Eshtaev Anvar Kurganovichning
pedagogika fanlari doktori (DSc) 
dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Sport takomillashuv bosqichiga o‘tish jarayonida gimnastikachilarni asosiy tayyorgarligining ilmiy-pedagogik asoslari”, 13.00.04–Jismoniy tarbiya, sport mashg‘ulotlari, sog‘lomlashtirish va adaptiv jismoniy tarbiya nazariyasi va metodikasi, pedagogika fanlari.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.2.DSc/Ped919.
Ilmiy maslahatchi: Xalmuxamedov Rustam Dekanovich pedagogika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti.
Ilmiy Kengash faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti, DSc.03/30.12.2019.Ped.28.01.
Rasmiy opponentlar: Raximov Vladimor Shavkatovich pedagogika pedagogika fanlari doktori (DSc), professor; Gaziev Shukurjon Shuxrat o‘g‘li pedagogika fanlari doktori (DSc), dotsent; Xankeldiev Sher Xakimovich pedagogika fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Abu Rayhon nomidagi Urganch davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi sport takomillashuviga o‘tish jarayonidagi gimnastikachilarning bazaviy tayyorgarligini tashkil etishda asosiy tayyorgarlik turlarining tuzilishi va mazmunini optimallashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
yosh gimnastikachilarda harakat ko‘nikmalarini takomillashtirish maqsadida gimnastika anjomlarida elementlarni o‘zlashtirish jarayonini tayyorgarlikning vaqt, hajm va murakkablik parametrlarini real vaqt rejimida muvofiqlashtirib boshqarish asosida komibinatsiyalarga o‘rgatishning pedagogik samaradorligi oshirilgan;
9–12 yoshli gimnastikachilarda ko‘pkurash bo‘yicha texnik tayyorgarlik barqarorligini mustahkamlash maqsadida ob’ektiv va sub’ektiv omillar tahliliga tayanilgan holda kinematik va fazoviy ko‘rsatkichlarga tabaqalashtirilgan ta’sir mexanizmidan foydalanish asosida murakkab elementlarni yuqori aniqlikda ijro etish darajasi barqarorlashtirilgan;
gimnastika ko‘pkurashida murakkab elementlar va kombinatsiyalarni o‘zlashtirish samaradorligini oshirish maqsadida harakatlarning fazoviy-vaqt parametrlarini sensor va vizual qayd etuvchi mashq qurilmalari yordamida ijro jarayonini tezkor nazorat qilish va aniqlangan texnik nuqsonlarni tuzatish imkoniyatlari kengaytirilgan;
sport takomillashuv bosqichiga o‘tish jarayonida gimnastikachilarning musobaqa mashqlarini yuqori sifatda bajarishini ta’minlash maqsadida texnik harakatlarni modellashtiruvchi mashq vositalariga tayangan holda harakatlarni musobaqa talablari darajasida ijro etish tayyorgarligi mustahkamlangan;
gimnastikachilarning ko‘pkurashlar bo‘yicha murakkab texnik elementlarni o‘zlashtirishini takomillashtirish maqsadida harakat amplitudasi, ritmik ketma-ketlik hamda tezlanish va sekinlashish fazalarini aks ettiruvchi musobaqa mashqlari kinematik modeli orqali texnik tayyorgarlikning ongli o‘zlashtirilishi, aniqligi va barqarorligi oshirilgan;
9–12 yoshli gimnastikachilarda jismoniy va texnik tayyorgarlik darajasini hisobga olgan holda harakatlarning ketma-ketligi, ijro aniqligi va barqarorligiga yo‘naltirilgan o‘quv-mashg‘ulot mazmunini tashkil etish modeli natijasida murakkab texnik elementlarni bajarishda xatolar sonini kamaytirish imkoniyatlari kengaytirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Pedagogik tajriba-sinov natijalari va sport takomillashuvi o‘tish bosqichida gimnastikachilarning bazaviy tayyorgarligini optimallashtirishning ilmiy-pedagogik asoslari asosida:
yosh gimnastikachilarda harakat ko‘nikmalarini takomillashtirish maqsadida gimnastika anjomlarida elementlarni o‘zlashtirish jarayonini tayyorgarlikning vaqt, hajm va murakkablik parametrlarini real vaqt rejimida muvofiqlashtirib boshqarish bo‘yicha tavsiyalar “Sport gimnastikasi nazariyasi va metodikasi” nomli darslikda o‘z aksini topgan (O‘zbekiston Respublikasi Sport vazirligining 2025-yil 3-oktyabrdagi 02-16/10614-son ma’lumotnomasi). Natijada, sport gimnastikasi ixtisosligi bitiruvchilarining kasbiy kompetentlik darajasi 14,8% ga oshgan;
9–12 yoshli gimnastikachilarda ko‘pkurash bo‘yicha texnik tayyorgarlik barqarorligini mustahkamlash maqsadida ob’ektiv va sub’ektiv omillar tahliliga tayanilgan holda kinematik va fazoviy ko‘rsatkichlarga tabaqalashtirilgan ta’sir mexanizmidan foydalanish bo‘yicha takliflar Nukus shahridagi ixtisoslashtirilgan sport maktabi gimnastikachilarining gimnastika o‘quv-mashg‘ulot jarayoniga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Sport vazirligining 2025-yil 3-oktyabrdagi 
02-16/10614-son ma’lumotnomasi). Natijada, ko‘pkurash turlarida tayanch elementlarni o‘zlashtirish samaradorligi va ishonchliligi 12% ga oshgan;
gimnastika ko‘pkurashida murakkab elementlar va kombinatsiyalarni o‘zlashtirish samaradorligini oshirish maqsadida harakatlarning fazoviy-vaqt parametrlarini sensor va vizual qayd etuvchi mashq qurilmalari bo‘yicha takliflar Gimnastika sport turlari bo‘yicha Respublika ixtisoslashtirilgan olimpiya zaxiralari bolalar-o‘smirlar sport maktabi “Sport gimnastikasi” bo‘limi mashg‘ulot jarayoniga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Sport vazirligining 2025-yil 3-oktyabrdagi 02-16/10614-son ma’lumotnomasi). Natijada, gimnastikachilar guruhi ballar yig‘indisi bo‘yicha sport natijalarini mos ravishda 10,78% ga, gimnastikachilar guruhi esa 21,8% ga yaxshilash imkonini bergan;
sport takomillashuv bosqichiga o‘tish jarayonida gimnastikachilarning musobaqa mashqlarini yuqori sifatda bajarishini ta’minlash maqsadida texnik harakatlarni modellashtiruvchi mashq vositalariga tayangan holda harakatlarni musobaqa talablari darajasida ijro etish bo‘yicha amaliy mexanizmidan foydalanish bo‘yicha takliflar Samarqand shahridagi sport maktablarining o‘quv-mashg‘ulot jarayoniga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Sport vazirligining 2025-yil 3-oktyabrdagi 02-16/10614-son ma’lumotnomasi). Natijada, musobaqa faoliyati samaradorligi 5,6 ballga oshgan;
gimnastikachilarning ko‘pkurashlar bo‘yicha murakkab texnik elementlarni o‘zlashtirishini takomillashtirish maqsadida harakat amplitudasi, ritmik ketma-ketlik hamda tezlanish va sekinlashish fazalarini aks ettiruvchi musobaqa mashqlari kinematik modeli bo‘yicha takliflar O‘zbekiston Respublikasi milliy terma jamoasi o‘quv-mashg‘ulot jarayoniga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Sport vazirligining 2025-yil 3-oktyabrdagi 02-16/10614-son ma’lumotnomasi). Natijada milliy terma jamoa gimnastikachilarining musobaqa faoliyati samaradorligi 22% ga oshgan;
9–12 yoshli gimnastikachilarda jismoniy va texnik tayyorgarlik darajasini hisobga olgan holda harakatlarning ketma-ketligi, ijro aniqligi va barqarorligiga yo‘naltirilgan o‘quv-mashg‘ulot mazmunini tashkil etish modeliga oid takliflar “Sport gimnastikasi nazariyasi va metodikasi” nomli darslik mazmuniga singdirilga hamda Farg‘ona sport maktablarining turli malakali gimnastikachilarining mashg‘ulot jarayonlariga tatbiq qilingan (O‘zbekiston Respublikasi Sport vazirligining 2025-yil 3-oktyabrdagi 02-16/10614-son ma’lumotnomasi). Natijada, murakkab gimnastika elementlariga o‘rgatishga tayyorgarlik darajasini aniqlash imkoniyati 24,1% ga, gimnastikachilar guruhi ballar yig‘indisidagi sport natijalarini mos ravishda 11,19% ga yaxshilangan. 

Yangiliklarga obuna bo‘lish