Nasirova Nilufar Yuldashevnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “O‘mon barqaror ijtimoiy-siyosiy rivojlanishida Sulton Qobusning liderlik fenomeni”, 23.00.02 – Siyosiy institutlar, jarayonlar va texnologiyalar.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2025.3.PhD/Ss609
Ilmiy rahbar: Abdullaev Nodir Abdulxaevich siyosiy fanlar doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti, DSc.03/29.12.2022.Ss.21.02
Rasmiy opponentlar:
Muhammadsiddiqov Muhammadolim Muhammadroziq o‘g‘li siyosiy fanlar doktori, professor.
Soipov Bekzod Ikrombekovich siyosiy fanlar doktori, dotsent
Yetakchi tashkilot: Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy Universiteti
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi O‘mon Sultonligi siyosiy tizimining shakllanishi va evolyusiyasida lider shaxsining rolini tizimli tahlil qilish, liderlik modelining genezisi va asosiy xususiyatlarini aniqlash hamda uning mamlakat barqarorligi va tashqi siyosatiga ta’sirini tadqiq etishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
O‘mon Sultonligida davlat va jamiyat qurilishi tarixiy, diniy-mafkuraviy an’analar, siyosiy institutlar evolyusiyasi va geosiyosiy omillar ta’sirida shakllangan milliy-siyosiy identiklik modeli sifatida siyosiy realizm va liberalizm nazariyaviy maktablari nuqtaiy nazaridan konseptual isbotlangan;
O‘mon Sultonligida davlat va jamiyat o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlar an’anaviy monarxik boshqaruv modeli doirasida shakllangan bo‘lsa-da, siyosiy muloqot mexanizmlari, ijtimoiy sinf va guruhlar o‘rtasidagi muvozanatni ta’minlash amaliyoti hamda modernizatsiya va barqarorlikka qaratilgan institutsional islohotlar o‘zaro uygʻun holda amalga oshgani ilmiy asosda ochib berilgan;
Siyosiy liderlik va institutsional rivojlanish o‘rtasidagi o‘zaro bogʻliqlik barqarorlik, modernizatsiya jarayonlari va ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotni belgilashda muhim indikator sifatida namoyon bo‘lishi dalillangan;
O‘mon Sultonligida jamiyatni demokratlashtirish madaniy, siyosiy va ijtimoiy kontekstda zamonaviy institutsional mexanizmlarga egaligi, demokratik institutsional islohatlarni samarali amalga oshirish imkoniyatlari mavjudligi ochib berilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. “O‘mon barqaror ijtimoiy-siyosiy rivojlanishida Sulton Qobusning liderlik fenomeni” mavzusi doirasida ishlab chiqilgan ilmiy xulosa va takliflar asosida:
O‘mon Sultonligida davlat va jamiyat o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlar an’anaviy monarxik boshqaruv modeli doirasida shakllangan bo‘lsa-da, siyosiy muloqot mexanizmlari, ijtimoiy sinf va guruhlar o‘rtasidagi muvozanatni ta’minlash amaliyoti hamda modernizatsiya va barqarorlikka qaratilgan institutsional islohotlar o‘zaro uygʻun holda amalga oshgani haqidagi ilmiy xulosalardan O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligining Janubiy Osiyo, Yaqin va O‘rta Sharq hamda Afrika mamlakatlari bilan hamkorlik boshqarmasi tomonidan Respublika vazirlik va idoralariga yuborilgan axborot-tahliliy hujjatlarni tayyorlashda amaliy manba sifatida qo‘llangan (O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligining 2025-yil 23-iyundagi 14/701-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, mazkur dissertatsiya materiallari O‘zbekistonning O‘mon Sultonligi bilan siyosiy-diplomatik aloqalarini shakllantirish va tahlil etishda to‘gʻridan-to‘gʻri amaliy qiymatga ega manba sifatida xizmat qilgan.
O‘mon Sultonligida davlat va jamiyat qurilishi tarixiy, diniy-mafkuraviy an’analar, siyosiy institutlar evolyusiyasi va geosiyosiy omillar ta’sirida shakllangan milliy-siyosiy identiklik modeli sifatida siyosiy realizm va liberalizm nazariyaviy maktablari nuqtaiy nazaridan konseptual isbotlanganligi haqidagi ilmiy xulosalardan Din ishlari bo‘yicha qo‘mita huzuridagi Diniy-ma’rifiy sohada malaka oshirish va qayta tayyorlash institutida davlat va jamoat tashkilotlari uchun tashkil etilgan kurslar o‘quv rejalari va dasturlari mazmunlarini ishlab chiqishda amaliy manba sifatida qo‘llangan (O‘zbekiston Respublikasi Din ishlari bo‘yicha qo‘mitasining 2025-yil 25-iyundagi 02-02/02/1/1826-sonli dalolatnomasi asosida). Natijada, ushbu dissertatsiya O‘zbekistonda diniy-ma’rifiy sohadagi davlat va jamoat tashkilotlari faoliyati, diniy ta’lim va yetakchilik mavzulariga oid malaka oshirish tizimida ilmiy asoslangan, amaliy ahamiyatga ega manba sifatida xizmat qilgan.
Siyosiy liderlik va institutsional rivojlanish o‘rtasidagi o‘zaro bogʻliqlik barqarorlik, modernizatsiya jarayonlari va ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotni belgilashda muhim indikator sifatida namoyon bo‘lishi haqidagi ilmiy xulosalardan O‘zbekistondagi Shanxay hamkorlik tashkilotining Xalq diplomatiyasi markazi tomonidan foydalanilgan (O‘zbekistondagi ShHT Xalq diplomatiyasi markazining 2025-yil 23-iyundagi 348/25-sonli rasmiy xatiga asosan). Natijada, dissertatsiya materiallari O‘zbekistonning xalqaro munosabatlar tizimida, xususan, O‘mon bilan siyosiy, ijtimoiy va diplomatik hamkorlik yo‘nalishlarini baholash va tahlil etishda amaliy ahamiyatga ega ilmiy manba sifatida xizmat qilgan.
O‘mon Sultonligida jamiyatni demokratlashtirish madaniy, siyosiy va ijtimoiy kontekstda zamonaviy institutsional mexanizmlarga egaligi, demokratik institutsional islohatlarni samarali amalga oshirish imkoniyatlari mavjudligi haqidagi ilmiy xulosalardan Millatlararo munosabatlar va xorijdagi vatandoshlar masalalari bo‘yicha qo‘mitasi tomonidan foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Millatlararo munosabatlar va xorijdagi vatandoshlar masalalari bo‘yicha qo‘mitasining 2025-yil 8-iyuldagi14-14/259-sonli ma’lumotnomasi asosida). Natijada, dissertatsiya natijalari millatlararo totuvlik, do‘stlik aloqalarini takomillashtirish, xorijiy davlatlarning tajribasini o‘rganish va xorijdagi vatandoshlar bilan ijtimoiy-siyosiy, madaniy hamkorlikni rivojlantirishda amaliy ahamiyatga ega manba sifatida xizmat qilgan.