Murtalibova Malika Mirmaksudovnaning 
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): Turkiyaning mintaqaviy xavfsizlikni ta’minlash siyosati (Suriya va Iroq misolida) 23.00.04 – Xalqaro munosabatlar, jahon va mintaqa taraqqiyoting siyosiy muammolari. 
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.2.PhD/Ss413
Ilmiy rahabar: Madaminova Durdona Iskandarovna, siyosiy fanlar doktori,   professor v.b.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti. 
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti, DSc.03/29.12.2022.Ss.21.02 
Rasmiy opponentlar: 
Muhammadsiddiqov Muhammadolim Muhammadroziq o‘g‘li siyosiy fanlar doktori (DSc), professor
G‘oziev Ravshan Rustamovich siyosiy fanlar bo‘yicha falsafa doktori, dotsent. 
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston xalqaro islomshunoslik akademiyasi.
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi Turkiyaning Yaqin Sharqda mintaqaviy xavfsizlikni ta’minlashda Suriya va Iroq muammosini hal etish borasidagi tashqi siyosiy sa’y-harakatlarini ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
Yaqin Sharq mintaqasi xavfsizligini ta’minlashdagi Turkiyaning siyosiy, iqtisodiy va madaniy resurslarini uyg‘unlashtirgan holda majmuaviy multimodal xavfsizlik yondashuvlari, xalqaro xavfsizlik nazariyalari bilan uyg‘unlashgan va o‘ziga xos xavfsizlik strategiyasini qamrab olgan “Chegara tashqarisidagi xavfsizlik” va “Terrorsiz Turkiya” konsepsiyalari doirasida amalga oshirayotgani ilmiy-nazariy jihatdan asoslangan;
Yaqin Sharq xavfsizligiga ta’sir qiluvchi transmilliy xavf xatarlarni identifikatsiya qilish zarurati yuzasidan hamda ularni boshqarishdagi strategik funksional vazifalarini ilmiy-tajribaviy tahlil etish natijasida Turkiyaning amalga oshirayotgan innovatsion tahdidlarni bartaraf etish paradigmasi dalillangan;
Turkiyaning madaniy diplomatiyasi va “yumshoq kuch” salohiyati mintaqaviy xavfsizlik arxitekturasida strategik resurs sifatida qayta konseptualizatsiya qilinishi natijasida uning integratsion samaradorligi xisobga olgan holda, harbiy harakatlarni diplomatik vositalar bilan uyg‘unlashtirish mexanizmini ifodalovchi “preventiv xavfsizlik diplomatiyasi”ni tashkil etish zaruriyati isbotlangan;
 O‘zbekiston va Turkiyaning strategik hamkorlik munosabatlarida mintaqaviy xavfsizlikni ta’minlashning institutsional-rejaviy mexanizmlarini harbiy-siyosiy, iqtisodiy-energetik va madaniy-gumanitar o‘lchamlarda uyg‘unlashtiruvchi “o‘zaro moslashgan yaxlit xavfsizlik platformasi” nazariy-konseptual jihatdan ilk bor o‘rganildi hamda uning amaliy qo‘llash imkoniyatlari yuzasidan O‘zbekiston tashqi siyosatida Turkiyaning vositachilik salohiyatini maqsadli integratsiya qilishni nazarda tutuvchi innovatsion paradigmasi asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. 
 Yaqin Sharq mintaqasi xavfsizligini taʼminlashdagi Turkiyaning siyosiy, iqtisodiy va madaniy resurslarini uyg‘unlashtirgan holda majmuaviy multimodal xavfsizlik yondashuvlari, xalqaro xavfsizlik nazariyalari bilan uyg‘unlashgan va o‘ziga xos xavfsizlik strategiyasini qamrab olgan “Chegara tashqarisidagi xavfsizlik” va “Terrorsiz Turkiya” konsepsiyalari doirasida amalga oshirayotgani borasidagi ilmiy-nazariy xulosalaridan O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasining “Maʼrifat” ijodiy birlashmasi davlat muassasasi ish faoliyati va ko‘rsatuvlar tayyorlashda foydalanilgan. (O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasining 2025-yil 07-sentyabrdagi 15-33/745-son maʼlumotnomasi). Natijada teleko‘rsatuvlar orqali teletomoshabinlarga mazkur yuz berayotgan geosiyosiy jarayonlar haqida tahliliy ma’lumot ulashishga erishildi.
Turkiyaning madaniy diplomatiyasi va “yumshoq kuch” salohiyati mintaqaviy xavfsizlik arxitekturasida strategik resurs sifatida qayta konseptualizatsiya qilinishi natijasida uning integratsion samaradorligi xisobga olgan holda, harbiy harakatlarni diplomatik vositalar bilan uyg‘unlashtirish mexanizmini ifodalovchi “preventiv xavfsizlik diplomatiyasi”ni tashkil etish kabi nazariy takliflaridan O‘zbekistonda Shanhay hamkorlik tashkilotining xalq diplomatiyasi markazi ish faoliyati va axborot tahliliy hujjatlar tayyorlashda foydalanilgan. (O‘zbekistonda Shanhay Hamkorlik Tashkilotining Xalq diplomaiyasi markazining 2025-yil 28-avgustdagi 477/25-son maʼlumotnomasi). Natijada, mazkur markazining ish faoliyati hamda uni olib borishda dissertatsiya ishidagi maʼlumotlar muhim manbalardan biri boʻlib xizmat qilgan.
O‘zbekiston va Turkiyaning strategik hamkorlik munosabatlarida mintaqaviy xavfsizlikni ta’minlashning institutsional-rejaviy mexanizmlarini harbiy-siyosiy, iqtisodiy-energetik va madaniy-gumanitar o‘lchamlarda uyg‘unlashtiruvchi “o‘zaro moslashgan yaxlit xavfsizlik platformasi” nazariy-konseptual jihatdan ilk bor o‘rganildi hamda uning amaliy qo‘llash imkoniyatlari yuzasidan O‘zbekiston tashqi siyosatida Turkiyaning vositachilik salohiyatini maqsadli integratsiya qilishni nazarda tutuvchi innovatsion paradigma ishlab chiqish lozimligi borasidagi nazariy-konseptual xulosalaridan Markaziy Osiyo xalqaro instituti ish faoliyati va axborot tahliliy hujjatlar tayyorlashda foydalanilgan. (Markaziy Osiyo xalqaro institutining 2025-yil 18-iyuldagi 01/04 450-son ma’lumotnomasi). Natijada mazkur takliflar sohaning me’yoriy-huquqiy va axborot-tahliliy bazasini takomillashtirish va ularni amaliy qo‘llashga xizmat qildi.

Yangiliklarga obuna bo‘lish