Ergashev Javoxir Iskandar o‘g‘lining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Romen salat etishtirish texnologiyasining ayrim elementlarini ishlab chiqish (Samarqand viloyati misolida)”, 06.01.06 – Sabzavotchilik (Qishloq xo‘jaligi fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.4.PhD/Qx1534
Ilmiy rahbar: Sanaev Sobir Toyirovich, qishloq xo‘jaligi fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Samarqand davlat universiteti Agrobiotexnologiyalar va oziq-ovqat xavfsizligi instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat agrar universiteti, DSc.05/29.04.2022.Qx.13.04.
Rasmiy opponentlar: Dusmuratova Saodat Ismailovna, qishloq xo‘jaligi fanlari doktori, professor; Turdieva Feruzaxon Tirkashboevna, qishloq xo‘jaligi fanlari bo‘yicha falsafa doktori.
Yetakchi tashkilot: Sabzavot, poliz ekinlari va kartoshkachilik ilmiy-tadqiqot instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi Samarqand viloyati sharoitida takroriy ekinda romen salati (Lactuca sativa var. longifoliaga) navlarini parvarishlash texnologiyasining muhim elementlarini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
ilk bor Samarqand viloyatining o‘tloqi bo‘z tuproqlari sharoitida takroriy ekin sifatida romen salatini maqbul ekish muddati va maqbul ekish sxemasida ko‘chatlaridan ekib o‘stirish agrotexnologiyasi ishlab chiqilgan;
takroriy ekinda romen salatining Sladkiy xrust, Aktina va Batsio navlarida urug‘larining unuvchanligi 87,0-89,6%, standart ko‘chat chiqimi 86,1-88,9%, ko‘chatlar maqbul ekish muddatida (25 iyulda) va maqbul ekish sxemada (60x15 sm) ekilganda tutuvchanligi 92,8-94,7% bo‘lishi ilmiy jihatdan isbotlangan;
romen salatining Sladkiy xrust, Aktina va Batsio navlari takroriy ekin sifatida 30-35 kunlik ko‘chatlaridan 25 iyulda ekib o‘stirilganda hosilni yig‘ish oldidan saqlanib qolgan o‘simliklar ulushi 89,5-91,8 %, bir dona salatbosh vazni 378,5-403,6 g. gacha shakllanib, hosildorlik 28,2-30,9 t/ga, tovar hosil chiqimi 94,8-96,0 % bo‘lishi ilmiy jihatdan isbotlangan;
romen salati navlari takroriy ekinda maqbul ekish sxemada (60x15 sm) ekib yetishtirilganda hosilni yig‘ish oldidan saqlanib qolgan o‘simliklar ulushi 87,4-88,4 %, o‘rtahca bir dona salatbosh vazni 297,2-325,2 g, maydon birligidan olingan salatbosh hosili 28,8-31,9 t/ga, tovar hosil chiqimi eng yuqori 26,9-30,2 t/ga yoki umumiy hosilga nisbatan mos ravishda 93,4-94,8 % bo‘lishi ilmiy asoslangan;
romen salatining Sladkiy xrust, Aktina va Batsio navlari takroriy ekinda maqbul ekish muddatida (25 iyul) va maqbul ekish sxemada (60x15 sm) ekib o‘stirilganda navlar bo‘yicha gektaridan 52,2 - 60,9 mln. so‘m sof foyda olinib, rentabellik darajasi 129,1 - 143,6 % yuqori bo‘lishi isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Samarqand viloyatining o‘tloqi bo‘z tuproqlari sharoitida romen salati navlarini takroriy ekin sifatida o‘stirilganda turli ekish muddatlari va turli ekish sxemalarini tovar hosil chiqimi, hosil sifati va iqtisodiy samaradorligiga ta’sirini o‘rganish bo‘yicha olib borilgan ilmiy tadqiqotlar natijalari asosida:
Dehqon, fermer va tomorqa xo‘jaliklari uchun “Takroriy ekinda romen salati yetishtirish texnologiyasi” nomli tavsiyanoma tasdiqlangan (O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi, Qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazining 2025 yil 15 oktyabrdagi № 05/06-04-669-sonli ma’lumotnomasi). Ushbu tavsiyanomadan tomorqa yer egalari, dehqon va fermerlar takroriy ekinda romen salati yetishtirishda uslubiy qo‘llanma sifatida keng foydalanilmoqda;
Romen salati navlarini takroriy ekinda 30-35 kunlik ko‘chatlarini maqbul ekish muddatida (25.VII) va maqbul ekish sxemasida (60x15 sm) ekib yetishtirish texnologiyasi Samarqand viloyatining Urgut tumanida 1,6 gektar, Toyloq tumanida 1,3 gektar va Oqdaryo tumanida esa 0,8 gektar, jami 3,7 gektar maydonga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi, Qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazining 2025 yil 15 oktyabrdagi №05/06-04-669-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, ushbu agrotexnologik elementlarni qo‘llash orqali romen salatidan 25,1-29,7 t/ga tovarbop hosil olingan.
Takroriy ekinda romen salatining Sladkiy xrust, Aktina va Batsio navlari iyul oyining 3-dekadasida 25-iyulda 60x15 sm sxemada 30-35 kunlik ko‘chatlaridan yetishtirish agrotexnologiyasi Samarqand viloyatining Urgut, Toyloq va Oqdaryo tumanlari fermer xo‘jaliklariga jami 3,7 gektar maydonga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi, Qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazining 2025 yil 15 oktyabrdagi № 05/06-04-669-sonli ma’lumotnomasi). Natijada qo‘shimcha 6,6-7,8 t/ga hosil olinib, 50284,1-59453,4 ming so‘m/ga sof foyda yoki amaldagi ekish muddati va sxemasiga nisbatan qo‘shimcha 15520,7-19320,7 sof foyda hamda 126,1-140,4% rentabellik darajasiga erishilgan.