Nazarova Feruza Kurbannazarovnaning 
 falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “ShHT  doirasida davlatlararo hamkorlikni rivojlantirishda madaniy diplomatiya”, 23.00.04 – Xalqaro munosabatlar, jahon va mintaqa taraqqiyotining siyosiy muammolari. 
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.2.PhD/Ss339 
Ilmiy rahbar: Sultanova E’tibor Siddikovna siyosiy fanlar doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti, DSc.03/29.12.2022.Ss.21.02
Rasmiy opponentlar: 
Kasimova Nazokat Anvarovna, siyosiy fanlar doktori, professor
Sharapov Anri Abdullaevich, siyosiy fanlar nomzodi, dotsent
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston Milliy universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi Shanxay hamkorlik tashkiloti doirasida davlatlararo madaniy diplomatiyani tahlil qilishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
Zamonaviy xalqaro munosabatlar tizimini raqamlashtirish sharoitida Shanxay hamkorlik tashkiloti doirasida madaniy, ta’limiy va gumanitar hamkorlikni tizimli ravishda boshqaruvchi va madaniyatlararo muloqotni samarali ta’minlovchi innovatsion elektron platformasi yaratish konsepsiyasini ishlab chiqish zarurati nazariy-amaliy asosda dalillangan; 
Tashqi siyosatning konseptual asoslarini rivojlantirishda va strategik rejalashtirishda boshqaruv, diplomatiya, madaniyat va raqamli kommunikatsiya integratsiyasi asosida yangi transmilliy muloqot platformalariga tayanilgan “geomadaniy tizimli diplomatiya” konsepsiyasi mamlakatning geomadaniy imidjini mustahkamlashning muhim omili ekani dalillangan;
ShHT doirasida madaniy almashuvni raqamli infratuzilma va innovatsion media-texnologiyalar bilan integratsiyalash orqali yagona madaniy standartlar, muvofiqlashtirilgan tadbirlar va raqamli eksport strategiyalarini birlashtiruvchi elektron savdo maydonlari, ijtimoiy tarmoq marketingi, 3D-kataloglar va virtual muzey ekspozisiyalarida nomoyish etiladigan milliy mahsulotlarni jahon bozoriga chiqarish zaruriyati asoslangan;
Madaniy diplomatiya jarayonlarini tizimlashtirish, an’anaviy qo‘shiqchilik va ijrochilik san’atining xalqaro namoyish etilishini optimallashtirish hamda mamlakatning barqaror madaniy qiyofasini shakllantirishga xizmat qiluvchi hamda pragmatik va strategik yondashuvlarni ilmiy asoslashga imkon beruvchi  “taklif – mexanizm – ta’sir” tamoyillari asnosida kompleks model ishlab chiqish zarurati metodologik jihatdan dalillangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy etilishi. ShHT doirasida davlatlararo hamkorlikni rivojlantirishda madaniy diplomatiyasi mavzusini o‘rganish bo‘yicha olingan tadqiqot natijalari va xulosalari asosida:
Tashqi siyosatning konseptual asoslarini rivojlantirishda va strategik rejalashtirishda boshqaruv, diplomatiya, madaniyat va raqamli kommunikatsiya integratsiyasi asosida yangi transmilliy muloqot platformalariga tayanilgan “geomadaniy tizimli diplomatiya” konsepsiyasi mamlakatning geomadaniy imidjini mustahkamlashning muhim omili ekanligi to‘g‘risidagi ilmiy xulosalaridan O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligining Hududiy tashkilotlar bilan hamkorlik departamenti tomonidan foydalanilgan. (O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligining 15/17950-sonli ma’lumotnomasi). Natijada ular bu boradagi axborot-tahliliy bazani takomillashtirish va ularni amaliyotda qo‘llashga xizmat qilgan.
Zamonaviy xalqaro munosabatlar tizimini raqamlashtirish sharoitida Shanxay hamkorlik tashkiloti doirasida madaniy, ta’limiy va gumanitar hamkorlikni tizimli ravishda boshqaruvchi va madaniyatlararo muloqotni samarali ta’minlovchi innovatsion elektron platformasi yaratish konsepsiyasini ishlab chiqish taklifi to‘g‘risidagi xulosalaridan O‘zbekiston Respublikasi Strategik tahlil va prognozlash oliy maktabi ish faoliyatida foydalanilgan. (O‘zbekiston Respublikasi Strategik tahlil va prognozlash oliy maktabining 2024-yil 22-noyabrdagi 9088-sonli ma’lumotnomasi) Natijada sohaga oid o‘quv-uslubiy qo‘llanmalarni tayyorlash hamda axborot-tahliliy bazani takomillashtirishga xizmat qilgan.
ShHT doirasida madaniy almashuvni raqamli infratuzilma va innovatsion media-texnologiyalar bilan integratsiyalash orqali yagona madaniy standartlar, muvofiqlashtirilgan tadbirlar va raqamli eksport strategiyalarini birlashtiruvchi elektron savdo maydonlari, ijtimoiy tarmoq marketingi, 3D-kataloglar va virtual muzey ekspozisiyalarida nomoyish etiladigan milliy mahsulotlarni jahon bozoriga chiqarish to‘g‘risidagi xulosalaridan O‘zbekiston Respublikasi Millatlararo munosabatlar va xorijiy davlatlar bilan do‘stlik aloqalari qo‘mitasi ish faoliyatida foydalanildi. (Millatlararo munosabatlar va xorijiy davlatlar bilan do‘stlik aloqalari qo‘mitasining 2024-yil 20-iyundagi 14-07-996-son ma’lumotnomasi). Natijada, vazirlik va idoralarga yuborilgan axborot-tahliliy hujjatlarni tayyorlash uchun asos bo‘lib xizmat qilgan. 
Madaniy diplomatiya jarayonlarini tizimlashtirish, an’anaviy qo‘shiqchilik va ijrochilik san’atining xalqaro namoyish etilishini optimallashtirish hamda mamlakatning barqaror madaniy qiyofasini shakllantirishga xizmat qiluvchi hamda pragmatik va strategik yondashuvlarni ilmiy asoslashga imkon beruvchi  “taklif – mexanizm – ta’sir” tamoyillari asnosida kompleks model ishlab chiqish borasidagi xulosalaridan O‘zbekistonda Shanxay hamkorlik tashkilotining Xalq diplomatiya markazini ish faoliyatida foydalanilgan. (O‘zbekistonda Shanxay hamkorlik tashkilotining Xalq diplomatiya markazining 2024-yil 7-apreldagi №179/25-sonli ma’lumotnomasi). Natijada tadqiqotda ilgari surilgan ma’lumotlar tashkilot faoliyatidagi tahliliy materiallarni tayyorlashga va tegishli tashkilotlarga taqdim etishga xizmat qilgan. 

Yangiliklarga obuna bo‘lish