Ahmadova Umidaxon Shavkat qizining fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumot
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmogʻi): “Hunarmandlar nutqi perifrazalarining sotsiopragmatik va lingvomadaniy xususiyatlari” 10.00.01 – O‘zbek tili
Dissertatsiya mavzusi roʻyxatga olingan raqam: № B2023.2.DSc/Fil538
Ilmiy maslahatchi: Abuzalova Mehriniso Kadirovna, filologiya fanlari doktori (DSc), professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Buxoro davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi (muassasalar), IK raqami: Buxoro davlat universiteti DSc.03/04.06.2021.Fil.72.09
Rasmiy opponentlar: Jo‘raeva Bibish Muxsinovna, filologiya fanlari doktori, professor; Raupova Laylo Rahimovna, filologiya fanlari doktori, professor; Abdiev Murodqosim Bolbekovich, filologiya fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Qarshi davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi o‘zbek hunarmandchiligi tili, xususan, hunarmandlar nutqida qo‘llanadigan ikkilamchi nominatsiya usullari, ularning sotsiopragmatik, ligvomadaniy va leksikografik muammolarini o‘rganishdan iborat.
III.Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
perifrastik birliklar olamni idrok etish usuli sifatida qayta nomlovchi nominatsion lisoniy hodisalar bilan bir paradigmada turishi, dunyo lisoniy manzarasini aks ettirishdagi muhim o‘rni, leksikografik tavsifi muammolari, hunarmandchilik perifrastik birliklar tezaurus (ideografik) lug‘ati tuzilmasi, struktur-grammatik tarkibi (ezgu tilak elchilari/ sifat+ot+ot) tahlili izohlangan;
soha tili birliklari (kashta, ipak, zar, loy), hunarmandchilikka oid perifrazalar (millat toji/do‘ppi, madaniyatning moddiy dunyosi/gilam, tarix va san’at timsoli/xon atlas) millatning madaniy qadriyatlari, o‘tmishi, tafakkur tarzini sezilarli va yorqin aks ettirishi hunarmandlar sotsiolekti asosida dalillangan;
hunarmandchilik perifrazalarida ma’lum bir xalqning g‘oyaviy-siyosiy (yashirin elchi/gilam), iqtisodiy-madaniy (boylik obekti/so‘g‘d ipagi), etnik tarkibi bilan bog‘liq ma’lumotlar aks etishi sotsiopragmatik (oltin iplar jozibasi/zardo‘zlik, matoga jon ato qiluvchi san’atkor/tikuvchi, loy ustasi/kulol) aspektda, kontekstual asosda aniqlangan.
hunarmandlar diskursida qo‘llanadigan madaniyatni tashuvchi o‘ziga xos perifrazalar (bag‘ri otash mo‘jiza/tandir), maqol (yigit ko‘rki hunar), topishmoq (xonning belbog‘i beliga etmas/bilakuzuk), ibora (bo‘zchining mokisidek qatnamoq), aforizm (Hunar qaynar buloq, tuganmas davlat. Kaykovus), ramz (olti qirrali yulduz/hayotning ibtidosi), qanotli so‘zlar (Dilba yor-u, dastba kor) mazkur kasb egalari tili hamda madaniyati to‘g‘risida muhim ma’lumotlar berishi, til-lison-madaniyat, madaniy munosabat, madaniy sema (anor/oila, serfarzandlik, sevgi-muhabbat), madaniy kod (chinnigul/hayot ramzi) tushunchalarining aloqadorligi asoslangan;
perifrazalarning nomlovchi yondosh birliklarga nisbatan kuchliroq pragmatik xususiyatga egaligi, ularning baholash va ta’sir qilish funksiyalari kerakli natijaga tezda erishish imkonini berishi hunarmandchilikning kashtachilik (xalqimizning o‘lmas qadriyati), zargarlik (hashamat va nafosat ramzi), tikuvchilik (chevar ustalar), zardo‘zlik (o‘zbek hunarmandchiligining gultoji), kulolchilik (qora loy mo‘jizakorlari), yog‘och o‘ymakorligi (sirli naqshlar san’ati) yo‘nalishlari misolida isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. O‘zbek hunarmandlari tilidagi qayta nomlovchi birliklarni o‘rganish bo‘yicha olingan natijalar asosida:
perifrastik birliklar olamni idrok etish usuli sifatida qayta nomlovchi nominatsion lisoniy hodisalar bilan bir paradigmada turishi, dunyo lisoniy manzarasini aks ettirishdagi muhim o‘rni, leksokografik tavsifi muammolari, hunarmandchilik perifrastik birliklar tezaurus (ideografik) lug‘ati tuzilmasi, struktur-grammatik tarkibi (ezgu tilak elchilari/ sifat+ot+ot) tahlili xususidagi qarashlardan 2022-2024-yillarda bajarilgan IL-402104209 raqamli “Axborot-qidiruv tizimlari (Google, Yandex, Google translate) uchun avtomatik ishlov berish vositasi – o‘zbek tilining morfoleksikoni va morfologik analizatori dasturiy vositasini yaratish” nomli amaliy grant loyihasida foydalanilgan (Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetining 2025-yil 27-yanvardagi 04/1-290-son ma’lumotnomasi). Natijada amaliy loyiha milliy tilga oid hunarmandchilik perifrazalari bilan boyitilgan;
soha tili birliklari (kashta, ipak, zar, loy), hunarmandchilikka oid perifrazalar (millat toji/do‘ppi, madaniyatning moddiy dunyosi/gilam, tarix va san’at timsoli/xon atlas) millatning madaniy qadriyatlari, o‘tmishi, tafakkur tarzini sezilarli va yorqin aks ettirishi hunarmandlar sotsiolekti asosida shakllangan qarashlardan 2020-2021-yillarda bajarilgan A-OT-2021-2-raqamli “Tibbiyotga oid atamalar elektron platformasini yaratish” mavzusidagi amaliy loyihada foydalanilgan (Buxoro davlat universitetining 2025-yil 10-yanvardagi 01-147-son ma’lumotnomasi). Natijada hunarmandchilikka oid birliklar tarkibida tibbiy ma’nolarni ifodalovchi perifrazalarning qo‘llanilishiga oid qarashlar izohli lug‘atlar va soha lingvistikasini boyitishda manba bo‘lgan;
hunarmandchilik perifrazalarida ma’lum bir xalqning g‘oyaviy-siyosiy (yashirin elchi/gilam), iqtisodiy-madaniy (boylik obekti/so‘g‘d ipagi), etnik tarkibi bilan bog‘liq ma’lumotlar aks etishi sotsiopragmatik (oltin iplar jozibasi/zardo‘zlik, matoga jon ato qiluvchi san’atkor/tikuvchi, loy ustasi/kulol) aspektda, kontekstual asosda aniqlanganligiga oid ilmiy xulosalardan 2024-2025-yillarda Buxoro davlat muzey qo‘riqxonasida foydalanilgan va qo‘riqxonaga qarashli ilmiy bo‘limda muzey xodimlariga maxsus ma’ruza tashkil etilib, keng tushuntirish ishlari olib borilgan (Buxoro davlat muzey-qo‘riqxonasining 2025-yil 14-yanvardagi 04-05/128-son ma’lumotnomasi). Natijada Buxoro davlat muzey-qo‘riqxonasi ekskursiya matnlari amaliy va nazariy jihatdan hunarmandchilik lingvistikasi ma’lumotlari bilan boyitilgan;
hunarmandlar diskursida qo‘llanadigan madaniyatni tashuvchi o‘ziga xos perifrazalar (bag‘ri otash mo‘jiza/tandir), maqol (yigit ko‘rki hunar), topishmoq (xonning belbog‘i beliga etmas/bilakuzuk), ibora (bo‘zchining mokisidek qatnamoq), aforizm (Hunar qaynar buloq, tuganmas davlat. Kaykovus), ramz (olti qirrali yulduz/hayotning ibtidosi), qanotli so‘zlar (“Dilba yor-u, dastba kor”) mazkur kasb egalari tili hamda madaniyati to‘g‘risida muhim ma’lumotlar berishi, til-lison-madaniyat, madaniy munosabat, madaniy sema (anor/oila, serfarzandlik, sevgi-muhabbat), madaniy kod (chinnigul/hayot ramzi) tushunchalarining aloqadorligi xususidagi nazariy va amaliy xulosalardan 2024-2025-yillarda O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi “Buxoro” viloyati teleradiokanalining “Assalom, Buxoro”, “Najot bilimda”, “Sakkizinchi mo‘jiza” teleeshittirishlari ssenariylarini tayyorlashda foydalanilgan (Buxoro viloyati teleradiokompaniyasining 2025-yil 8-yanvardagi 01-09-10-son ma’lumotnomasi). Natijada mazkur teleko‘rsatuvlar uchun tayyorlangan materiallarning ta’sirchanlik funksiyasi ortgan, ilmiy dalillarga boy bo‘lishi ta’minlangan;
perifrazalarning nomlovchi yondosh birliklarga nisbatan kuchliroq pragmatik xususiyatga egaligi, ularning baholash va ta’sir qilish funksiyalari kerakli natijaga tezda erishish imkonini berishi hunarmandchilikning kashtachilik (xalqimizning o‘lmas qadriyati), zargarlik (hashamat va nafosat ramzi), tikuvchilik (chevar ustalar), zardo‘zlik (o‘zbek hunarmandchiligining gultoji), kulolchilik (qora loy mo‘jizakorlari), yog‘och o‘ymakorligi (sirli naqshlar san’ati) yo‘nalishlari misolidagi xulosalaridan Oliy ta’limning 60530900 – Fizika, 60540100 – Matematika ta’lim yo‘nalishida tahsil oluvchi talabalar uchun yaratilgan “O‘zbek tili” darsligida foydalanilgan (Buxoro davlat universitetining 2025-yil 16-iyundagi 01-3837-son ma’lumotnomasi). Natijada o’zbek tilining til xususiuatlariga oid ma’lumotlarni tez, oson o’rganish hamda o’rgatishda perifrazalar muhim manba vazifasini bajargan.