Yuldasheva Guzal Qaxxor qizining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Farg‘ona viloyati sharoitida intensiv shaftoli bog‘lari barpo qilish uchun nav tanlash va yangi shakl berish usullari”, 06.01.07 – Mevachilik va uzumchilik (qishloq xo‘jaligi fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2025.2.PhD/Qx1691.
Ilmiy rahbar: Islamov Soxib Yaxshibekovich, qishloq xo‘jaligi fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Akademik M.Mirzaev nomidagi bog‘dorchilik, uzumchilik va vinochilik ilmiy-tadqiqot instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat agrar universiteti, DSc.05/29.04.2022.Qx.13.04.
Rasmiy opponentlar: Eshankulov Bobomurod Inayatovich, qishloq xo‘jaligi fanlari doktori, professor; Hojiev Sanjar Samadovich, qishloq xo‘jaligi fanlari bo‘yicha falsafa doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: O‘simliklar genetik resurslari ilmiy-tadqiqot instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi Farg‘ona viloyati sharoitida intensiv shaftoli bog‘lari barpo qilish uchun nav tanlash va shakl berish usullarini takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk bor Farg‘ona viloyati tuproq-iqlimi sharoitida shaftolining istiqbolli navlarini kompleks o‘rganish asosida hosildorligi va tovar sifati yuqori bo‘lgan tuksiz Fantaziya, Oq luchchak va Muyassar, tukli navlardan Sharq va Zolotaya Moskva navlari tanlab olingan;
kolleksion navlar orasida eng yuqori mahsuldorlik tuksiz navlardan Muyassar 19,3 kg/tup, Fantaziya 17,9 kg/tup, Oq luchchak 19,8 kg/tup, Anjir Donat 20,7 kg/tup, tukli navlardan Frost 23,7 kg/tup bo‘lishi aniqlangan;
shaftoliga to‘rt liderli “Ispan tupi” usulida shakl berilganda daraxtlar bo‘yining 20% gacha pasayishi, daraxtlarning bog‘ maydoni birligini shox-shabba proeksiyasi bilan band qilish darajasi eng kichik – 3000 m2, ya’ni 30,0 % ni tashkil etishi ilmiy asoslangan;
vegetativ yo‘l bilan ko‘payadigan klon payvandtagda o‘stirilgan shaftoli daraxtlariga to‘rt liderli “Ispan tupi” usulida shakl berilganda hosildorlik (17,4 t/ga) oddiy kosasimon usulda shakl berilganga (14,1 t/ga) nisbatan 19 % gacha ortishi isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Farg‘ona viloyati sharoitida intensiv shaftoli bog‘lari barpo qilish uchun nav tanlash va yangi shakl berish usullarini ishlab chiqish bo‘yicha olib borilgan tadqiqot natijalari asosida:
bog‘dorchilikka ixtisoslashgan klaster, fermer, dehqon va tomorqa xo‘jaliklari uchun «Yarim pakana intensiv shaftoli bog‘lariga shakl berish bo‘yicha» nomli tavsiyanoma tasdiqlangan (Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi Qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazining 2025 yil 14 iyuldagi 05/06-03-292-son ma’lumotnomasi). Ushbu tavsiyanoma klaster, fermer, dehqon va tomorqa xo‘jaliklarida yuqori va sifatli shaftoli hosili etishtirishda amaliy qo‘llanma sifatida xizmat qilmoqda;
intensiv shaftoli bog‘lariga to‘rt liderli “Ispan tupi” usulida shakl berish ishlanmasi Farg‘ona viloyati Farg‘ona tumani «Mashrab Usmon umidli bog’i» fermer xo‘jaligida 1 gektar maydonga joriy qilingan (Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi Qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazining 2025 yil 14 iyuldagi 05/06-03-292-son ma’lumotnomasi). Buning natijasida umumqabul qilingan kosasimon shakl berishga nisbatan gektariga 2,4 tonna ko‘proq hosil olingan. Iqtisodiy samaradorlik 60 % ni tashkil etgan.
shaftolini intensiv bog‘larini barpo qilish ishlanmasi Farg‘ona viloyati Farg‘ona tumani «Mashrab Usmon umidli bog’i» fermer xo‘jaligida 1 gektar, Quva tumani «Fruits Brend Cluster» fermer xo‘jaligida 0,2 gektar, jami 1,2 maydonga joriy qilingan (Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi Qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazining 2025 yil 14 iyuldagi 05/06-03-292-son ma’lumotnomasi). Xususan, Farg‘ona viloyati tuproq-iqlimi sharoitida shaftoli bog‘lari barpo qilish imkonini beruvchi GF-677 payvandtagida Chempion va Anjir shaftoli (Donat) navlarining intensiv bog‘lari barpo qilingan. Buning natijasida rejaga nisbatan 4-5 tonna ko‘proq tovar hosil etishtirilgan, iqtisodiy samaradorlik 40-54 % ni tashkil etgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish