Nazarov Tohir Toshpo‘lotovich
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtissoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Chaqiriqqacha harbiy ta’lim yo‘nalishi subektlarining didaktik jarayonlardagi faoliyatini loyihalash texnologiyasi”  13.00.01 – Pedagogika nazariyasi. Pedagogik ta’limotlar tarixi (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: 2023.1PhD/4368 
Ilmiy rahbar: Uzoqov Asliddin Mexritdinovich, pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Buxoro davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Nukus davlat pedagogika instituti, DSc.03/30.12.2019.Ped.34.01.
Rasmiy opponentlar: Pazilova Meruert Ermekbaevna, pedagogika fanlari doktori, professor; Xodjaev Begzod Xudoyberdievich, pedagogika fanlari doktori, professor. 
Yetakchi tashkilot: Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston milliy universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqot maqsadi chaqiriqqacha harbiy ta’lim yo‘nalishi subektlarining didaktik jarayonlardagi faoliyatini loyihalashning nazariy-metodologik asoslarini takomillashtirish va texnologiyasini ishlab chiqishdan iborat.
III.  Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
chaqiriqqacha harbiy ta’lim didaktik jarayonlaridagi subektlar faoliyatini loyihalashga doir an’anaviy, tizimli va kompetensiyaviy yondashuvlar harbiy-pedagogik talablar asosida tipologik tahlil qilingan hamda diagnostik, pragmatik va innovatsion komponentlarni integratsiya qiluvchi funksional-integrativ loyihalash paradigmasi ilk bor ishlab chiqilgan va ilmiy asoslangan;
chaqiriqqacha harbiy ta’lim yo‘nalishi talabalari didaktik faoliyatini samarali tashkil etish maqsadida o‘qituvchi va talabaning loyihalashdagi ishtirok darajasini aniqlovchi, shuningdek liderlik, ruhiy va jismoniy tayyorgarlik kompetensiyalarining shakllanishiga ta’sir etuvchi “Loyihalash kompetensiyasi modeli” konseptual-texnologik va natijaviy-baholash bloklari asosida ishlab chiqilgan;
didaktik jarayonlarni maqsadli boshqarish uchun diagnostik, tashkiliy, axborot ishlovi va baholash faoliyatlarini qamrab oluvchi, tayyorlov – o‘rganish – mustahkamlash – pedagogik konsilium bosqichlariga tayangan modulli-bosqichli loyihalash modeli takomillashtirilgan va auditoriya mashg‘ulotlariga moslashtirilgan;
loyiha asosidagi o‘qitish samaradorligini ilmiy asosda baholash uchun akademik ko‘rsatkichlar bilan bir qatorda talabalarning ruhiy tayyorgarligi, yetakchilik sifatlari va sog‘lom turmush ko‘nikmalarini ham aniqlovchi “Samaradorlikning integrativ ko‘rsatkichlari tizimi” ishlab chiqilgan va amaliyotga joriy etilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi: Chaqiriqqacha harbiy ta’lim yo‘nalishi subektlarining didaktik jarayonlardagi faoliyatini loyihalash texnologiyasi asosida:
chaqiriqqacha harbiy ta’lim didaktik jarayonlaridagi subektlar faoliyatini loyihalashga doir an’anaviy, tizimli va kompetensiyaviy yondashuvlar harbiy-pedagogik talablar asosida tipologik tahlil qilingan hamda diagnostik, pragmatik va innovatsion komponentlarni integratsiya qiluvchi funksional-integrativ loyihalash paradigmasi ilk bor ishlab chiqilgan va ilmiy asoslashtirishga oid tavsiyalaridan “Chaqiriqqacha harbiy ta’lim” ta’lim yo‘nalishi talabalari uchun “Fuqaro muhofazasi” o‘quv qo‘llanmasi ishlab chiqildi (O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2023-yil 27-martdagi 68-736-son ruxsatnomasi). Natijada vatan himoyachisi bo‘lgan harbiy pedagogning asosiy talablari doirasida huquqiy asosga ega bo‘lishiga, shaxsiy tarkib o‘rtasida kasbiy bilimlarni mustahkamlash, peshqadamlik va didaktik jarayonlardagi faoliyatini samarali tashkil etishga amaliy yordam beruvchi dasturulamal bo‘lib xizmat qilmoqda; 
chaqiriqqacha harbiy ta’lim yo‘nalishi talabalari didaktik faoliyatini samarali tashkil etish maqsadida o‘qituvchi va talabaning loyihalashdagi ishtirok darajasini aniqlovchi, shuningdek liderlik, ruhiy va jismoniy tayyorgarlik kompetensiyalarining shakllanishiga ta’sir etuvchi “Loyihalash kompetensiyasi modeli” konseptual-texnologik va natijaviy-baholash bloklari asosida ishlab chiqilganligiga oid tavsiyalaridan “Chaqiriqqacha harbiy ta’lim” ta’lim yo‘nalishi talabalari uchun “Harbiy san’at tarixi va milliy meros” o‘quv qo‘llanmasi ishlab chiqildi (O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2024-yil 25-iyundagi 218-295-son ruxsatnomasi). Natijada harbiy xizmat o‘tayotgan barcha toifadagi harbiy xizmatchilarning o‘z kasbini chuqur egallashi, faoliyatini samarali tashkillashtirishning zamonaviy yondashuvlari orqali faol, mehnatsevar, malakali mutaxassis, etuk harbiy-vatanparvar shaxs qilib tarbiyalash hamda ularning o‘qitish sifatini doimiy korreksiyalash amaliyoti yo‘lga qo‘yilgan va Farg‘ona davlat universiteti, Buxoro davlat pedagogika instituti va Nizomiy nomidagi O‘zbekiston milliy pedagogika universitetlarining “Chaqiriqqacha harbiy ta’lim” bakalavriat ta’lim yo‘nalishi o‘quv jarayonida amaliyotiga joriy etilgan.   
didaktik jarayonlarni maqsadli boshqarish uchun diagnostik, tashkiliy, axborot ishlovi va baholash faoliyatlarini qamrab oluvchi, tayyorlov – o‘rganish – mustahkamlash – pedagogik konsilium bosqichlariga tayangan modulli-bosqichli loyihalash modeli takomillashtirilgan va auditoriya mashg‘ulotlariga moslashtirilganligiga oid tavsiyalardan “Chaqiriqqacha harbiy ta’lim” ta’lim yo‘nalishi talabalari uchun “Xalqaro gumanitar huquq” darsligi ishlab chiqildi (O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2025-yil 9-iyuldagi 680329-son ruxsatnomasi). Natijada oliy ta’lim muassasalari talabalari shaxsiy tarkibini harbiy an’analar asosida milliy va umuminsoniy qadriyatlarga hurmat ruhida tarbiyalash, har bir harbiy pedagogning kasbiy bilimlarini shakllantirish va mustahkamlash, shuningdek, ta’lim tizimida yoshlarni mustaqillik g‘oyalariga sodiqlik, milliy o‘zlikni anglash, Vatanga muhabbat va uning taqdiriga daxldorlik, fidoyilik va sadoqat tamoyillari asosida tarbiyalash imkoniyati Farg‘ona davlat universiteti, Buxoro davlat pedagogika instituti va Nizomiy nomidagi O‘zbekiston milliy pedagogika universitetlarining “Chaqiriqqacha harbiy ta’lim” bakalavriat ta’lim yo‘nalishi ta’lim-tarbiya jarayoniga joriy etilgan. 

Yangiliklarga obuna bo‘lish