Axmedov Olimjon Samadovichning 
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Qovushqoq-elastik to‘ldiruvchili elliptik qobiqda garmonik to‘lqin difraksiyasi” (Difraksiya garmonicheskix voln v vyazkouprugoy ellipticheskoy obolochke s zapolnitelem) 01.02.04 - Deformatsiyalanuvchan qattiq jism mexanikasi (fizika matematika fanlari). Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2025.3.PhD/FM1356
Ilmiy rahbar: Teshaev Muxsin Xudoyberdievich  fizika matematika fanlai doktori, professor
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Buxoro davlat texnika universiteti 
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Buxoro davlat texnika universiteti huzuridagi ilmiy daraja beruvchi PhD.03/27.02.2021.FM.101.02 raqamli ilmiy kengash. 
Rasmiy opponentlar: 
Mirzaev Ibraxim  fizika-matematika fanlari doktori, professor; 
Indiaminov Ravshan Shukurovich  fizika-matematika fanlari doktori, professor;  
Yetakchi tashkilot nomi: Qozog‘iston Respublikasi Turkestan shahridagi Xoja Ahmad Yassaviy nomli Xalqaro qozoq-turk universiteti.
 Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: qovushqoq-elastik muhit ichida joylashgan, ko‘ndalang kesimi ellips shaklida bo‘lgan to‘ldiruvchili silindrsimon jismlarda garmonik to‘lqinlarning difraksiyasini to‘lqin dinamikasi usullari asosida takomillashtirilgan matematik modelini hamda sonli echish algoritmini yaratishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk marta qovushqoq-elastik  muhit bilan to‘liq kontaktda bo‘lgan  deformatsiyalanuvchi, ellips ko‘ndalang kesimli, to‘ldiruvchili  silindrik  jismga  statsionar (va statsionar bo‘lmagan) to‘lqinlar ta’sirida hosil bo‘ladigan dinamik kuchlanganlik-deformatsiyalanganlik  holatini tadqiq qilish metodikasi va algoritmi  qovushqoq-elastiklik  nazariyasining gipotezalari va    Lame  integro-differensial tenglamasi asosida  o‘rganilgan,  masalalarni matematik qo‘yilishi, echish uslubiyoti va algoritmi  ishlab chiqilgan; 
to‘lqin sonining ortib borishi bilan  xos tebranishlar chastotasining  eksponensial  qonunga yaqin  bo‘lgan qonun bilan ortib borishi, muhit  Puasson koeffisenti   oraliqda  o‘zgarganda chastotalarning haqiqiy va mavhum  qismlarining 27%  gacha monoton o‘zgarishi topilgan; 
qovushqoq-elastik  muhit bilan to‘liq kontaktda bo‘lgan ellips ko‘ndalang kesimli, to‘ldiruvchili  qobiqning   xos chastotalarining  haqiqiy va  mavhum  qismlarining ellipsning katta va kichik o‘qlari (radiuslari)  nisbatiga bog‘liq  o‘zgarishi (stukturaviy bir jinsli mexanik sistema uchun)     logarifmik funksiya  qonuni asosida  oshib borishi va  ko‘ndalang kesimi  halqasimon silindr chastotasiga  asimptotik yaqinlashib borishi aniqlangan;
qovushqoq-elastik  muhit bilan to‘liq kontaktda bo‘lgan ellips ko‘ndalang kesimli, to‘ldiruvchili  qobiqqa statsionar to‘lqin yuklanganda uzun to‘lqin sohasida  maksimal radial va urinma kuchlanishlar farqi 20% gacha bo‘lishi topilgan. Statik kuchlanishlar uzun to‘lqinlar sohasida  dinamik kuchlanishlardan 15 - 20%  gacha kam bo‘lishi topilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Qovushqoq-elastik to‘ldiruvchili elliptik qobiqda garmonik toʻlqin  difraksiyasi ilmiy asoslarini hisobga olgan holda hisoblash usullari va algoritmlari bo‘yicha olingan natijalar asosida: 
rezonans holatlarini oldini olishda optimal parametrlarni tanlash orqali energiyani boshqarish usullaridan 2020-2024 yillarda O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Mexanika va inshootlar seysmik mustahkamligi institutida bajarilgan № IL-21071166-sonli “Shamolning past tezligi uchun mo‘ljallangan vertikal o‘qli shamol turbinasini yaratish” mavzusidagi innovatsion loyihada foydalanilgan (O‘zR FA Mexanika va inshootlar seysmik mustahkamligi institutining 2025-yil 2-dekabrdagi № 16033 sonli ma’lumotnomasi). Natijada, turbina ichidagi plastinkalarning shamol tezligiga va chastotasiga bog‘liq bo‘lgan rezonans sohalar chegaralari aniqlangan;
qishloq hududlaridagi turar joy binolari infratuzilmasidagi er osti inshootlarining seysmik mustahkamligini ta’minlash va seysmik to‘lqinlar ta’sirida hosil bo‘ladigan rezonans sohalarini oldindan aniqlashda 2020-2023 yillarda Urganch davlat universitetida bajarilgan IL-5321091543-sonli “Tojikiston qishloq hududlridagi turar joy binolari zilzilabardoshligi” (Osiyo taraqqiyot banki Xalqaro loyihasi) mavzusidagi innovatsion loyihada foydalanilgan. (Urganch davlat universitetining 2025-yil 3-dekabrdagi 03-215/2-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, er osti inshootlarining kuchlanish amplitudalarini parametrlarni tanlash hisobidan 15% gacha kamaytirish  imkoniyati yaratilgan. 

Yangiliklarga obuna bo‘lish