Bahranova Umida Islomovnaning  falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqidagi e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): Fanlararo integratsiyalash asosida talabalarni innovatsion kasbiy-pedagogik faoliyatga tayyorlash metodikasini takomillashtirish (Texnologik ta’lim yo‘nalishi misolida), 13.00.02 – Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2025.2.PhD/Ped9980.
Ilmiy rahbar: Qulieva Shahnoza Halimovna, pedagogika fanlari nomzodi, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Buxoro davlat universiteti. 
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK nomi: Buxoro davlat universiteti, PhD.03/30.12.2019.Ped.72.04. raqamli Ilmiy kengash.
Rasmiy opponentlar: Bazarova Saodat Jamolovna, pedagogika fanlari doktori, professor; Bobomurodova Latofat Elmurodovna, pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent. 
Yetakchi  tashkilot: Qarshi davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: Texnologik ta’lim yo‘nalishining mutaxassislikka oid fanlarini fizika ta’limi mazmuni bilan integratsiyalab o‘qitish asosida talabalarni innovatsion kasbiy-pedagogik faoliyatga tayyorlash metodikasini takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi: 
mutaxassislikka oid fanlarni fizika ta’limi mazmuni bilan integratsiyalash dinamikasiga adekvat hamda sinxron moslashtirish asosida strategik g‘oyalar genezisining (adaptivlik, axborotlilik, integrativlik) innovatsion tendensiyalariga asoslangan o‘qitish metodikasini takomillashtirishning nazariy asoslari, umumiy tuzilmasi va o‘ziga xos xususiyatlari aniqlashtirilgan;
o‘qitish samaradorligining funksional imkoniyatlari, pedagogik algoritmlash mexanizmlarini evristik rivojlantirishga oid yo‘nalganligini ta’minlashga asoslangan model talabalarning pedagogik faoliyatidagi qulaylik, vizuallik, amaliy yo‘nalganlikka qaratirilgan malaka talablaridagi kasbiy faoliyat turining pedagogik komponentini paradigmik rivojlantirish orqali takomillashtirilgan;
mutaxassislikka oid fanlarni fizika ta’limi mazmuni bilan integratsiyalash orqali talabalarni divergent tafakkurini modifikatsiylash, kompyuter muhitini his qilishga qaratilgan 3D animatsiyalardan foydalanib virtual reallik qonuniyatlariga asoslangan, innovatsion kasbiy-pedagogik faoliyatga tayyorlash metodikasi mazmunan takomillashtirilgan;
talabalarni refleksiv faoliyatidagi ratsionalizatorlik motivlarini rivojlantirishni transformatsiyalash asosida innovatsion kasbiy-pedagogik faoliyatga tayyorlash mazmunini transferlashga qaratilgan ta’limning identiv metodik modellari va virtual laboratoriyalarni yaratish hamda (Klassik juftliklar, Oyga sayohat, Mantiqiy chalkash zanjir) nomli o‘qitishning innovatsion metodlarini o‘quv dasturlari va o‘qitish metodikalariga integrativ singdirishga oid tavsiyalar ishlab chiqilgan. 
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. 
Texnologik ta’lim yo‘nalishining mutaxassislikka oid fanlarini fizika ta’limi mazmuni bilan integratsiyalab o‘qitish orqali talabalarni innovatsion kasbiy-pedagogik faoliyatga tayyorlash metodikasini takomillashtirish bo‘yicha tadqiqot natijalari asosida:
mutaxassislikka oid fanlarni fizika ta’limi mazmuni bilan integratsiyalash dinamikasiga adekvat hamda sinxron moslashtirish asosida strategik g‘oyalar genezisining (adaptivlik, axborotlilik, integrativlik) innovatsion tendensiyalariga asoslangan o‘qitish metodikasini takomillashtirishning nazariy asoslari, umumiy tuzilmasi va o‘ziga xos xususiyatlarini aniqlashtirishga oid ma’lumotlar “Informatikaning nazariy asoslari” nomli elektron darslik mazmuniga singdirilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2022-yil 9-sentyabrdagi 302-sonli buyrug‘i, 302-0643 raqamli nashr ruxsatnomasi). Natijada, talabalarning mustaqil ta’lim topshiriqlaridan foydalanishning mavjud holati va o‘quv topshiriqlarining mazmuni hamda talabalarning talabalarni innovatsion kasbiy-pedagogik faoliyatga tayyorlash metodikasi rivojlantirilgan;
o‘qitish samaradorligining funksional imkoniyatlari, pedagogik algoritmlash mexanizmlarini evristik rivojlantirishga oid yo‘nalganligini ta’minlashga asoslangan model talabalarning pedagogik faoliyatidagi qulaylik, vizuallik, amaliy yo‘nalganlikka qaratirilgan malaka talablaridagi kasbiy faoliyat turining pedagogik komponentini paradigmik rivojlantirish orqali takomillashtirishga oid ma’lumotlar “Robototexnika asoslari” nomli elektron darslik mazmuniga singdirilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2024-yil 1-avgustdagi 277-son buyrug‘i, 277-388 raqamli nashr ruxsatnomasi). Natijada, Texnologik ta’lim yo‘nalishi talabalarining pedagogik faoliyatidagi qulaylik, vizuallik, amaliy yo‘nalganlikka qaratirilgan malaka talablaridagi kasbiy faoliyat turining pedagogik komponenti paradigmik rivojlantirilgan;
mutaxassislikka oid fanlarni fizika ta’limi mazmuni bilan integratsiyalash orqali talabalarni divergent tafakkurini modifikatsiylash, kompyuter muhitini his qilishga qaratilgan 3D animatsiyalardan foydalanib virtual reallik qonuniyatlariga asoslangan, innovatsion kasbiy-pedagogik faoliyatga tayyorlash metodikasi mazmunan takomillashtirishga oid ma’lumotlar “Ta’limda axborot texnologiyalari” nomli o‘quv qo‘llanma mazmuniga singdirilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2021-yil 18 avgustdagi 356-son buyrug‘i, 356/7-105 raqamli nashr guvohnomasi). Natijada, “Texnologik  ta’lim” yo‘nalishi talabalarini axborot-ta’lim muhiti (e-learning) sharoitida virtual konstruktor dasturlari va simulyasiya vositalari orqali o‘qitishning nazariy asoslarini rivojlantirishga erishilgan;
talabalarni refleksiv faoliyatidagi ratsionalizatorlik motivlarini rivojlantirishni transformatsiyalash asosida innovatsion kasbiy-pedagogik faoliyatga tayyorlash mazmunini transferlashga qaratilgan ta’limning identiv metodik modellari va virtual laboratoriyalarni yaratish hamda (Klassik juftliklar, Oyga sayohat, Mantiqiy chalkash zanjir) nomli o‘qitishning innovatsion metodlarini o‘quv dasturlari va o‘qitish metodikalariga integrativ singdirishga oid tavsiyalar “Texnik mexanika” nomli o‘quv qo‘llanma mazmuniga singdirilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2021-yil 28-avgustdagi 375-son buyrug‘i, 375-032 raqamli nashr ruxsatnomasi). Natijada, talabalarni innovatsion kasbiy-pedagogik faoliyatga tayyorlashga qaratilgan tayyorgarlik darajalari rivojlantirilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish