Abduraxmanova Shoxida Ravshanovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i):
“Tibbiyot muassasalarida raqobatbardoshlikni boshqarish strategiyasini takomillashtirish”; 08.00.13 – “Menejment”.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.4.PhD/Iqt3592
Ilmiy rahbar: Ashurov Mahammadjon Sotvoldievich, iqtisodiyot fanlari nomzodi, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Farg‘ona davlat texnika universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi: Farg‘ona davlat texnika universiteti, DSc.03/08.05.2025.I.06.05
Rasmiy opponentlar: Xonkeldieva Go‘zal Sherovna, iqtisodiyot fanlari doktori (DSc), professor;
Adizov Sanjar Rashidovich, iqtisodiyot fanlari doktori (DSc), dotsent.
Yetakchi tashkilot: Andijon davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: tibbiyot muassasalarida raqobatbardoshlikni boshqarish strategiyasini takomillashtirish va rivojlantirish bo‘yicha ilmiy taklif va amaliy tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
tibbiyot muassasalarida resurslardan foydalanish darajasi, raqobat va boshqaruv jarayonlariga sub’ektiv hamda ob’ektiv omillar ta’sirini ko‘p mezonli integral indekslar orqali baholashga asoslangan integratsion baholash modeli ishlab chiqilgan;
zamonaviy texnologiyalar, raqamli xizmatlar va integratsiyalashgan boshqaruv konsepsiyasi asosida oftalmologiyaga ixtisoslashgan tibbiyot muassasalari faoliyatini optimallashtirishga qaratilgan “Smart klinika” biznes modeli ishlab chiqilgan;
oftalmologiyaga ixtisoslashgan tibbiyot muassasalari boshqaruvida qo‘llaniladigan OCIM integratsion modeli SSDM, PCSM, VBHM, OEHM va SPM modellarini kiritish orqali takomillashtirilgan;
tibbiyot muassasalari raqobatbardoshligini ifodalovchi asosiy ko‘rsatkichlarini optimistik, pessimistik va dinamik yondashuv bo‘yicha ssenariylarining 2030-yilgacha mo‘ljallangan prognoz ko‘rsatkichlari ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Tibbiyot muassasalarida raqobatbardoshlikni boshqarish strategiyasini takomillashtirish bo‘yicha ilmiy takliflar va amaliy tavsiyalar asosida quyidagi ishlar amalga oshirildi:
resurslardan foydalanish darajasi, raqobat va boshqaruv jarayonlariga sub’ektiv hamda ob’ektiv omillar ta’sirini ko‘p mezonli integral indekslar orqali baholashga asoslangan integrasion baholash modeli bo‘yicha berilgan tavsiyalar Farg‘ona viloyati sog‘liqni saqlash boshqarmasi tarkibidagi klinikalar faoliyatlariga joriy etilgan (Farg‘ona viloyati sog‘liqni saqlash boshqarmasini 2025 yil 7 oktyabrdagi №20-10/1-sonli ma’lumotnomasi). Mazkur tavsiyadan foydalanish tibbiyot muassasalarining raqobatbardoshligini aniq va kompleks baholash imkonini berib, tibbiy kompetensiyalar, strategik va operatsion imkoniyatlar, tibbiy turizm salohiyati hamda moliyaviy indikatorlar, korporativ madaniyat muassasa mavqei, xizmatlar sifatini qamrab olish orqali muassasalarning kuchli va zaif jihatlarini to‘liq ochib berishiga, shuningdek, strategik rejalashtirishni takomillashtirish, xizmatlar sifati va barqaror rivojlanishni ta’minlashga xizmat qilgan;
zamonaviy texnologiyalar, raqamli xizmatlar va integratsiyalashgan boshqaruv konsepsiyasi asosida oftalmologiyaga ixtisoslashgan tibbiyot muassasalari faoliyatini optimallashtirishga qaratilgan “Smart klinika” biznes modeli bo‘yicha berilgan taklif Farg‘ona viloyati sog‘liqni saqlash boshqarmasini tarkibidagi klinikalar faoliyatlariga joriy etilgan (Farg‘ona viloyati sog‘liqni saqlash boshqarmasini 2025 yil 7 oktyabrdagi №20-10/1-sonli ma’lumotnomasi). Mazkur ilmiy yangilikni joriy etilishi natijasida bemorlarga ko‘rsatilayotgan tibbiy xizmatlar tezligi, sifati va aniqligi yaxshilangan, vrachlar qabuliga navbatlar qisqarib, mijozlarning ko‘rsatilayotgan xizmatlardan qoniqish darajasi ortgan, shuningdek, resurslarni tejashga hamda rentabellikning oshishiga erishilgan;
oftalmologiyaga ixtisoslashgan tibbiyot muassasalari boshqaruvida qo‘llaniladigan OCIM integratsion modelini SSDM, PCSM, VBHM, OEHM va SPM modellari asosida takomillashtirish bo‘yicha bergan taklifi ko‘z kasalliklarini davolashga ixtisoslashtirilgan tibbiyot muassasalarida foydalanish uchun qabul qilingan(Farg‘ona viloyati sog‘liqni saqlash boshqarmasini 2025 yil 7 oktyabrdagi №20-10/1-sonli ma’lumotnomasi) Mazkur modelni amaliyotda joriy etilishi natijasida tibbiy xizmatlar sifati, bemorlarning mazkur xizmatlar iste’molidan qoniqish va klinik hamda iqtisodiy samaradorlikni oshirish, xizmatlar portfelini optimallashtirishga erishilgan, shuningdek, raqobat muhitini aniq baholash, marketing strategiyasini ishlab chiqish, resurslardan oqilona foydalanish, tibbiy turizm salohiyatini yaxshilash imkoniyati kengaygan;
tibbiyot muassasalari raqobatbardoshligini ifodalovchi asosiy ko‘rsatkichlarni optimistik, pessimistik va dinamik yondashuv bo‘yicha ssenariylarining 2030-yilgacha mo‘ljallangan prognoz ko‘rsatkichlari bo‘yicha bergan taklifi Farg‘ona viloyati sog‘liqni saqlash boshqarmasi tarkibidagi klinikalar faoliyatiga joriy etilgan (Farg‘ona viloyati sog‘liqni saqlash boshqarmasini 2025 yil 7 oktyabrdagi №20-10/1-sonli ma’lumotnomasi). Mazkur prognoz ko‘rsatkichlari tibbiyot muassasalarida strategik boshqaruvning aniqligini oshirishga xizmat qilib, ular orqali xizmatlar sifati, resurslar taqsimoti, investisiya ehtiyojlari va risklar darajasi oldindan baholanishiga erishilgan. Shuningdek, uch yo‘nalishdagi ssenariylar turlicha sharoitlarda qaror qabul qilish imkoniyatini yaratib, korxonaning barqaror rivojlanishiga, raqobatbardoshlikning ortishiga, bozor konyukturasiga tez moslashishga yordam bergan hamda boshqaruv samaradorligini yaxshilagan.