Rasulova Shaxnoza Xatamovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i):
“To‘qimachilik sanoati korxonalarida ishlab chiqarish xarajatlarining buxgalteriya hisobi va tahlilini takomillashtirish masalalari”; 08.00.08 – “Buxgalteriya hisobi, iqtisodiy tahlil va audit”.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.4.PhD/Iqt3556.
Ilmiy rahbar: Kudbiev Sherzod Davlyatovich, iqtisodiyot fanlari doktori, DSc.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Farg‘ona davlat texnika universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi: Farg‘ona davlat texnika universiteti, DSc.03/08.05.2025.I.06.05
Rasmiy opponentlar: Tursunov Ulug‘bek Sativoldievich, iqtisodiyot fanlari doktori(DSc), dotsent;
Pardaeva Shahnoza Abdinabievna, iqtisodiyot fanlari doktori(DSc), dotsent.
Yetakchi tashkilot: Andijon davlat texnika instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: to‘qimachilik korxonalarida ishlab chiqarish xarajatlarinig buxgalteriya hisobi va tahlilini takomillashitirshga qaratilgan ilmiy taklif hamda amaliy tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
to‘qimachilik korxonalarida mahsulot tannarxini aniq shakllantirilishiga erishish maqsadida “ABC” usulini qo‘llash “Ustama xarajatlarni faoliyat turlari bo‘yicha taqsimlash”, “Xarajat drayverlari” va “Xarajatlarni boshqarish samaradorligi” iqtisodiy mezonlarini hisob siyosatiga kiritish asoslangan;
umumishlab chiqarish xarajatlarini hisobga olishning obektivligini ta’minlash maqsadida mahsulot turlari bo‘yicha umumishlab chiqarish xarajatlarini hisobga oluvchi 2511 – “Kalava ip ishlab chiqarish uchun xarajatlar” va 2512 – “Gazlama ishlab chiqarish uchun xarajatlar” analitik ishchi schyotlarini qo‘llash taklif etilgan;
to‘qimachilik korxonalarida realizatsiya qilingan, lekin xaridorlar tomonidan nuqson yoki kamomad tufayli rad etilgan va qaytarilgan mahsulotlar hisobini yuritish maqsadida hisob siyosatiga 2210 – “Reklamatsiyadan qaytgan mahsulotlar” ishchi schyotini kiritish taklif qilingan;
to‘qimachilik korxonalarida tashqi omillar asosida xarajatlar tuzilmasining kuchli va zaif jihatlarini muvofiqlashtirish, tahdidlarni minimallashtirish hamda neytrallashtirish maqsadida “Xarajatlar-Strategiya” matrisasi ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. To‘qimachilik sanoati korxonalarida ishlab chiqarish xarajatlarini kamaytirish bo‘yicha amalga oshirilgan tadqiqotlar natijalari asosida:
to‘qimachilik korxonalarida tarmoq xususiyati asosida mahsulot tannarxini shakllantirishda “ABC” usulini qo‘llash yuzasidan berilgan tavsiya O‘zbekiston Respublikasi “O‘zto‘qimachiliksanoat” uyushmasi tarkibidagi korxonalar hisob siyosatiga kiritilgan (O‘zbekiston Respublikasi “O‘zto‘qimachiliksanoat” uyushmasining 2025-yil 27-noyabrdagi 02/06-2772-sonli, O‘zbekiston savdo sanoat palatasining 2025-yil 29-noyabrdagi 01-19-13496-sonli ma’lumotnomalari). Mazkur tavsiyani amaliyotga joriy etilishi natijasida korxonalarda xarajat drayverlari, ya’ni energiya resurslar sarfi, texnologik jarayonlar va ish vaqti orqali ustama xarajatlarni to‘g‘ri taqsimlash, har bir ustama xarajat ulushini aniq belgilash hamda uni kamaytirish sharoitlarini baholash asosida faoliyat samaradorligiga obektiv baho berish imkoniyati yaxshilangan;
umumishlab chiqarish xarajatlarini hisobga oluvchi analitik ishchi schyotlarini qo‘llash bo‘yicha berilgan taklif O‘zbekiston Respublikasi “O‘zto‘qimachiliksanoat” uyushmasi tarkibidagi korxonalar hisob siyosatiga kiritilgan (O‘zbekiston Respublikasi “O‘zto‘qimachiliksanoat” uyushmasining 2025-yil 27-noyabrdagi 02/06-2772-sonli, O‘zbekiston savdo sanoat palatasining 2025-yil 29-noyabrdagi 01-19-13496-sonli ma’lumotnomalari). Mazkur taklifni amaliyotga joriy etish natijasida korxonalarda xarajatlarni taqsimlash masalasini oqilona boshqarishga, har bir xizmat turi bo‘yicha taqsimlangan xarajatlarga me’yor belgilashga, shuningdek, ishchi schyotlardagi ma’lumotlar asosida har bir ssexda umumishlab chiqarish xarajatlarini iste’mol qilingan xizmatlarning har bir turi bo‘yicha nazoratini tashkil qilishga va mahsulot tannarxini to‘g‘ri shakllantirishga erishilgan;
to‘qimachilik korxonalarida realizatsiya qilingan, lekin xaridorlar tomonidan nuqson yoki kamomad tufayli rad etilgan va qaytarilgan mahsulotlar hisobini yuritish maqsadida 2210 – “Reklamatsiyadan qaytgan mahsulotlar” ishchi schyoti qo‘llash bilan bog‘liq taklif O‘zbekiston Respublikasi “O‘zto‘qimachiliksanoat” uyushmasi tarkibiga kiruvchi korxonalar hisob siyosatiga kiritilgan (O‘zbekiston Respublikasi “O‘zto‘qimachiliksanoat” uyushmasining 2025-yil 27-noyabrdagi 02/06-2772-sonli, O‘zbekiston savdo sanoat palatasining 2025-yil 29-noyabrdagi 01-19-13496-sonli ma’lumotnomalari). Mazkur ilmiy yangilikni joriy etish natijasida korxonalarda reklamatsiya xarajatlarini texnologik bosqichlar bo‘yicha aniq identifikatsiya qilish, hisobot ma’lumotlarini tahlil qilish, nuqsonlar yuzaga kelish sabab-oqibatlarini o‘rganish, shuningdek reklamatsiyadan qaytgan mahsulotlar ma’lumotlarini umumlashtirish imkoniyati yaratilgan;
to‘qimachilik korxonalarida tashqi omillar asosida xarajatlar tuzilmasining kuchli va zaif jihatlarini muvofiqlashtirish, tahdidlarni minimallashtirish hamda neytrallashtirishga qaratilgan “Xarajatlar-Strategiya” matrisasi bo‘yicha bergan tavsiyasi O‘zbekiston Respublikasi “O‘zto‘qimachiliksanoat” uyushmasi tarkibiga kiruvchi korxonalar hisob siyosatiga kiritilgan (O‘zbekiston Respublikasi “O‘zto‘qimachiliksanoat” uyushmasining 2025-yil 27-noyabrdagi 02/06-2772-sonli, O‘zbekiston savdo sanoat palatasining 2025-yil 29-noyabrdagi 01-19-13496-sonli ma’lumotnomalari). Mazkur matrisadan foydalanish orqali korxonaning aniq rivojlanish strategiyasini tanlash, risklarni oldindan boshqarish, xarajatlarni optimallashtirish, ishlab chiqarish va moliyaviy barqarorlikni hamda bozorlarda raqobatbardoshlikni ta’minlash imkoniyatini yaxshilagan.