Tuygunov Rasul Bolibekovichning
dissertatsiya himoyasisiz seleksiya yutug‘i (ixtiro patenti) asosida falsafa doktori (PhD)
ilmiy darajasini berish bo‘yicha e’lon matni
I. Umumiy ma’lumotlar. Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Sug‘oriladigan erlarda arpaning oziqabop, hosildor va yotib qolishga chidamli navlarini tanlash va yaratish (Zarafshon vohasi sharoitida)”, 06.01.05 - Seleksiya va urug‘chilik (qishloq xo‘jaligi fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.4.PhD/Qx1254.
Ilmiy rahbar: G‘aybullaev G‘ulom Saydalimovich, qishloq xo‘jaligi fanlari doktori, professor.
Ilmiy-tadqiqot ishi bajarilgan muassasa nomi: Lalmikor dehqonchilik ilmiy-tadqiqot instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Lalmikor dehqonchilik ilmiy-tadqiqot instituti, PhD.05/31.10.2025.Qx.198.01.
O‘zbekiston Respublikasi Intellektual mulk agentligining ixtiroga patenti: Arpaning “Bek” navi (NAP 574).
II. Tadqiqotning maqsadi Arpaning jahon kolleksiyasi nav namunalarini qimmatli xo‘jalik-biologik xususiyatlarini o‘rganish, turli ekologik-geografik guruhlarga mansub bo‘lgan arpa navlarining yuqori ko‘rsatkichga ega bo‘lgan namunalarni ajratib olish va seleksiya uchun dastlabki ashyo yaratish hamda shular asosida intensiv tipdagi arpa navini yaratishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk bor kelib chiqishi turli geografik mintaqalarga mansub bo‘lgan yangi arpa namunalarining qimmatli xo‘jalik belgi va xususiyatlari Samarqand viloyatining sug‘oriladigan maydonlarida sharoitida aniqlangan hamda boshlangʻich manba sifatida ajratib olingan;
arpaning yotib qolishga chidamliligi bo‘yicha 11 ta (Bolg‘ali, Do‘stlik-2011, Mavlono, Qizilqo‘rg‘on, Xonaqox, Mezon, Mirzacho‘l, Zafar, Temur va K-22845 va K566244) nav namunalari 9 ballik shkalada baholangan;
arpa nav va namunalarining mahsuldorlik va hosildorlik ko‘rsatkichlari yuqori bo‘lgan quyidagi Temur, 1st GSBSN-17, 1st GSBSN-20, K-561063, K-22845, K-19985, K-92320 va K-566244 nav namunalari tanlab olindi va andozaga nisbatan mahsuldor tuplanish 0,7-2,4 donaga, don hosildorligi 45,4-128,4 g/gacha yuqori ekanligi aniqlangan;
nazorat nav sinash maydonida o‘rganilgan quyidagi Bolg‘ali, Do‘stlik-2011, Mavlono, Qizilqo‘rg‘on, Xonaqox, Mezon, Mirzacho‘l, Zafar, Temur, 1st GSBSN-2, NM-2018-25, K-22845, K-92320, K-4568 va K-5698 nav va tizmalari andoza “Ixtiyor” naviga nisbatan mahsuldor tuplanish 0,8 dona, bitta boshoqdagi donlar soni 2,4-13,8 donaga, 1000 dona don vazni 0,5-5,0 g/ga, don hosildorligi o‘rtacha 4,9-16,0 s/ga yuqori ekanligi kuzatilgan;
nazorat nav sinash maydonida o‘rganilgan quyidagi NM-2018-14, NM-2018-21, NM-2018-7, NM-2018-38, NM-2018-25 (Bek) , NM-2018-9 va NM-2018-13 nav va tizmalarida don hosildorligi o‘rtacha 63,6-70,8 s/ga , andozaga nisbatan 1,1-8,3 s yuqori ekanligi aniqlangan;
tadqiqot natijalari asosida arpaning sug‘oriladigan maydonlar uchun ertapishar, yotib qolishga chidamli, yuqori hosilli va ozuqa birligi yuqori bo‘lgan “Bek” navi yaratilgan hamda Intelektual Mulk Agentligi tominidan seleksiya yutug‘iga 21.08.2025 №NAP 574 raqamli patent olingan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Sug‘oriladigan maydonlarda ekish uchun arpaning hosildor va ozuqabop, yotib qolishga chidamli bo‘lgan yangi navini yaratish bo‘yicha olib borilgan tadqiqot natijalari asosida:
sug‘oriladigan maydonlarda ekish uchun hosildorligi va ozuqabop, yotib qolishga chidamli bo‘lgan yangi “Bek” navi yaratilgan hamda Qishloq xo‘jalik ekinlari navlarini sinash markaziga sinov uchun topshirilgan va amaliyotga joriy etilgan (Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi Qishloq xo‘jaligi ekinlari navlarini sinash markazining 2025 yil 22-setabrdagi T-6/02-09-673-son ma'lumotnomasi). Natijada arpaning hosildor va ozuqabop, yotib qolishga chidamli yangi navi bilan ta’minlangan;
sug‘oriladigan maydonlari maydonlarda ekish uchun hosildor va ozuqabop, yotib qolishga chidamli bo‘lgan yangi “Bek” navi 118,6 ga Samarqand viloyati Jomboy tumanida “Yodgor Nazarov erlari” f/x 20 ga, “Farboma SELEKT” urug‘chilik f/x 5,0 ga, “Iroda Tursunova erlari” f/x 5,8 ga, “Avaz agro hosil” f/x 15,7 ga, “Farxod Rustam erlari” f/x 10,4 ga, “Meliev Xolmurod Zamini” f/x 10,6 ga, “Marjona Karimova erlari” f/x 5,7 ga, Payariq tumanida “Jaxongirbek Agro Baraka zamini” f/x 12,7 ga, “Karim ota” f/x 9,4 ga, “G‘allachilik” f/x 7,3 ga, “Azamatbek” f/x 8,7 ga, “Sulton bobo paxta zamini” f/x 7,3 ga jami 118,6 ga sug‘oriladigan maydonlariga joriy qilingan (Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi Qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazining 2025-yil 11-noyabrdagi 05/05-03-499-son ma’lumotnomasi). Arpaning “Bek” navi joriy qilinishi hisobiga gektaridan 2,4-5,0 s/ga qo‘shimcha don hosili olinib, rentabellik darajasi 62,6-70,8 foizni tashkil etgan;
Arpaning yangi “Bek” navi milliy genbankga noyob ilmiy ob’ekt bo‘limiga arpaning genetik resurslari geneofondini boyitish, hozirgi va kelajak avlod uchun kafolatli saqlash maqsadida topshirilgan (O‘simliklar genetik resurslari ilmiy-tadqiqot institutining 2025-yil 3-oktyabrdagi 06/01.04.624-son ma'lumotnomasi). Natijada milliy genbankning arpa genetik resurslari geneofondi hosildorligi va ozuqabop, yotib qolishga chidamli arpaning yangi navi bilan boyitilgan.