Baxtiyorov Umidjon Baxtiyorovichning
pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD)
dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “12-14 yoshli basketbolchilarning savatga to‘p tashlashdagi hujum harakatlari samaradorligini oshirish”, 13.00.04–Jismoniy tarbiya, sport mashg‘ulotlari, sog‘lomlashtirish va adaptiv jismoniy tarbiya nazariyasi va metodikasi, pedagogika fanlari.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam B2025.2.PhD/Ped10445
Ilmiy rahbar: Gaziev Shukurjon Shuxrat o‘g‘li pedagogika fanlari doktori (DSc), dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti.
Ilmiy Kengash faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti, DSc.03/30.12.2019.Ped.28.01.
Rasmiy opponentlar: Kochkarov Atabek Axmatvaevich pedagogika fanlari doktori (DSc), professor; Miradilov Batir Maxkamovich pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), professor.
Yetakchi tashkilot: Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston milliy universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi 12-14 yoshli basketbolchilarning savatga to‘p tashlashdagi hujum harakatlarini samaradorligini oshirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
o‘quv mashg‘ulot bosqichidagi basketbolchilar uchun portlovchi harakatga moslashtirilgan to‘rt boshli son mushaklari, sonni bukuvchi va boldir mushaklarining sakrash amplitudasiga muvofiq faollatirishga yo‘naltirilgan mashqlar majmuasidan tayyorgarlik bosqichida foydalanish natijasida vertikal harakat samaradorligini izchil oshirish imkoniyatlari kengaytirilgan;
12–14 yoshli basketbolchilarda maydonda harakatlanish faoliyatini rivojlantirish maqsadida harakat vaqtida fazo-makonda to‘pni qabul qilish, olib yurish va slalom-driblingni raqibga yaqin sharoitda yo‘nalish hamda tezlikni o‘zgartirish talab etilgan holda bajarishga qaratilgan yaqinlashtiruvchi mashqlar majmuasidan foydalanish natijasida koordinatsiya aniqligi va to‘p bilan harakat samaradorligi oshirilgan;
o‘quv mashg‘ulot bosqichidagi yosh basketbolchilarda o‘yin jarayonida jamoa bo‘lib harakatlanishni takomillashtirish maqsadida tayyorgarlik turlari xususiyatlarini hisobga olgan holda tortuvchi, zarbdor, yaqinlashtiruvchi, musobaqaviy va tiklanish mikrotsikllarini variativ qo‘llash asosida savatga to‘p tashlashga oid maxsus harakat ko‘nikmalari shakllantirilgan;
12–14 yoshli basketbolchilarda hujum harakatlari samaradorligini oshirish maqsadida o‘yin jarayonida savatni nishonga olish, uch ochkolik, jarima, lay-up va kryuk tashlash harakatlarini mezotsikl turlarida yuklamalar hajmi va shiddatini individual xususiyatlariga muvofiq differensial qo‘llash asosida savatga to‘p tashlash samaradorligi oshirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. 12-14 yoshli basketbolchilarning savatga to‘p tashlashdagi hujum harakatlarini samaradorligini oshirish bo‘yicha tajriba va tadqiqot natijalari asosida:
o‘quv mashg‘ulot bosqichidagi basketbolchilar uchun portlovchi harakatga moslashtirilgan to‘rt boshli son mushaklari, sonni bukuvchi va boldir mushaklarining sakrash amplitudasiga muvofiq faollatirishga yo‘naltirilgan mashqlar majmuasidan tayyorgarlik bosqichida foydalanish qo‘llash bo‘yicha taklif va tavsiyalar O‘zbekiston Basketbol Federatsiyasi bazasida shugʻullanuvchi yosh basketbolchilar o‘quv-mashgʻulotlariga tatbiq etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Sport vazirligining 2025-yil 3-oktyabrdgai 02-16/10615 -son ma’lumotnoma). Natijasida, jismoniy tayyorgarligini 11,7 % ga oshirishga erishilgan.
12–14 yoshli basketbolchilarda maydonda harakatlanish faoliyatini rivojlantirish maqsadida harakat vaqtida fazo-makonda to‘pni qabul qilish, olib yurish va slalom-driblingni raqibga yaqin sharoitda yo‘nalish hamda tezlikni o‘zgartirish talab etilgan holda bajarishga qaratilgan yaqinlashtiruvchi mashqlar majmuasidan foydalanish qo‘llash bo‘yicha taklif va tavsiyalar Sirdaryo viloyati Sportning o‘yin turlari va engil atletika bo‘yicha ixtisoslashtirilgan sport maktabi basketbolchilar mashgʻulotlariga tatbiq etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Sport vazirligining 2025-yil 3-oktyabrdgai 02-16/10615-son ma’lumotnoma). Natijada, maxsus tayyorgarlik ko‘rsatkichlari 12,4 % ga yaxshilangan;
o‘quv mashg‘ulot bosqichidagi yosh basketbolchilarda o‘yin jarayonida jamoa bo‘lib harakatlanishni takomillashtirish maqsadida tayyorgarlik turlari xususiyatlarini hisobga olgan holda tortuvchi, zarbdor, yaqinlashtiruvchi, musobaqaviy va tiklanish mikrotsikllarini variativ qo‘llash bo‘yicha taklif va tavsiyalar Fargʻona viloyati basketbol federatsiyasi bo‘linmasiga tatbiq etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Sport vazirligining 2025-yil 3-oktyabrdgai 02-16/10615-son ma’lumotnoma). Natijada, hujum harakatlarini bajarish 10,7 % ga oshgan;
12–14 yoshli basketbolchilarda hujum harakatlari samaradorligini oshirish maqsadida o‘yin jarayonida savatni nishonga olish, uch ochkolik, jarima, lay-up va kryuk tashlash harakatlarini mezotsikl turlarida yuklamalar hajmi va shiddatini individual xususiyatlariga muvofiq differensial qo‘llash bo‘yicha taklif va tavsiyalar Namangan viloyati basketbol federatsiyasi bo‘linmasi bilan hamkorlikda mashgʻulot jarayonlariga tatbiq etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Sport vazirligining 2025-yil
3-oktyabrdgai 02-16/10615-son ma’lumotnoma). Natijada, savatga to‘p tashlash 11,3 % ga yaxshilangan.