Isroilov Xusanboy Ibrohimjon o‘g‘lining 
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar. 
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i):  
“Sanoat korxonalarida iqtisodiy resurslardan foydalanish samaradorligini oshirishning tashkiliy - iqtisodiy mexanizmlarini takomillashtirish”; 08.00.03 – “Sanoat iqtisodiyoti”.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2025.3.PhD/Iqt5660
Ilmiy rahbar: Muminova Elnoraxon Abdukarimovna, iqtisodiyot fanlari doktori, professor. 
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Farg‘ona davlat texnika universiteti. 
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi: Farg‘ona davlat texnika universiteti, DSc.03/08.05.2025.I.06.05
Rasmiy opponentlar: Kambarov Jamoliddin Xikmatillaevich iqtisodiyot fanlari doktori, dotsent, Muxtarov Maxmudjon Marifovich iqtisodiyot fanlari bo‘yicha falsafa doktori, dotsent
Yetakchi tashkilot: Andijon davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: sanoati korxonalari faoliyatida iqtisodiy resurslardan foydalanish samaradorligini oshirishning tashkiliy-iqtisodiy mexanizmlarini takomillashtirish bo‘yicha ilmiy taklif va amaliy tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
to‘qimachilik korxonalarida iqtisodiy resurslardan foydalanish samaradorligini “xom-ashyoni diversifikatsiyalash”, “texnologik jarayonlarni modernizatsiyalash”, “sertifikatlash tizimini joriy etish” va “raqamli savdoni rivojlantirish” yo‘nalishlarini kiritish orqali oshirish asoslangan;
to‘qimachilik sanoati korxonalarida iqtisodiy resurslardan foydalanish samaradorligini “kritik” - ( ), “minimal” - ( ),  “normal” - ( ) va “optimal” - 
( ) darajalarga guruhlash orqali baholash taklif etilgan; 
to‘qimachilik sanoati korxonalarida “maqsadni aniqlash”, “vazifalarni belgilash”, “jarayonlarni rivojlantirish”, “vositalarni rivojlantirish” va “natijalarni baholash”dan iborat besh bosqichli integratsiyalashgan omillar asosida iqtisodiy resurslardan foydalanish samaradorligini oshirishning tashkiliy-iqtisodiy mexanizmi  taklif etilgan;
Farg‘ona viloyati to‘qimachilik sanoati korxonalarida resurslardan foydalanish samaradorligini oshirish ekonometrik modellar asosida  baholangan hamda uni 2028-yilgacha  prognoz ko‘rsatkichlari ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Sanoat korxonalarida iqtisodiy resurslardan foydalanish samaradorligini oshirishning tashkiliy-iqtisodiy mexanizmlarini takomillashtirish bo‘yicha ilmiy takliflar va amaliy tavsiyalar asosida quyidagi ishlar amalga oshirildi:
to‘qimachilik korxonalarida iqtisodiy resurslardan foydalanish samaradorligini oshirishga qaratilgan strategiyani “xom-ashyoni diversifikatsiyalash”, “texnologik jarayonlarni modernizatsiyalash”, “sertifikatlash tizimini joriy etish” va “raqamli savdoni rivojlantirish” yo‘nalishlari asosida takomillashtirish bo‘yicha bergan taklifi Farg‘ona viloyatida faoliyat yuritayotgan to‘qimachilik korxonalarini   rivojlantirish bo‘yicha Yo‘l xaritalarini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi «O‘zto‘qimachiliksanoat» uyushmasi 2025-yil 08-oktyabrdagi 02/25-2353-sonli ma’lumotnomasi). Mazkur taklifni joriy etilishi natijasida mazkur sohada xom-ashyo importiga qaramlikni kamaytirish, resurslar sarfini qisqartirish va raqobatbardosh mahsulot ishlab chiqarish imkoniyatini kengaytirgan, shuningdek, eksport salohiyatini oshirish hamda raqamli savdoni rivojlantirishga xizmat qilgan;
to‘qimachilik sanoati korxonalarida iqtisodiy resurslardan foydalanish samaradorligini “kritik” - ( ), “minimal” - ( ),  “normal” - ( ) va “optimal” - 
( ) darajalarga guruhlash orqali baholash metodi bo‘yicha bergan taklifi «O‘zto‘qimachiliksanoat»  uyushmasi tarkibidagi korxonalar faoliyatiga joriy qilingan (O‘zbekiston Respublikasi «O‘zto‘qimachiliksanoat» uyushmasi 2025-yil 08-oktyabrdagi 02/25-2353-sonli ma’lumotnomasi). Ushbu ilmiy yangilikning amaliyotga joriy etilishi natijasida korxonada resurslarni etishmovchiligi yoki omborda ortiqcha to‘planishidan keladigan risklarni erta aniqlash, xarajatlarni optimallashtirish, ishlab chiqarish quvvatlaridan samarali foydalanish bo‘yicha qabul qilinadigan boshqaruv qarorlarini ob’ektivligini ta’minlashga xizmat qilgan, shuningdek, raqobatbardoshlik, moliyaviy barqarorlik va strategik rivojlanish bo‘yicha ustivor maqsadli ko‘rsatkichlarni belgilash imkoniyatini kengaytirgan;
to‘qimachilik sanoati korxonalarida “maqsadni aniqlash”, “vazifalarni belgilash”, “jarayonlarni rivojlantirish”, “vositalarni tanlash” va “natijalarni baholash”dan iborat besh bosqichli integratsiyalashgan omillar asosida iqtisodiy resurslardan foydalanish samaradorligini oshirishning takomillashtirilgan tashkiliy-iqtisodiy mexanizmi «O‘zto‘qimachiliksanoat»  uyushmasi tarkibidagi korxonalar faoliyatiga joriy qilingan (O‘zbekiston Respublikasi «O‘zto‘qimachiliksanoat» uyushmasi 2025-yil 08-oktyabrdagi 02/25-2353-sonli ma’lumotnomasi). Mazkur ilmiy yangilikni joriy etilishi natijasida to‘qimachilik sanoati korxonalarida resurslar tejamkorligini oshirishga, ishlab chiqarish xarajatlarini kamaytirib, mahsulot sifati va raqobatbardoshligini yaxshilanishiga, eksport salohiyati, iqtisodiy va moliyaviy barqaror rivojlanish hamda rentabellik darajasini ko‘tarilishiga, shuningdek, innovatsiyalar va kadrlar salohiyatidan unumli foydalanish imkoniyatini kengaytirishga xizmat qilgan;
Farg‘ona viloyati to‘qimachilik sanoati korxonalarida resurslardan foydalanish samaradorligini oshirishni ekonometrik modellar asosida  baholash hamda mazkur samaradorlikni 2025-2028-yillarga mo‘ljallangan prognoz ko‘rsatkichlaridan «O‘zto‘qimachiliksanoat»  uyushmasi tomonidan  prognoz ko‘rsatkichlarni shakllantirishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi «O‘zto‘qimachiliksanoat» uyushmasi 2025-yil 08-oktyabrdagi 02/25-2353-sonli ma’lumotnomasi). Mazkur ilmiy yangilikni joriy etilishi natijasida mazkur sohada ishlab chiqarish resurlariga bo‘lgan talab va ehtiyojni aniq belgilash, bular bo‘yicha xarajatlarni optimallashtirish, jarayonlarni modernizatsiyalash, investisiya yo‘naltirish bo‘yicha samarali boshqaruv qarorlarini ishlab chiqishga xizmat qilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish