Jabborov Botir Shukurovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Makkajo‘xori (Zea mays L., indentata) yangi nav va duragaylarini asosiy hamda takroriy ekinlar sifatida o‘rganish, ajratilganlarining o‘stirish agrotexnologiyasini takomillashtirish”, 06.01.08 – O‘simlikshunoslik (Qishloq xo‘jaligi fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2025.4.PhD/Qx1816
Ilmiy rahbar: Ostonaqulov Toshtemir Eshimovich, qishloq xo‘jaligi fanlari doktori,  professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Qarshi davlat texnika universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Samarqand agroinnovatsiyalar va tadqiqotlar instituti, PhD.05/28.08.2024.Qx.182.01.
Rasmiy opponentlar: Maxmatmurodov Alisher Ulmasovich, qishloq xo‘jaligi fanlari doktori, dotsent; Azizov Kobuljan Kaxramanovich, qishloq xo‘jaligi fanlari doktori, katta ilmiy xodim.
Yetakchi tashkilot: Toshkent davlat agrar universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi Samarqand viloyati sug‘oriladigan o‘tloqi bo‘z tuproqlar sharoitida tishsimon makkajo‘xori mavjud hamda yangi rayonlashtirilgan nav-duragaylar to‘plamini asosiy va takroriy ekinlar sifatida har tomonlama baholash asosida moslanuvchan istiqbollilarini ajratib, ulardan barqaror yuqori va sifatli hosil olish texnologiyasining asosiy elementi maqbul organomineral o‘g‘itlar va o‘stiruvchi stimulyatorlar me’yorlarini aniqlashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
ilk bor Samarqand viloyati sug‘oriladigan o‘tloqi bo‘z tuproqlari sharoitida tishsimon makkajo‘xori mavjud va yangi rayonlashtirilgan nav-duragaylari to‘plami asosiy va takroriy ekinlar sifatida o‘stirilib, kompleks baholangan. Natijada, asosiy va takroriy ekin sifatida o‘stirishga istiqbolli moslanuvchan o‘rtapishar – Qumqishloq, QarDU-1000, Samarqand tishsimoni, o‘rtakechpishar – Kelajak-100, Oqpari, NS6010F1, KDS6664F1 nav-duragaylari ajratilgan va ularda o‘suv davri 86-103 kun, o‘simlik jadal o‘sishi, baland bo‘yli (247,6-270,7 sm), serbargli (15,0-17,3 dona), barg sathili (0,97-1,4 m2) yoki maydon birligida 53,8-74,4 ming m2/ga, eng yuqori paykalning fotosintetik potensiali (4419,7-5919,6 ming m2/ga x kun), baquvvat ildiz tizimli va yashil massali o‘simlik (273,0-331,3 g va 1460,1-1704,1 g), yuqori mahsuldorlik (so‘talar 2,2-2,7 dona, vazni 485,0-520,3 g), don (7,9-9,3 t/ga) va silos massa (72,4-92,5 t/ga) hosildorligi, moslanuvchanlik koeffisienti (1,0 va undan ziyod) bo‘lishi aniqlangan;
tishsimon makkajo‘xori turli nav-duragaylari asosiy va takroriy ekinlar sifatida o‘stirilganda o‘simlikning asosiy morfologik, xo‘jalik-biologik belgilari o‘rtasidagi bog‘lanishlar tahlil qilinganda, ular orasida o‘rta, o‘rtachadan yuqori va yuqori darajada korrelyasiyalar borligi aniqlangan;
ajratilgan moslanuvchan Qumqishloq, QarDU-1000 va Oqpari navlari turli organomineral o‘g‘itlar va o‘stiruvchi stimulyatorlar me’yorlarida asosiy va takroriy ekinlar sifatida o‘stirib o‘rganilganda, organomineral o‘g‘itlar - 20 t/ga go‘ng – N200 P160 K100 kg/ga + 10 g/ga o‘stiruvchi gibberellin me’yorda birgalikda qo‘llanilganda maqbul bo‘lib, o‘suv davri navlar bo‘yicha 2-9 kungacha uzayishi, eng baland bo‘yli (283,4-301,5 sm), barglangan (15,3-18,0 dona), barg sathili (1,16-1,49 m2), o‘simliklar shakllangani, maydon birligida (54,44-66,67 ming m2) barg sathi hosil bo‘lishi, eng yuqori paykalning fotosintetik potensiali (3489,2-6944,1 ming m2/ga x kun), bargdagi xlorofill miqdori (705,2-759,4 mg), fotosintez sof mahsuldorligi (9,45-10,34 g/m2 sutkada), baquvvat er ostki va ustki qismi (289,1-349,1 g va 1610,1-1831,8 g) shakllanishi, don (8,9-9,5 t/ga) va silos massa (82,2-90,4 t/ga) hosildorligi hamda donning sifat ko‘rsatkichlari (1000 ta don massasi, 1 litr don natura massasi)ga ijobiy ta’sir etib yirik, donador bo‘lishi aniqlangan;
tishsimon makkajo‘xori moslanuvchan nav-duragaylari turli o‘g‘itlar va stimulyatorlar me’yorlarida asosiy va takroriy ekinlar sifatida parvarishlanganda asosiy morfobiologik va xo‘jalik belgi orasidagi korrelyasiyalar aniqlanganda, o‘rta, o‘rtachadan yuqori va yuqori darajada to‘g‘ri va teskari korrelyasion bog‘liqlik mavjudligi aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Samarqand viloyati eskidan sug‘oriladigan o‘tloqi bo‘z tuproqlar sharoitida tishsimon makkajo‘xori nav va duragaylarni tanlash hamda agrotexnologiyasini takomillashtirish borasida olib borilgan tadqiqotlar asosida:
Tadqiqot natijalari asosida “Samarqand viloyati sharoitida makkajo‘xoridan yuqori va sifatli hosil olishda nav-duragaylarning o‘rni, maqbul o‘g‘itlar va gibberellin stimulyatorining me’yorlarini belgilashga oid tavsiyalar” ishlab chiqilgan va tasdiqlangan (O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi, Qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazining 2025-yil 11-noyabrdagi 05/05-04-757-sonli maʼlumotnomasi). Ushbu tavsiyanoma fermer xo‘jaliklari va agroklasterlar uchun qo‘llanma sifatida keng foydalanilmoqda;
tishsimon makkajo‘xori mavjud va yangi rayonlashtirilgan nav-duragaylar to‘plami o‘sishi, rivojlanishi va don hamda silos massa hosildorligi bo‘yicha kompleks baholanib, istiqbolli moslanuvchan o‘rtapishar – Qumqishloq, QarDU-1000, Samarqand tishsimoni, o‘rtakechpishar - Kelajak, Oqpari, NS6010F1, KDS6664F1 nav-duragaylari ajratilgan va Oqdaryo tumanida joylashgan Samarqand davlat veterinariya medisinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universiteti o‘quv tajriba xo‘jaligida asosiy ekin sifatida 1,5 gektar maydonda joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi, Qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazining 2025-yil 11-noyabrdagi 05/05-04-757-sonli maʼlumotnomasi). Natijada, yangi moslanuvchan nav-duragaylar gektaridan 7,5-9,0 yoki standartdan 1,8-2,8 t/ga ziyod hosilni, 4,550-6,500 mln. so‘m sof foyda va 32,0-40,6 % rentabellikni ta’minlagan.
Tishsimon makkajo‘xori ajratilgan moslanuvchan nav-duragaylarini maqbul organomineral o‘g‘itlar – 20 t/ga go‘ng + 10 g/ga gibberellin stimulyatori me’yorida birgalikda qo‘llab, asosiy ekin sifatida parvarishlash agrotexnologiyasi Oqdaryo tumanida jami 4,5 gektar maydonda joriy etilgan. Natijada, gektaridan 5,150-6,950 mln. so‘m sof foyda, 34,1-42,6 % rentabellik olingan. Shuningdek, takroriy ekin sifatida Oqdaryo tumanida jami 3,5 gektar maydonda joriy etilgan. (O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi, Qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazining 2025-yil 11-noyabrdagi 05/05-04-757-sonli maʼlumotnomasi). Natijada, gektaridan 4,700-6,800 mln. so‘m sof foyda, 31,8-42,0 % rentabellikka erishilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish