Salaev Jasurbek Komilovichning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar. Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan tarmog‘i nomi): “Kichik biznes subektlari faoliyatini tartibga solishning institutsional infratuzilmasini boshqarish metodologiyasini takomillashtirish (qurilish materiallari sanoati misolida)”,
08.00.13 – “Menejment” va 08.00.15 – “Tadbirkorlik va kichik biznes iqtisodiyoti” tutash ixtisosliklari.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam:
Ilmiy maslahatchi: Nurimbetov Ravshan Ibragimovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent arxitektura-qurilish universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent arxitektura-qurilish universiteti huzuridagi PhD.26/12.02.2025.I.11.04 raqamli Ilmiy kengash asosidagi bir martalik Ilmiy kengash.
Rasmiy opponentlar: Gafurov Ubaydullo Vaxobovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor, Eshov Mansur Po‘latovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor, Saidov Mash’al Samadovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Biznes va tadbirkorlik oliy maktabi
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi kichik biznes subektlari faoliyatini tartibga solishning institutsional infratuzilmasini boshqarish metodologiyasini takomillashtirish bo‘yicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
uslubiy yondashuvga ko‘ra “kichik biznes subektlari faoliyatini tartibga solishning institutsional infratuzilmasini boshqarish” tushunchasi iqtisodiy mazmuni kichik biznesning barqaror faoliyatini ta’minlashga qaratilgan davlat, bozor va jamiyat institutlari o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlarni iqtisodiy, huquqiy, tashkiliy va innovatsion mexanizmlar asosida tizimli muvofiqlashtirish jarayoni nuqtai nazaridan takomillashtirilgan;
rasmiy va norasmiy institutlar faoliyatining ta’sirini integral ko‘rsatkichlar asosida baholash, infratuzilma elementlari o‘rtasidagi funksional bog‘liqlikni tarmoq-tahliliy yondashuv asosida aniqlash hamda boshqaruv samaradorligini oshirishga xizmat qiluvchi kichik biznes subektlarining institutsional infratuzilmasi ta’minotini boshqarishning konseptual modeli taklifi asoslangan;
qurilishdagi kichik biznes subektlarining boshqaruvi bilan bog‘liq muammolarga ularning faollik darajasi hamda har bir kichik biznes subektiga to‘g‘ri keladigan mahsulot miqdorini bajarilgan ishlar hajmi (1,8; 0,28), sohadagi o‘rtacha ish haqiga (0,45; 0,36) ta’sirini ifodalovchi elastiklik koeffisientlari asosida baholash orqali yondashuv asoslangan;
qurilishda kichik biznes subektlari faoliyatini tartibga solishda institutsional infratuzilmaga siyosiy, ijtimoiy, huquqiy, iqtisodiy, texnologik va ekologik omillarning umumiy hamda sof ta’sirlari baholangan holda soha taraqqiyotini ta’minlash bo‘yicha turli ssenariylar ishlab chiqilgan;
Xorazm viloyatida qurilish sohasidagi kichik biznes subektlari faoliyat natijalarini mutloq va nisbiy o‘zgarishlarini ifodalovchi ko‘rsatkichlarning 2026–2030 yillar uchun prognoz qiymatlari ko‘p variantli ekonometrik modellar yordamida ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Kichik biznes subektlari faoliyatini tartibga solishning institutsional infratuzilmasini boshqarish metodologiyasini takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
uslubiy yondashuvga ko‘ra “kichik biznes subektlari faoliyatini tartibga solishning institutsional infratuzilmasini boshqarish” tushunchasi iqtisodiy mazmunini kichik biznesning barqaror faoliyatini ta’minlashga qaratilgan davlat, bozor va jamiyat institutlari o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlarni iqtisodiy, huquqiy, tashkiliy va innovatsion mexanizmlar asosida tizimli muvofiqlashtirish jarayoni nuqtai nazaridan takomillashtirishga oid nazariy va uslubiy materiallardan oliy o‘quv yurtlari talabalari uchun tavsiya etilgan “Biznes boshqaruvi” darsligini tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2025 yil 14 apreldagi 136-sonli buyrug‘i). Mazkur ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi natijasida talabalarda kichik biznes subektlari faoliyatini tartibga solishning institutsional infratuzilmasini boshqarish oid nazariy bilimlarni kengaytirish imkoniyati yaratilgan;
rasmiy va norasmiy institutlar faoliyatining ta’sirini integral ko‘rsatkichlar asosida baholash, infratuzilma elementlari o‘rtasidagi funksional bog‘liqlikni tarmoq-tahliliy yondashuv asosida aniqlash hamda boshqaruv samaradorligini oshirishga xizmat qiluvchi kichik biznes subektlarining institutsional infratuzilmasi ta’minotini boshqarishning konseptual modelidan foydalanish taklifi O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasi tomonidan foydalanilgan (O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasining 2025 yil 27 noyabrdagi 05-33-13389-sonli ma’lumotnomasi). Mazkur ilmiy yangilikni amaliyotga joriy etish natijasida Xorazm viloyatida kichik biznes subektlarining institutsional muvofiqlashuv samaradorligini 20 foizga oshirish, kichik biznes subektlari uchun lisenziyalash, ro‘yxatdan o‘tkazish va moliyaviy qo‘llab-quvvatlash jarayonlarini tezlashtirish imkoniyati yaratilgan;
qurilishdagi kichik biznes subektlarining boshqaruvi bilan bog‘liq muammolarga ularning faollik darajasi hamda har bir kichik biznes subektiga to‘g‘ri keladigan mahsulot miqdorini bajarilgan ishlar hajmi (1,8; 0,28), sohadagi o‘rtacha ish haqiga (0,45; 0,36) ta’sirini ifodalovchi elastiklik koeffisientlari asosida baholash orqali yondashuvdan foydalanish taklifi O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasi tomonidan foydalanilgan (O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasining 2025 yil 27 noyabrdagi 05-33-13389-sonli ma’lumotnomasi). Mazkur ilmiy yangilikni amaliyotga joriy etish natijasida Xorazm viloyatida qurilish sohasidagi kichik biznes subektlarining faollik darajasini 18 foizga oshirish, har bir kichik biznes subektiga to‘g‘ri keladigan mahsulot hajmini 0,3 baravariga ko‘paytirish imkoniyati yaratilgan;
qurilishda kichik biznes subektlari faoliyatini tartibga solishda institutsional infratuzilmaga siyosiy, ijtimoiy, huquqiy, iqtisodiy, texnologik va ekologik omillarning umumiy hamda sof ta’sirlari baholangan holda soha taraqqiyotini ta’minlash bo‘yicha ishlab chiqilgan turli ssenariylardan foydalanish taklifi O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasi tomonidan foydalanilgan (O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasining 2025 yil 27 noyabrdagi 05-33-13389-sonli ma’lumotnomasi). Mazkur ilmiy yangilikni amaliyotga joriy etish natijasida Xorazm viloyatida soha rivojlanishining turli ssenariylari asosida boshqaruv qarorlarini qabul qilish samaradorligi yaxshilanishi hamda tavakkalchilik darajasini kamaytirish imkoniyati yaratilgan;
Xorazm viloyatida qurilish sohasidagi kichik biznes subektlari faoliyat natijalari mutloq va nisbiy o‘zgarishlarini ifodalovchi ko‘rsatkichlarning 2026–2030 yillar uchun ko‘p variantli ekonometrik modellar yordamida ishlab chiqilgan prognoz qiymatlari O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasi tomonidan foydalanilgan (O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasining 2025 yil 27 noyabrdagi 05-33-13389-sonli ma’lumotnomasi). Mazkur ilmiy yangilikni amaliyotga joriy etish natijasida Xorazm viloyatida qurilish sohasidagi iqtisodiy ko‘rsatkichlar 2026–2030 yillarda boshqaruv qarorlarini qabul qilishda ssenariy modellashtirish imkonini yaratgan.