxoro davlat texnika universiteti
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Buxoro davlat texnika universiteti huzuridagi ilmiy daraja beruvchi PhD.03/27.02.2021.FM.101.02 raqamli ilmiy kengash.
Rasmiy opponentlar: Mirzaev Ibraxim fizika-matematika fanlari doktori, professor; Ismailov Kubaymurat texnika fanlari doktori, professor;
Yetakchi tashkilot nomi: Qozog‘iston Respublikasi Turkestan shahridagi Xoja Ahmad Yassaviy nomli Xalqaro qozoq-turk universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi dissipativ bir jinsli bo‘lmagan to‘ldiruvchili silindrik qobiqda xos to‘lqin tarqalishi va dinamik kuchlanganlik-deformatsiyalanganlik holati masalalarini o‘rganish metodikasi va algoritmini yaratish hamda mavjud nazariya ilmiy asoslarini takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
ilk bora qovushqoq-elastik to‘ldiruvchili silindrik qobiqda xos va noturg‘un to‘lqin tarqalishi masalalari irsiy deformatsiyalanuvchan qattiq jism mexanikasining ko‘chishlar orqali ifodalangan Lame tenglamasi, sirt va kontakt shartlarini hamda cheksizlikda to‘lqin so‘nishini hisobga oluvchi shartlar asosida matematik qo‘yilgan, matematik fizika va deformatsiyalanuvchan qattiq jism mexanikasi usullari asosida masalalarni echish uslubiyoti va algoritmi ishlab chiqilgan;
strukturaviy bir jinsli bo‘lmagan to‘ldiruvchili silindrik qobiq uchun tebranishlarning dempferlash koeffisentlarining fizik-mexanikaviy va geometrik parametrlarga bog‘liq o‘zgarishi monoton bo‘lmagan funksiyalar orqali ifodalanishi hamda dissipativ bir jinsli sistemaga nisbatan radikal o‘zgarishi aniqlangan;
Kirxgof-Lyav va uch o‘lchovli nazariya asosida olingan xos chastotalar va so‘ndirish koeffisientlari orasidagi farq to‘lqin sonining kichik qiymatlarida juda kam (2% gacha), yuqori (n>5) qiymatlarda esa 20% gacha bo‘lishi sonli eksperiment natijalari asosida topilgan;
to‘ldiruvchili silindrik qobiq o‘rnida silindrik doiraviy ko‘ndalang kesimli sterjenli nazariyasini qo‘llanilishi ko‘chish va kuchlanishlar amplitudalarini topishda 20% gacha xatolik berishi chegaraviy masala uchun olingan dispersion tenglama munosabatlaridan aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. To‘ldiruvchili qovushqoq-elastik silindrik qobiqda chiziqli erkin va majburiy to‘lqin tarqalishi masalalarining ilmiy asoslarini inobatga olgan holda hisoblash usuli, algoritmi va dasturi bo‘yicha olingan natijalar asosida:
silindrik qobiqning gruntli muhit bilan o‘zaro ta’sirini hisobga olgan holda dinamik jarayonlarni hisoblash usullaridan 2022-2023 yillarda Abu Rayxon Beruniy nomidagi Urganch davlat universitetida bajarilgan IL-5321091543 “Tojikiston qishloq hududlaridagi turar joy binolari zilzilabardoshligi (Osiyo taraqqiyot banki Xalqaro loyihasi doirasida) mavzusidagi innovatsion loyihasida foydalanilgan. Natijada, garmonik to‘lqinlar ta’sirida hosil bo‘ladigan rezonans tebranishlar sohalarini oldindan aniqlash imkoniyati hamda kuchlanish amplitudalari parametrlarini tanlash hisobidan 15-20% gacha kamaytirish imkoniyati yaratilgan.
suyuqlikli polimer qobiqdagi energiya dissipatsiyasi intensivligini oshirish usullaridan 2022-2024 yillarda O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Mexanika va inshootlar seysmik mustahkamligi institutida bajarilgan № IL-21071166-sonli “Shamolning past tezligi uchun mo‘ljallangan vertical o‘qli shamol turbinasini yaratish” mavzusidagi innovatsion loyihasini bajarishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Mexanika va inshootlar seysmik mustahkamligi institutining 2-dekabr, 2025-yildagi №16023 sonli ma’lumotnomasi). Natijada, dissertatsiyada olingan ilmiy natijalarning qo‘llanilishi orqali rezonans sohasidagi tebranishlariga oldingi mavjud bo‘lgan hisoblash metodiga qaraganda 20 % kamaytirish imkonini bergan.