Abdumuxtorov Anvarjon Akramjonovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri: «Yangi iqtisodiy o‘sish modeli amalga oshirilayotgan sharoitda aholini ish bilan bandligini ta’minlash mexanizmlarini takomillashtirish», 08.00.10 – Demografiya. Mehnat iqtisodiyoti.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2025.4.PhD/Iqt7623.
Ilmiy rahbarining F.I.Sh., ilmiy daraja va unvoni: Zokirova Nodira Kalandarovna, iqtisodiyot fanlari doktori, professor
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: G.V.Plexanov nomidagi Rossiya iqtisodiyot universitetining Toshkent shahridagi filiali.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: G.V.Plexanov nomidagi Rossiya iqtisodiyot universitetining Toshkent shahridagi filiali, DSc.22/30.12.2019.I.100.01
Rasmiy opponentlar: Xudoyberdiev Zayniddin Yavkachevich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor. Xolmuxamedov Muxsinjon Murodullaevich, iqtisodiyot fanlari nomzodi
Yetakchi tashkilot: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: yangi iqtisodiy o‘sish modeli amalga oshirilayotgan sharoitda aholini ish bilan bandligini ta’minlash mexanizmlarini takomillashtirish bo‘yicha taklif va tavsiyalarni ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
yangi iqtisodiy o‘sish modeliga mos holda raqamli va institutsional mexanizmlarga ko‘ra mehnat resurslariga bo‘lgan talabni ish o‘rinlari lokalizatsiyasi kabilarga ko‘ra prognozlash, xodimlar guruhlari manfaatlarini e’tiborga olgan holda moslashuvchan ish bilan bandlik shakllari, masofaviy ishlash va o‘zini-o‘zi ish bilan band qilish imkoniyatlarini rivojlantirish yondashuvi taklif qilingan;
aholini ish bilan bandligini davlat tomonidan tartibga solish samaradorligini baholash yondashuvi raqamli platformalar va sun’iy intellektga ko‘ra ilmiy asoslanganlik, idoralararo muvofiqlashtiruv va ijtimoiy sheriklik ishtirokchilari faolligiga asoslangan holda takomillshtirilgan;
raqamlashtirish va innovatsion rivojlanish sharoitida aholining samarali ish bilan bandligi uchun muallif tomonidan to‘rtta o‘zaro bog‘liq blokni (miqdoriy, sifat jihatdan, institutsional-huquqiy va raqamli-texnologik) o‘z ichiga olgan samarali ish bilan bandlik mezonlari va parametrlari tizimi shakllantirildi, shuningdek, hududlar va tarmoqlar kesimida uning darajasini kompleks baholash imkonini beradigan samarali ish bilan bandlikning integral indeksi taklif etilgan;
iqtisodiy o‘sishning yangi modeli sharoitida kadrlar tayyorlash, raqamli ko‘nikmalarni rivojlantirish va tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlashning institutsional va texnologik omillari ilmiy asoslab berilgan va ular asosida 2030-yilgacha bo‘lgan davr uchun O‘zbekiston Respublikasi aholisining ish bilan bandligi miqdoriy va sifat jihatdan parametrlarining ssenariyli prognozi ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Yangi iqtisodiy o‘sish modeli amalga oshirilayotgan sharoitda aholini ish bilan bandligini ta’minlash mexanizmlarini takomillashtirish bo‘yicha olingan natijalar asosida:
yangi iqtisodiy o‘sish modeliga mos holda raqamli va institutsional mexanizmlarga ko‘ra mehnat resurslariga bo‘lgan talabni ish o‘rinlari lokalizatsiyasi kabilarga ko‘ra prognozlash, xodimlar guruhlari manfaatlarini e’tiborga olgan holda moslashuvchan ish bilan bandlik shakllari, masofaviy ishlash va o‘zini-o‘zi ish bilan band qilish imkoniyatlarini rivojlantirish yondashuvi bo‘yicha taklif O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 20-dekabrdagi PF-223-son “Hududlarda yuqori iqtisodiy o‘sish va aholi bandligini ta’minlashning yangi tizimini yo‘lga qo‘yish hamda bu borada mahalliy hokimliklarning roli va mas’uliyatini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmonning 2-ilovasi 1-bandi hamda PQ-330-sonli Qarorining 1-ilovasi 2-bo‘limi 5 va 8-bandlarida nazarda tutilgan regional bandlik dasturlariga integratsiya qilingan (O‘zbekiston Respublikasi Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligining 2025-yil 18-noyabrdagi 01/00-04/15-11074-sonli ma’lumotnomasi). Natijada ishsizlik darajasining 5,0%–5,1% atrofida barqaror saqlanishi, aholi jon boshiga YaIM qator hududlarda 8,0%–12,0%ga oshishi hamda «yashil» iqtisodiyot va xizmat ko‘rsatish sohalarida yangi ish o‘rinlarini yaratilishi, norasmiy bandlik-ning bir qismini rasmiy mehnat munosabatlariga o‘tkazishiga muayyan darajada xizmat qilgan;
