Fozilova Xurshida Pardaevnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Tut ipak qurti naslchiligida turli genotipdagi zotlar pilla mahsuldorligini oshirishning ilmiy asoslari”, 06.02.04–Ipakchilik (qishloq xo‘jaligi fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.2.PhD/Qx1448
Ilmiy rahbar: Umarov Shavkat Ramazanovich, qishloq xo‘jaligi fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat agrar universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat agrar universiteti, PhD.05/30.12.2019.Qx.13.02.
Rasmiy opponentlar: Valiev Sayfiddin Tojiddinovich, qishloq xo‘jaligi fanlari bo‘yicha falsafa doktori, katta ilmiy xodim; Oserbaeva Sarbinaz Rustemovna, qishloq xo‘jaligi fanlari doktori.
Yetakchi tashkilot: Chovachilik va parrandachilik ilmiy tadqiqot instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi tut ipak qurtining superelita va elita bosqichlarida oila-oila va tuxum aralashmalari shaklida ko‘paytirish usulini naslli qurtlarning biologik, reproduktiv, pilla mahsuldorlik va texnologik xususiyatlariga ta’sirini baholashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
ilk bor toza zotlarni oila-oila tarzida ko‘paytirish usuli tuxum quymasidagi tuxumlar sonini 734-880,5 donagacha ortishiga olib kelishi isbotlangan;
ipak qurti zotlari naslchiligining har bosqichida nasldorlik belgilarini avlodma-avlod oshirib borishning seleksion omillari aniqlangan;
oila-oila usulida ko‘paytirilgan zotlarning tuxum jonlanishi 4 xil genotipga ega zotlarda tuxum aralashmasi usuliga nisbatan 2,6 foizdan 13,4 foizgacha oshishi mumkinligi isbotlangan;
ikki xil naslchilik usulida toza zotlarni irsiy belgilarini namoyon bo‘lish chegaralarini aniqlash asosida qurtlar hayotchanligini 90,5-94,4 % ga yetkazish imkoniyatlari asoslab berilgan;
oilaviy ko‘paytirish usulini qo‘llab, yirik va o‘rta pillali zotlarda nasldorlik xususiyatini: pilla vazni bo‘yicha 2,5 g gacha, pilla qobig‘i vaznini 548 mg gacha yetkazishning ilmiy jihatlari aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Tut ipak qurti naslchiligida turli genotipdagi zotlar pilla mahsuldorligini oshirishning ilmiy asoslari yo‘nalishida olib borilgan tadqiqotlar natijalari asosida:
Tut ipak qurtini oila-oila qilib parvarishlash asosida tayyorlangan yuqori mahsuldor «Gulshan» zotidan 25 quti miqdorda Toshkent viloyati Bekobod tumanidagi «AAA Silk pro tomarqa xizmati» MChJ urug‘chilik korxonasining naslli hududida joriy etilgan (Ipakchilik va jun sanoatini rivojlantirish qo‘mitasining 2025 yil 4 yanvardagi 3-10 sonli ma’lumotnomasi). Natijada bir quti qurtdan 52 kg naslli pilla olinib, qiyoslovchiga nisbatan naslli pillalarning vazni 0,2 gr ga, ipakchanligi 1,0 foizga va quruq pilladan xom ipak chiqishi esa 3,0 foizga oshishiga erishilgan. Bir quti qurt hisobiga qo‘shimcha 1,31 kg xom ipak olinishi hisobiga iqtisodiy samaradorlik 739 550,6 so‘mni, sof foyda 579 814,4 so‘mni va rentabellik darajasi 17,7 foizni tashkil etgan;
Yangi usulda tayyorlangan tut ipak qurtining «Go‘zal» zotidan 100 dona onalik quymalari va 2,5 quti tuxumdan chiqqan qurtlari Farg‘ona viloyati «Farg‘ona pilla naslchiligi» MChJ naslchilik korxonasining oilalar pitomnigida joriy etilgan (Ipakchilik va jun sanoatini rivojlantirish qo‘mitasining 2025 yil 4 yanvardagi 3-10 sonli ma’lumotnomasi). Natijada parvarishlangan xar bir quti qurtdan 55,0 kg naslli pilla hosili olishga erishilgan. Tajribadagi oila-oila tarzida parvarishlangan qurtlar naslli pillalarning bir donasi vazni 0,3 g ga, ipakchanligi 0,4 foizga, va quruq pilladan xom ipak esa 2,3 foizga ortiqcha chiqishiga erishilib, qo‘shimcha 1,76 kg xom ipak olingan. Iqtisodiy samaradorlik 1099089,8 so‘mni va sof foyda 737 238,5 so‘mni tashkil etib, rentabellik darajasi 19,7 foizga oshgan;
Tut ipak qurti urug‘larini yaxshilovchi yangi usul asosida «Marvarid» zotidan 100 dona onalik qo‘ymalari va 2,5 quti tuxumdan chiqqan qurtlari Farg‘ona viloyati «Farg‘ona pilla naslchiligi» MChJ naslchilik korxonasining oilalar pitomnigida joriy etilgan (Ipakchilik va jun sanoatini rivojlantirish qo‘mitasining 2025-yil
4-yanvardagi 3-10 sonli ma’lumotnomasi). Natijada bir quti qurtdan 57 kg naslli pilla olishga erishilgan. Tajriba variantidagi oila-oila tarzida parvarishlangan qurtlar naslli pillalarning bir donasi vazni 0,4 g ga, ipakchanligi 0,4 foizga va quruq pilladan xom ipak chiqishi esa 3,0 foizga oshgan. Bir quti qurt hisobiga qo‘shimcha 1,96 kg xom ipak olinishi natijasida iqtisodiy samaradorlik 1226246,2 so‘mni, sof foyda 735 295,4 so‘mni, rentabellik darajasi 18,7 foizni tashkil etgan.