Ixlasova Indira Xamidullaevnaning
pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD)
dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Nogironligi bo‘lgan sportchi-o‘quvchilarni kitobxonlik vositasida jamiyatga integratsiya qilishning ijtimoiy-pedagogik asoslari”, 13.00.01 – “Pedagogika nazariyasi. Pedagogik ta’limotlar tarixi” ixtisosligi, pedagogika fanlari.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2025.1.PhD/Ped1117.
Ilmiy rahbar: Isakulova Nilufar Janikulovna pedagogika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti.
Ilmiy Kengash faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti, DSc.03/30.12.2019.Ped.28.01.
Rasmiy opponentlar: Raximov Vladimir Shavkatovich pedagogika fanlari doktori (DSc), professor; Arzikulov Mukum Uralovich pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), professor.
Yetakchi tashkilot: Chirchiq davlat pedagogika universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi nogironligi bo‘lgan sportchi-o‘quvchilarni kitobxonlik vositasida jamiyatga integratsiya qilishning ijtimoiy-pedagogik asoslari yuzasidan taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
nogironligi bo‘lgan sportchi-o‘quvchilarni kitobxonlik vositasida jamiyatga integratsiya qilishda ijtimoiy ta’sirni faollashtirishga qaratilgan refleksiv baholash bosqichlarini qamrab olgan tizimli yondashuv natijasida ijtimoiylashuv darajasi oshirilgan;
nogironligi bo‘lgan sportchi-o‘quvchilarni jamiyatga integratsiya qilishda anketa-so‘rovnoma uslublarini qo‘llash orqali moslashuvchanlik, faollik, mustaqillik va axloqiy tarbiyalanganlik kabi ijtimoiylashuv ko‘rsatkichlari diagnostika mezonlariga ko‘ra ustuvorligi asosida kitobxonlik kundaligi ishlab chiqilgan;
audio-kitobxonlik dasturi asosida nogironligi bo‘lgan sportchi-o‘quvchilarning hikoyaga kirish, fikrlar almashinuvi, refleksiya va hayotiy tajribalarini raqamli kommunikativ muhit hamda ta’limiy texnologiyalar bilan integratsiya qilish natijasida sinf soatlarining ijtimoiy-tarbiyaviy yo‘naltirilganligi oshirilgan;
ehtiyojga asoslangan metodikani qo‘llash orqali nogironligi bo‘lgan sportchi-o‘quvchilarni kitobxonlik vositasida jamiyatga integratsiya qilish tizimida maqsadli, metodologik, tashkiliy, mazmunli va natijaviy bloklardan iborat model bo‘yicha kognitiv-refleksiv faoliyatni aniqlashtirish natijasida guruhli ijtimoiylashuv takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Nogironligi bo‘lgan sportchi-o‘quvchilarni kitobxonlik vositasida jamiyatga integratsiya qilishning ijtimoiy-pedagogik asoslash bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
nogironligi bo‘lgan sportchi-o‘quvchilarni kitobxonlik vositasida jamiyatga integratsiya qilishda ijtimoiy ta’sirni faollashtirishga qaratilgan refleksiv baholash bosqichlarini qamrab olgan tizimli yondashuv bo‘yicha takliflardan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 8-noyabrdagi “Nogironligi bo‘lgan shaxslarni sportga jalb etish orqali jismoniy reabilitatsiya qilish tizimini takomillashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-389-son qarori loyihasini tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston milliy paralimpiya qo‘mitasining 2025-yil 24-maydagi 03/481-son ma’lumotnomasi). Natijada, tajriba guruhida nogironligi bo‘lgan sportchi-o‘quvchilarning ijtimoiy moslashuvchanlik darajasi o‘rtacha 14,0 %ga yaxshilangan;
nogironligi bo‘lgan sportchi-o‘quvchilarni jamiyatga integratsiya qilishda anketa-so‘rovnoma uslublarini qo‘llash orqali moslashuvchanlik, faollik, mustaqillik va axloqiy tarbiyalanganlik kabi ijtimoiylashuv ko‘rsatkichlari diagnostika mezonlariga ko‘ra ustuvorligi asosida kitobxonlik kundaligi ishlab chiqilgan Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 14-dekabrdagi 781-son qarori bilan tasdiqlangan “2020-2025-yillarda kitobxonlik madaniyatini rivojlantirish va qo‘llab-quvvatlash milliy Dasturi” mazmuniga singdirilgan (O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasining 2025-yil 28-maydagi 593-son ma’lumotnomasi). Natijada, tajriba guruhida nogironligi bo‘lgan sportchi-o‘quvchilarning ijtimoiy faolligi 13,8% ga o‘sgan;
audio-kitobxonlik dasturi asosida nogironligi bo‘lgan sportchi-o‘quvchilarning hikoyaga kirish, fikrlar almashinuvi, refleksiya va hayotiy tajribalarini raqamli kommunikativ muhit hamda ta’limiy texnologiyalar bilan integratsiya qilish bo‘yicha taklif va tavsiyalardan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 25-dekabrdagi “Nomoddiy madaniy merosni muhofaza qilish, ilmiy o‘rganish va targ‘ib qilishni rivojlantirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-405-son qarori hamda Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 14-dekabrdagi 781-son qarori bilan tasdiqlangan “2020-2025 yillarda kitobxonlik madaniyatini rivojlantirish va qo‘llab-quvvatlash milliy Dasturi” mazmuniga singdirilgan (O‘zbekiston Respublikasi madaniy meros agentligining 2025 yil 27 maydagi 04-15/2124-son ma’lumotnomasi). Natijada, tajriba guruhida nogironligi bo‘lgan sportchi-o‘quvchilarning ijtimoiy mustaqilligi 10,0% ga oshgan;
ehtiyojga asoslangan metodikani qo‘llash orqali nogironligi bo‘lgan sportchi-o‘quvchilarni kitobxonlik vositasida jamiyatga integratsiya qilish tizimida maqsadli, metodologik, tashkiliy, mazmunli va natijaviy bloklardan iborat model bo‘yicha kognitiv-refleksiv faoliyatni aniqlashtirish metodikasini qo‘llash bo‘yicha takliflardan O‘zbekiston Respublikasining “Nogironligi bo‘lgan shaxslarning huquqlari to‘g‘risida”gi qonuni talablariga to‘la mos keladi va ushbu qonunning 2-bobi 11-moddasi
9-xatboshidagi “nogironligi bo‘lgan shaxslarning inklyuziv ta’lim (maktabgacha, maktabdan tashqari, umumiy o‘rta, o‘rta maxsus, professional, oliy va oliy ta’limdan keyingi ta’lim) olish imkoniyatini ta’minlash” bandi ijrosini ta’minlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Adaptiv sport turlari assotsiatsiyasining 2025-yil 31-maydagi 02-82-son ma’lumotnomasi). Natijada, tajriba guruhida axloqiy tarbiyalanganlik darajasi 13,5% yaxshilangan va 4 ta ko‘rsatkich bo‘yicha nogironligi bo‘lgan sportchi-o‘quvchilarning ijtimoiylashuv darajasi o‘rtacha 12,8% ga oshgan.