Hakimov Sheradi Qo‘zievichning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon 

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Ko‘krak qafasi girdobsimon deformatsiyasi bilan bemorlarning kompleks tibbiy reabilitatsiyasi», 14.00.22 – Travmatologiya va ortopediya (tibbiyot fanlari).
Ilmiy maslahatchi: Xodjanov Iskandar Yunusovich, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Abu Ali ibn Sino nomidagi Buxoro davlat tibbiyot instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Respublika ixtisoslashtirilgan travmatologiya va ortopediya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi, DSc.04/30.12.2019.Tib.62.01.
Rasmiy opponentlar: Urinbaev Payzilla Urinbaevich, tibbiyot fanlari doktori, professor; Komolkin Igor` Aleksandrovich, tibbiyot fanlari doktori; Karimov Murodulla Yuldashevich, tibbiyot fanlari doktori.
Yetakchi tashkilot: Andijon davlat tibbiyot instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: ko‘krak qafasi girdobsimon deformatsiyasi bilan bemorlarda kompleks tibbiy reabilitatsiya chora tadbirlarini ishlab chiqish orqali funksional va kosmetik natijalarni yaxshilashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi: 
D.Nuss jarrohlik amaliyotini o‘ng tomonlama videotorakoskopik kuzatuv bilan retrosternal tunnel hosil qilish amaliyotida chap tomonlama yo‘lni qo‘llash endofiksatorni ekstraplevral o‘rnatish bilan parietal plevrani minimal jarohatlash va urgent xirurgik asoratlarni kamaytirishi isbotlangan;  
kardiorespirator parametrlar natijalarini inobatga olib ishlab chiqilgan klinik funksional shkala dasturi amaliyotdan keyingi uzoq muddatlarda nafas faoliyatining moslashganlik darajasini aniqlash bilan jarrohlik amaliyoti bajarilgan bemorlarning hayot sifatini adekvat baholash, hamda bemorlarni funksional reabilitatsiya uchun farqlash imkonini berishi isbotlangan;
“to‘sh suyagi konturi”, “to‘sh suyagi rotatsiyasi” va “asimmetriya darajasi” kabi torakometrik parametrlar ko‘krak old devorida turli ko‘rinishdagi kosmetik asoratlarni ishonchli aniqlash va farqlash imkonini berishi isbotlangan;
to‘sh qovurg‘a kompleksining turtib chiqqan deformatsiyasi sohasiga turli yo‘nalishlarda dozali kompressiya berish imkoni mavjudligi bilan tashqi innovatsion kompressiyalovchi ortezni qo‘llash orqali ishlab chiqilgan konservativ davo usuli to‘sh suyagining I (≤0,5 sm) va II (0,5-1,0 sm) darajali rotatsiyasi va I (≤15 gr.) darajali protruziyasi korreksiyasi uchun ratsional usulliligi isbotlangan;
mos ravishda deformatsiyalangan qovurg‘alar ipsilateral rezeksiyasi va xondrotomiyasi, to‘sh suyagi gemiternotomiyasi va ponasimon sternotomiyasini qo‘llash orqali ishlab chiqilgan xirurgik korreksiya usullari to‘sh suyagining III (≥1,0 sm) darajali protruziyasi va II (15-30 gr.), III (≥30 gr.) darajali rotatsiyalari korreksiyasi uchun ratsional usulliligi isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi: 
O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy-texnik kengashining ilmiy tadqiqot ishlari natijalarini amaliyotda qo‘llashga doir 2025 yil 07 oktyabr 26/06-son xulosasiga ko‘ra:
birinchi ilmiy yangilik:  D.Nuss jarrohlik amaliyotini o‘ng tomonlama videotorakoskopik kuzatuv bilan retrosternal tunnel hosil qilish amaliyotida chap tomonlama yo‘lni qo‘llash endofiksatorni ekstraplevral o‘rnatish bilan parietal plevrani minimal jarohatlash va urgent xirurgik asoratlarni kamaytirishi isbotlanganligi Xorazm viloyat bolalar ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi (24.08.2024 y., №576 - buyruq) va Navoiy viloyat bolalar ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi (11.10.2024 y., №124-125 - buyruqlar) amaliyotlariga joriy etildi. Ijtimoiy samaradorligi: D.Nuss jarrohlik amaliyotini o‘ng tomonlama videotorakoskopiya bilan qo‘llash minimal intraoperatsion va amaliyotdan keyingi erta asoratlarning minimalligi bilan girdobsimon deformatsiyani kam invaziv korreksiyasi imkonini berib, bemorlarni erta aktivlanishi va kundalik hayotga erta qaytishlari uchun asos bo‘ldi. Ijtimoiy samaradorligi: ko‘krak qafasi girdobsimon deformatsiyasini kam invaziv korreksiyasini qo‘llash ko‘krak old devorini adekvat tiklanishi bilan birga qayta korreksiya talab e`adigan amaliyotdan keyingi uzoq muddatllardagi kosmetik asoratlarni kamayishi imkonini berdi;  amaliyotdan keyingi davrda qayta jarrohlik amaliyotlari va keyingi reabilitatsiya uchun sarf xarajatlarni tejash har bir bemorga 3500000 so‘mni tashkil etdi. Xulosa: D.Nuss jarrohlik amaliyotini o‘ng tomonlama videotorakoskopiya bilan qo‘llash minimal intraoperatsion va amaliyotdan keyingi erta asoratlarning minimalligi bilan girdobsimon deformatsiyani kam invaziv korreksiyasi imkonini berib, bemorlarni kundalik hayot tarziga adekvat qaytishni, qayta murakkab rekonstruktiv jarrohlik amaliyotlarini talab etadigan amaliyotdan keyingi uzoq muddatlardagi kosmetik asoratlarni minimalligini ta’minladi. Umumiy iqtisodiy natijadorlik bir bemorga nisbatan o‘rtacha 3500000 so‘mni tashkil etdi.
ikkinchi ilmiy yangilik: kardiorespirator parametrlar natijalarini inobatga olib ishlab chiqilgan klinik funksional shkala dasturi amaliyotdan keyingi uzoq muddatlarda nafas faoliyatining moslashganlik darajasini aniqlash bilan jarrohlik amaliyoti bajarilgan bemorlarning hayot sifatini adekvat baholash, hamda bemorlarni funksional reabilitatsiya uchun farqlash imkonini berishi isbotlanganligi Buxoro viloyat bolalar ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi (12.08.2024 y., №79-80 - buyruqlar) va Xorazm viloyat bolalar ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi (24.08.2024 y., №576 - buyruq) amaliyotlariga joriy etildi. Ijtimoiy samaradorligi: 5 kardio-respirator parametrlar asosida ishlab chiqilgan klinik funksional shkala dasturi amaliyotdan keyingi davrda nafas faoliyati adaptatsiyasini mexanizmini tushuntirish bilan bemorlar hayot sifatini baholash imkonini berdi. Iqtisodiy samaradorligi: amaliyotdan keyingi uzoq muddatlarda davolangan bemorlarning hayot sifatini baholash uchun ishlab chiqilgan klinik funksional shkala dasturini qo‘llash davolangan bemorlar orasida sog‘lomlashgan bemorlar sonining oshishi bilan ularni adekvat tanlashga olib keldi. Davlat uchun nogironlik mavjud bemorlarni ta’minlash uchun sarf xarajatlar tejami o‘rtacha 2500000 so‘mni tashkil etdi. Xulosa: 5 kardio-respirator parametrlarni inobatga olib ishlab chiqilgan klinik funksional shkala dasturi amaliyotdan keyingi davrda nafas faoliyati adaptatsiyasini mexanizmini tushuntirish, sog‘lomlashgan bemorlar sonini oshishi bilan bemorlar hayot sifatini baholash imkonini berdi va Davlat uchun nogironlik mavjud bemorlarni ta’minlash uchun sarf xarajatlarni 2500000 so‘mga tejashga olib keldi. 
uchinchi ilmiy yangilik: “to‘sh suyagi konturi”, “to‘sh suyagi rotatsiyasi” va “asimmetriya darajasi” kabi torakometrik parametrlar ko‘krak old devorida turli ko‘rinishdagi kosmetik asoratlarni ishonchli aniqlash va farqlash imkonini berishi isbotlanganligi Xorazm viloyat bolalar ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi (24.08.2024 y., №576 - buyruq) va Buxoro viloyat bolalar ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi (12.08.2024 y., №79-80 - buyruqlar) amaliyotlariga joriy etildi. Ijtimoiy samaradorligi: taklif etilgan 3 og‘irlik darajali “to‘sh suyagi konturi”, “to‘sh suyagi rotatsiyasi” va “asimmetriya darajasi” kabi torakometrik parametrlar ko‘krak old devori rel`efi holatini baholash, hamda amaliyotdan keyingi uzoq muddatlarda davolangan bemorlar orasida sog‘lomlashganlarni ajratish uchun amaliyotdan keyingi kosmetik asoratlarni farqlash imkonini berdi. Iqtisodiy  samaradorligi: bizda ishlab chiqilgan torakometrik parametrlar ma’lumotlari tahlili asosida kosmetik natijalarni baholash amaliyotdan keyingi uzoq muddatlarda amaliyotdan keyingi kosmetik asoratlar mavjud bemorlarni aniqlash va ularni sog‘lomlashgan bemorlardan ajratish imkonini berib, qayta rekonstruktiv jarrohlik amaliyotlari uchun o‘rtacha 4500000 so‘m sarf xarajat miqdori tejaldi. Xulosa: bizda taklif etilgan 3 og‘irlik darajali “to‘sh suyagi konturi”, “to‘sh suyagi rotatsiyasi” va “asimmetriya darajasi” kabi torakometrik parametrlar asosida kosmetik natijani baholash uchun takomillashtirilgan taktika amaliyotdan keyingi uzoq muddatlarda amaliyotdan keyingi kosmetik asoratlar mavjud bemorlarni aniqlash va ularni sog‘lomlashgan bemorlardan ajratish imkonini berib, qayta rekonstruktiv jarrohlik amaliyotlari uchun o‘rtacha 4500000 so‘m sarf xarajat miqdori tejashga xizmat qildi.
to‘rtinchi ilmiy yangilik: to‘sh qovurg‘a kompleksining turtib chiqqan deformatsiyasi sohasiga turli yo‘nalishlarda dozali kompressiya berish imkoni mavjudligi bilan tashqi innovatsion kompressiyalovchi ortezni qo‘llash orqali ishlab chiqilgan konservativ davo usuli to‘sh suyagining I (≤0,5 sm) va II (0,5-1,0 sm) darajali rotatsiyasi va I (≤15 gr.) darajali protruziyasi korreksiyasi uchun ratsional usulliligi isbotlanganligi Navoiy viloyat bolalar ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi (11.10.2024 y., №124-125 - buyruqlar) amaliyotiga joriy etildi. Ijtimoiy samaradorligi:  engil darajali amaliyotdan keyingi sindromlar bilan bemorlarni konservativ davolash uchun ishlab chiqilgan tashqi kompressiyalovchi ortezni qo‘llash to‘sh suyagi va qovurg‘alarning deformatsiyalarini to‘g‘rilash, hamda amaliyotdan keyingi uzoq muddatlarda bemorlar hayot sifatini yaxshilash imkonini berdi. Iqtisodiy samaradorligi: bemorlarda kosmetik natijalarning yazshilanishi, ularning kundalik hayot tarziga qaytishlari qayta rekonstruktiv jarrohlik amaliyotlariga ketadigan sarf xarajatlarni o‘rtacha 12000000 so‘mga qisqartirdi. Xulosa: engil darajali kosmetik (ortopedik) asoratlar bilan bemorlarni to‘sh suyagi rotatsiyasini inobatga olib to‘sh - qovurg‘a kompleksi sohasi turtib chiqqan deformatsiyasini turli sathlarda va dozalarda kompressiyalash imkonini beradigan tashqi kompressiyalovchi ortezni qo‘llab davolash asosida qayta rekonstruktiv jarrohlik amaliyotlariga ketadigan sarf xarajatlarni o‘rtacha 12000000 so‘mga qisqartirish mumkin.
beshinchi ilmiy yangilik: mos ravishda deformatsiyalangan qovurg‘alar ipsilateral rezeksiyasi va xondrotomiyasi, to‘sh suyagi gemiternotomiyasi va ponasimon sternotomiyasini qo‘llash orqali ishlab chiqilgan xirurgik korreksiya usullari to‘sh suyagining III (≥1,0 sm) darajali protruziyasi va II (15-30 gr.), III (≥30 gr.) darajali rotatsiyalari korreksiyasi uchun ratsional usulliligi isbotlanganligi Navoiy viloyat bolalar ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi (11.10.2024 y., №124-125 - buyruqlar) va Xorazm viloyat bolalar ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi (24.08.2024 y., №576 - buyruq) amaliyotlariga joriy etildi. Ijtimoiy samaradorligi:  to‘sh suyagini ponasimon va bir tomonlama gemisternotomiyasi, deformatsiyalangan qovurg‘alarni xondrotomiya yoki rezeksiyasi amaliyotlarini qo‘llab ishlab chiqilgan jarrohlik usullari to‘sh suyagi protruziya va rotatsiyasini inobatga olib amaliyotdan keyingi simptomlarni optimal to‘g‘rilashni, amaliyotdan keyingi uzoq muddatlarda kosmetik natija va bemorlarni hayot sifatini yaxshilashni ta’minladi. Iqtisodiy samaradorligi: to‘sh suyagi protruziya va rotatsiyasini inobatga olib amaliyotdan keyingi sindromlarni korreksiya qilish yo‘li bilan kosmetik natijalarni yaxshilash bemorlar hayot sifatini yaxshilanishiga va ularni sog‘lom kundalik hayot tarziga qaytishlariga, hamda Davlat uchun nogironlik mavjud bemorlarni ta’minlash uchun sarf xarajatlarni bir bemorga nisbatan 4000000 so‘mni tejashga olib keldi. Xulosa: to‘sh suyagi ponasimon va bir tomonlama gemisternotomiyasi, deformatsiyalangan qovurg‘alar xondrotomiyasi va rezeksiyasi amaliyotlarini qo‘llab rivojlangan amaliyotdan keyingi sindromlar bilan bemorlarni davolash asosida a’lo kosmetik va funksional natijalarga erishishga, bemorlarni hayot sifatining yaxshilanishiga va ularning sog‘lom kundalik hayot tarziga qaytishlariga zamin yaratdi, hamda Davlat uchun nogironlik mavjud bemorlarni ta’minlash uchun sarf xarajatlarni bir bemorga nisbatan 4000000 so‘mni tejashga olib keldi.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish