Farxodov Farrux Furqatovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Xalqaro iqtisodiy integratsiya jarayonlarida bojxona xizmati fiskal faoliyatini takomillashtirish», 08.00.07 – Moliya, pul muomalasi va kredit (Iqtisodiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.1.PhD/Iqt2787.
Ilmiy rahbar: Pardaev Tulkin Nasirovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti, DSc.03/10.12.2019.I.16.01.
Rasmiy opponentlar: Karlibaeva Raya Xojabaevna, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Pardaev Jamshid Muzaffarovich, iqtisodiyot fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent.
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston Respublikasi Bank - moliya akademiyasi.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi xalqaro iqtisodiy integratsiya jarayonlarida bojxona xizmati fiskal faoliyatini takomillashtirishga qaratilgan ilmiy taklif va amaliy tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
deklarant yoki deklaratsiyalovchi shaxsning bojxona yuk deklaratsiyasiga o‘zgartirish va qo‘shimcha kiritish bo‘yicha murojaatiga asosan bojxona yuk deklaratsiyasini o‘zgartirish va (yoki) unga qo‘shimcha kiritish uchun (qog‘oz shakldagi bojxona yuk deklaratsiyasida bir dona bojxona yuk deklaratsiyasi, elektron shakldagi bojxona yuk deklaratsiyasida bir dona bojxona yuk deklaratsiyasini tuzatish shakli uchun) bojxona yig‘imi joriy etish taklifi asoslangan;
bojxona xizmati fiskal faoliyatiga ta’sir etuvchi omillar turkumlarga ajratilib, bojxona to‘lovlari miqdoriga ta’siri o‘rganilgan hamda bojxona organlari tomonidan davlat byudjetiga o‘tkazilgan bojxona to‘lovlarining miqdori tahlil qilinib, ularning 2028 yilga qadar prognoz ko‘rsatkichlari ishlab chiqilgan;
ortiqcha to‘langan yoki undirilgan bojxona to‘lovlarining summasi bojxona organlari tomonidan “ariza ortiqcha to‘langan yoki undirilgan bojxona to‘lovlarini qonunchilikda belgilangan tegishli muddatlar tugaganidan keyin berilgan bo‘lsa va uning miqdori bazaviy hisoblash miqdorining yigirma foizidan oshmasa” qaytarmaslik bo‘yicha taklifi asoslangan;
agar ayni bir shaxs tomonidan muayyan vaqt ichida bir necha bojxona operatsiyasi amalga oshirilsa, barcha bunday bojxona operatsiyalarini bajarish chog‘ida yuzaga keladigan bojxona to‘lovlarini to‘lashni ta’minlash uchun bojxona to‘lovlarini to‘lashning bosh ta’minotini qo‘llash bo‘yicha taklifi asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Xalqaro iqtisodiy integratsiya jarayonlarida bojxona xizmati fiskal faoliyatini takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy takliflar va amaliy tavsiyalar asosida:
deklarant yoki deklaratsiyalovchi shaxsning bojxona yuk deklaratsiyasiga o‘zgartirish va qo‘shimcha kiritish bo‘yicha murojaatiga asosan bojxona yuk deklaratsiyasini o‘zgartirish va (yoki) unga qo‘shimcha kiritish uchun (qog‘oz shakldagi bojxona yuk deklaratsiyasida bir dona bojxona yuk deklaratsiyasi, elektron shakldagi bojxona yuk deklaratsiyasida bir dona bojxona yuk deklaratsiyasini tuzatish shakli uchun) bojxona yig‘imi taklifi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020 yil 
9 noyabrdagi “Bojxona yig‘imlari stavkalarini tasdiqlash to‘g‘risida” 700-son qaroriga 1-ilovaning 2-bandida joriy qilingan (Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi bojxona qo‘mitasining 2024 yil 16-sentyabrdagi 8/25-24-0070-son ma’lumotnomasi). Mazkur taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida bojxona xizmati tomonidan davlat byudjetiga 2024 yilda 4,6 mlrd so‘m qo‘shimcha bojxona to‘lovlari undirilishiga erishilgan;
bojxona xizmati fiskal faoliyatiga ta’sir etuvchi omillar turkumlarga ajratilib, bojxona to‘lovlari miqdoriga ta’siri o‘rganilgan hamda bojxona organlari tomonidan davlat byudjetiga o‘tkazilgan bojxona to‘lovlarining miqdori tahlil qilinib, ularning 2028 yilga qadar ishlab chiqilgan prognoz ko‘rsatkichlari Bojxona qo‘mitasi tomonidan davlat byudjetining tushumlari prognozi shakllantirishda foydalanilgan (Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi bojxona qo‘mitasining 
2024 yil 16-sentyabrdagi 8/25-24-0070-son ma’lumotnomasi). Mazkur taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida bojxona to‘lovlarining prognoz ko‘rsatkichlarini ishlab chiqish taomillari takomillashgan;
ortiqcha to‘langan yoki undirilgan bojxona to‘lovlarining summasi bojxona organlari tomonidan “ariza ortiqcha to‘langan yoki undirilgan bojxona to‘lovlarini qonunchilikda belgilangan tegishli muddatlar tugaganidan keyin berilgan bo‘lsa va uning miqdori bazaviy hisoblash miqdorining yigirma foizidan oshmasa” qaytarmaslik bo‘yicha taklifi O‘zbekiston Respublikasining 2024 yil 27 fevraldagi “O‘zbekiston Respublikasining bojxona kodeksiga bojxona tartib-taomillarini yanada takomillashtirishga qaratilgan o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi 
O‘RQ-913-son Qonunining 37-bandida o‘z aksini topgan (Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi bojxona qo‘mitasining 2024 yil 16-sentyabrdagi 8/25-24-0070-son ma’lumotnomasi). Mazkur taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida ortiqcha to‘langan yoki undirilgan bojxona to‘lovlarining qaytarilish jarayonini yanada tartibga solishga xizmat qilib, ushbu me’yor bojxona organlari uchun ma’muriy yukni kamaytirib, kichik miqdordagi ortiqcha to‘lovlarni qaytarish bilan bog‘liq ortiqcha hujjat aylanishini qisqartirishi orqali fiskal boshqaruv samaradorligini oshirish hamda biznes sub’ektlari uchun bojxona jarayonlarini soddalashtirishga imkon yaratgan;
agar ayni bir shaxs tomonidan muayyan vaqt ichida bir necha bojxona operatsiyasi amalga oshirilsa, barcha bunday bojxona operatsiyalarini bajarish chog‘ida yuzaga keladigan bojxona to‘lovlarini to‘lashni ta’minlash uchun bojxona to‘lovlarini to‘lashning bosh ta’minotini qo‘llash bo‘yicha taklifi O‘zbekiston Respublikasining 
2024 yil 27 fevraldagi “O‘zbekiston Respublikasining bojxona kodeksiga bojxona tartib-taomillarini yanada takomillashtirishga qaratilgan o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi O‘RQ-913-son Qonunining 34-bandida o‘z aksini topgan (Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi bojxona qo‘mitasining 2024 yil 
16-sentyabrdagi 8/25-24-0070-son ma’lumotnomasi). Mazkur taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida bojxona to‘lovlarini davlat byudjetiga tushishini kafolatlash tizimi takomillashgan hamda tadbirkorlik sub’ektlari uchun qulay shart-sharoit yaratish bilan birga, bojxona xizmati fiskal faoliyati ishonchliligini oshirish va davlat daromadlarining barqarorligini ta’minlashga erishildi.

Yangiliklarga obuna bo‘lish