Ataeva Mexriniso Farxodovnaning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Kredit-modul tizimida integratsion yondashuvdan foydalanib o‘quv-metodik ta’minotni takomillashtirish”, 13.00.02 – Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (fizika).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.4.DSc/Ped739.
Ilmiy rahbar: Qahhorov Siddiq Qahhorovich, pedagogika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Buxoro davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Nukus davlat pedagogika instituti, DSc.03/30.12.2019.Ped.34.01.
Rasmiy opponentlar: Qarlıbaeva Gulajaxan Ermakbaevna, pedagogika fanlari doktori, professor; Bazarova Saodat Djamalovna, pedagogika fanlari doktori, professor, Kuvondikov Oblokul, fizika-matematika fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Farg‘ona davlat universiteti
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi oliy ta’lim muassasalarida kredit-modul tizimida integratsion yondashuvdan foydalanib o‘quv-metodik ta’minotni takomillashtirishdan iborat.
III.Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
oliy ta’lim muassasalarida kredit-modul tizimida turli ta’lim sohalari (gumanitar fanlar, fizika va matematika, kimyoviy va biologik, ijtimoiy-iqtisodiy, texnologik) bo‘yicha mutaxassislar tayyorlashda aniq va tabiiy fanlar mazmuni, uning mavzulari bayonini zamonaviy ta’lim texnologiyalarini kasbiy yo‘nalganlik hamda integratsion yondashuv tamoyillari asosida o‘quv-metodik ta’minoti holati va imkoniyati tahlillar asosida aniqlashtirilgan;
matematika, informatika, kimyo, biologiya, ekologiya, iqtisodiyot, texnologiya, muhandislik, tarix kabi fanlarni fizika ta’limi bilan uyg‘unlikda o‘zlashtirishning metodik tuzilmasi zamonaviy optik-elektron o‘lchov asboblari ustida ishlash, fanning fundamental qonunlarini amaliyotga yo‘naltirilgan holda tashkil qilish bo‘yicha talabalarning tekshruvchi-tahlilchilik faoliyatini texnik-texnologik kompetensiya bilan bevosita va bilvosita o‘zaro uyg‘unlashuvi intensivligini aniq belgilash orgali aniqlangan;
bo‘lajak mutaxassislarni shaxslararo munosabatlarga tayyorlashning pedagogik shart-sharoitlari kasbiy madaniyati va savodxoligini shakllantirish va rivojlantirishga qaratilgan motivatsion, evristik, refleksiv bosqichlarida taklif etilgan interfaol ta’lim metodlari kasbiga bo‘lgan ma’suliyatni anglash, empatiya, muloqot ko‘nikmalari, texnik kompetensiya, jarayon ishtirokchilari psixologiyasini tushunish, mentorlik va qo‘llab-quvvatlash strategiyalarini amalga oshirish muhimligi asoslangan;
integratsion yondashuv asosida bo‘lajak mutaxassislarni professionallik munosabatlarga tayyorlashda turli sohalarda mavjud texnik qurilmalar vositasida kasbiy faoliyat jarayonlari ilmiylik, nazariya va amaliyotning uzviyligi, insoniylik, qadriyatli yondashuvni shakllantirishning modeli shaxsga yo‘naltirilgan o‘z-o‘zini rivojlantirish, muloqotchanlik, o‘zaro hamkorlik, kasbiy deontologiya tamoyillar asosida takomillashtirilgan;
kredit-modul tizimida oliy ta’lim muassasalarida turli sohalar bo‘yicha mutaxassislar tayyorlashda talabalarning fanlarni o‘zlashtirish samaradorligini oshirishga yo‘naltirilgan o‘quv mashg‘ulotlarini (ma’ruza, amaliy, laboratoriya, mustaqil ta’lim) hamda o‘quv-metodik ta’minotni boyitish metodikasi, ko‘rgazmalilik, funksionallik asosida takomillashtirilgan hamda integratsion yondashuvdan foydalanib o‘quv-metodik ta’minotni ta’minlash va o‘quv samaradorligini oshirish bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. oliy ta’lim muassasalarida turli sohalar bo‘yicha mutaxassislar tayyorlashda fizika fani mazmunini takomillashtirish bo‘yicha olib borilgan tadqiqot natijalari asosida:
tadqiqot ishida kredit-modul tizimida tibbiyot oliy ta’lim muassasalarida tibbiyot sohalari bo‘yicha mutaxassislar tayyorlashda aniq va tabiiy fanlarni o‘qitishning uzviyligi, talabalarning kasbiy, kreativ va texnologik kompetensiyalarini rivojlantirishga yo‘naltirilgan o‘qitish metodikasi, ko‘rgazmalilik, funksionallik asoslarida takomillashtirish masalalari o‘rganilgan, tadqiqot natijalari asosida pedagogik taklif va tavsiyalar natijalaridan 01.04.2020-31.03.2022-yillarlda Oʻzbekiston Milliy universitetida bajarilgan “FZ-2020010829” sonli “Talaba yoshlar ilmiy faoliyatini monitoring qilishning dasturiy taʻminotini yaratish” mavzusidagi amaliy loyiha doirasida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlashda foydalanilgan (Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston milliy universitetining 2023-yil 22-noyabrdagi 04/11-8240-son ma’lumotnomasi), dissertatsiya ishi natijalari 2018-2020 yillarda Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universitetida bajarilgan PZ-2017093020 raqamli “Oliy va o‘rta maxsus ta’lim tizimini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish va prognozlashtirishning uslubiy asoslarini ishlab chiqish va kompleks dasturini yaratish” mavzusidagi amaliy loyihaning yakuniy hisobotiga kiritilgan (Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston milliy universitetining 2023-yil 22-noyabrdagi 04/11-8241-son ma’lumotnomasi). Natijada integarsion yondashuv asosida o‘quv-metodik ta’minotni takomillashtirishga erishilgan;
Bo‘lajak mutaxassislarning kasbiy faoliyat kompetensiyalarini rivojlantirishga yo‘naltirilgan o‘qitish metodikasi, o‘quv jarayonlari uchun fanlararo loyihalarni ishlab chiqish va fizikadan amaliy va laboratoriya mashg‘ulotlari mazmunini bevosita qurilish sohasiga tadbiq etish va undan olingan natijalarning nazariy ma’lumotlarga mos ekanligini taqqoslash asosida kengaytirish orqali takomillashtirishga oid takliflari “Fizika o‘qitish metodikasi (1-kitob)” (Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirining 2023 yil 29 sentyabrdagi 438-son buyrug‘i,) nomli darslik (79-90-betlarda) hamda “Fizika o‘qitish metodikasi (2-kitob)” (Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirining 2024 yil 29 maydagi 194-son buyrug‘i, 194-450 raqamli guvohnomasi) nomli darsliklar mazmuniga singdirilgan holda amaliyotga joriy etilgan. Natijada, oliy ta’lim muassasalarida turlit sohalardagi talabalarning kasbiy kompetentligini rivojlantirishga erishilgan;
Oliy ta’lim muassasalarida sohalar bo‘yicha mutaxassislar tayyorlashda talabalarning mustaqil o‘quv faoliyatini rivojlantirishga yo‘naltirilgan amaliy masalalar hamda loyihalarga asoslangan metodikani joriy etish asosida “Fizika kursi mavzularini noan’naviy o‘qitish metodikasi” nomli o‘quv qo‘llanma (1-kitob) (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2019 yil 4 oktyabrdagi 892-son buyrug‘i, 892-046 raqamli guvohnomasi) hamda “Fizika kursi mavzularini noan’naviy o‘qitish metodikasi” nomli o‘quv qo‘llanma (2-kitob) (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2020 yil 30 iyundagi 359-son buyrug‘i, 359-029 raqamli guvohnomasi) ishlab chiqildi va amaliyotga joriy etildi. Natijada, bo‘lajak mutaxassislarning kasbiy bilimlarini rivojlanishiga erishilgan.