aholi bandligini davlat tomonidan tartibga solish samaradorligini baholash yondashuvi raqamli platformalar va sun’iy intellektga ko‘ra ilmiy asoslanganlik, idoralararo muvofiqlashtiruv va ijtimoiy sheriklik ishtirokchilari faolligiga asoslangan holda takomillshtirish taklifi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 20-dekabrdagi PF-223-son “Hududlarda yuqori iqtisodiy o‘sish va aholi bandligini ta’minlashning yangi tizimini yo‘lga qo‘yish hamda bu borada mahalliy hokimliklarning roli va mas’uliyatini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmonning 1-ilovasi va PQ-330-son Qarorining 1-ilovasi 7-bo‘limida ko‘zda tutilgan va «samaradorlik.uz» axborot portali negizida joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligining 2025-yil 18-noyabrdagi 01/00-04/15-11074-sonli ma’lumotnomasi). Taklif mahalliy hokimliklar faoliyatini o‘nta asosiy yo‘nalish bo‘yicha baholash imkonini kengaytirishga, mehnat bozori ko‘rsatkichlarini prognozlashda ma’lumotlar sifatini oshirishga, qator hududlarda mehnat unumdorligini 10,0%–15,0%ga oshishiga, yashirin ishsizlikni 6,0%–8,0%ga kamayishiga va «yashil» texnologiyalar sohalariga o‘tish imkoniyatlarini kengaytirishga muayyan darajada xizmat qilgan;
raqamlashtirish va innovatsion rivojlanish sharoitida aholining samarali ish bilan bandligi uchun muallif tomonidan to‘rtta o‘zaro bog‘liq blokni (miqdoriy, sifat jihatdan, institutsional-huquqiy va raqamli-texnologik) o‘z ichiga olgan samarali ish bilan bandlik mezonlari va parametrlari tizimi shakllantirildi, shuningdek, hududlar va tarmoqlar kesimida uning darajasini kompleks baholash imkonini beradigan samarali ish bilan bandlikning integral indeksi taklifi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 20-dekabrdagi PF-223-son “Hududlarda yuqori iqtisodiy o‘sish va aholi bandligini ta’minlashning yangi tizimini yo‘lga qo‘yish hamda bu borada mahalliy hokimliklarning roli va mas’uliyatini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmonning 2-ilovasi 7-bandida o‘z ifodasini topgan (O‘zbekiston Respublikasi Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligining 2025-yil 18-noyabrdagi 01/00-04/15-11074-sonli ma’lumotnomasi). Taklif aholining iqtisodiy faolligini oshirishning uslubiy asoslarini takomillashtirishga hamda hududlarda yuqori iqtisodiy o‘sish va aholini ish bilan bandligini ta’minlashning yangi tizimini shakllantirishga muayyan darajada xizmat qilgan;
iqtisodiy o‘sishning yangi modeli sharoitida kadrlar tayyorlash, raqamli ko‘nikmalarni rivojlantirish va tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlashning institutsional va texnologik omillari ilmiy asoslab berilgan va ular asosida 2030-yilgacha bo‘lgan davr uchun O‘zbekiston Respublikasi aholisining ish bilan bandligi miqdoriy va sifat jihatdan parametrlarining ssenariyli prognozi bo‘yicha tavsiyalar O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 20-dekabrdagi PF-223-sonli Farmonining 2 ilovasi 7 punktda 5 ilovasi 5 punktda o‘z aksini topgan (O‘zbekiston Respublikasi Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligining 2025-yil 18-noyabrdagi 01/00-04/15-11074-sonli ma’lumotnomasi). Taklif mahalliy hokimliklarga hududning ijtimoiy-iqtisodiy xususiyatlaridan kelib chiqqan holda adresli dasturlar ishlab chiqish va yangi ish o‘rinlarini yaratishning metodik asosini kengaytirishga hamda tadbirkorlikni moliyaviy qo‘llab-quvvatlash instrumentlari (ishbilarmonlikni qo‘llab-quvvatlash fondlari, yoshlar startaplari, mikrokreditlar) takomillashtirishga, xizmatlar va bilimlar iqtisodiyotida band aholi ulushining 15,0%–18,0%gacha oshishga, mehnat unumdorligining 10,0%–14,0%ga o‘sishiga, norasmiy ish bilan bandlik ulushining 50,0%dan 38,0%gacha pasayishiga muayyan darajada xizmat qilgan.