Erkaev Ardasher Mamaraximovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Mahalliy xomashyolar asosida tarkibida epoksi guruh tutgan birikmalar olish va qo‘llash», 02.00.14–Organik moddalar va ular asosidagi materiallar texnologiyasi (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: : B2019.1.PhD/T557.
Ilmiy rahbar: Nurqulov Fayzulla Nurmuminovich,texnika fanlari doktori.
Dissertatsiya bajarilgan muassasalar nomi: Toshkent kimyo-texnologiya ilmiy-tadqiqot instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Termiz davlat universiteti, Toshkent kimyo-texnologiya ilmiy-tadqiqot instituti, PhD.29.12.2018.T.78.01.
Rasmiy opponentlar: Fayzullaev Normurot Ibodullaevich, texnika fanlari doktori, professor; Sidikov Abdujalil Sidikovich, kimyo fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Buxoro davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: epoksid guruhlarni o‘z ichiga olgan moddalarga asoslangan, tarkibida fosfor, azot, metall tutgan yangi oligomerlar olish texnologiyasini ishlab chiqish va ular asosida polimer kompozit materiallar tayyorlashdan iborat
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
mahalliy xomashyolar asosida, fosfor, azot, metall tarkibili epoksid oligomerlar olingan;
epoksid guruhlariga ega bo‘lgan fosfor, azot va metalli oligomerlarning fizik-kimyoviy xususiyatlari aniqlangan;
sintez qilingan epoksid oligomerlarining tarkibi va xususiyatlari aniqlangan;
fosfor, azot va metall tutgan epoksid bog‘lovchilar asosida polimer kompozit materiallar olingan va ularning xususiyatlari aniqlangan;
fosfor, azot, metall tutgan epoksid oligomerlarning yong‘inga chidamliligi, antikorrozion va fizik-mexanik xususiyatlari aniqlangan hamda yangi turdagi antikorrozion qoplama tarkiblari ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Mahalliy xomashyolar asosida tarkibida epoksi guruh tutgan birikmalar olish va qo‘llash bo‘yicha olingan natijalar asosida:
azot va fosfor saqlagan epoksid smolalari asosida elim kompozisiyani olish usuliga O‘zbekiston Respublikasi Intellektual mulk agentligining ixtiro uchun patenti olingan (IAP 05554, 2018). Natijada yaratilgan usul mahalliy xomashyolar asosida elim kompozisiyalarini olish imkonini bergan;
mahalliy xomashyolar asosida epoksid oligomerlari ishlab chiqarishni texnologik jarayonlari «Toshket kimyo-texnologiya ilmiy tadqiqot instituti» MChJda amaliyotga joriy etilgan («O‘zkimyosnoat» AJning 2019 yil 8 apreldagi 01/3-1944/K-son ma’lumotnomasi). Natijada polietilen uchun termik chidamli modifikatorlar ishlab chiqarish imkonini bergan.
tiomochevina, mochevina va ammofos asosida olingan epoksid oligomerlar «Kafolat rezina» MChJda amaliyotga joriy etilgan («O‘zkimyosnoat» AJning 2019 yil 8 apreldagi 01/3-1944/K-son ma’lumotnomasi). Natijada termik chidamli va mexanik mustahkam modifikatorlar ishlab chiqarish imkonini bergan.