Mirsaidova Ra’no Ravshanovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “O‘zbekistonga keltirilayotgan tovuq krosslarining morfofiziologik va immunomoshlashuv ko‘rsatkichlarini tadqiq etish”, 16.00.03-Veterinariya mikrobiologiyasi, virusologiya, epizootologiya, mikologiya, mikotoksikologiya va immunologiya (veterinariya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.3PhD/V67
Ilmiy rahbar: Ruzikulov Rahmatullo Fayzullaevich, veterinariya fanlari nomzodi, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Samarqand davlat veterinariya medisinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Samarqand davlat veterinariya medisinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universiteti, DSc.06/30.12.2019.V.12.01.
Rasmiy opponentlar: Davlatov Ravshan Berdievich, veterinariya fanlari doktori, professor; Ahmedov Bahodir Nazarovich, veterinariya fanlari nomzodi, katta ilmiy xodim.
Yetakchi tashkilot: Veterinariya ilmiy tadqiqot instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi O‘zbekistonga olib kirilayotgan, sanoat asosida hamda kichik va oilaviy parrandachilik xo‘jaliklarida boqilayotgan issiq, sovuq, quruq va nam iqlimga moslashgan tovuq krosslarining morfofiziologik va immunomoslashuv ko‘rsatkichlarini aniqlashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk bor O‘zbekistonga olib kirilayotgan tuxum yoʻnalishidagi tovuq krosslarining mahsuldorlik qobiliyatini ifodalovchi morfofiziologik ko‘rsatkichlari o‘rganilib, tana tuzilishi indekslaridagi morfologik farqlariga ko‘ra, Dekalb Tindes, Loman LSL va Loman Sendi krosslari yuqori ko‘rsatkichga ega ekanligi aniqlangan;
pinotsitoz jarayoni faolligini baholovchi tovuq krosslarining hazm organlarining morfometrik ko‘rsatkichlarini o‘rganish natijasida Dekalb Tindes va Dekalb Uayt krosslari boshqa krosslarga nisbatan ustun ekanligi isbotlangan;
virusli kasalliklarga qarshi tovuq krosslarining vaksinatsiyadan oldingi va keyingi gumoral immun javobi IFA immunologik tashhis usulini qo‘llash orqali antitana titrlari o‘rganilganda, Nyukasl kasalligiga Loman LSL krossi (41165) va infeksion bronxitga Deklab Tindes krossi (10160) yuqori antitana titrlarini namoyon etishi aniqlangan;
tovuq krosslarining bakterial infeksiyalarga qarshi irsiy immunologik barqarorligi va tabiiy chidamliligini bo‘yicha tabiiy antitana titrlari serologik usulda aniqlanganda, Salmonella ga qarshi eng yuqori tabiiy chidamlilik Dekalb Tindes krossida (1:142) va Pasteurella ga qarshi chidamlilik esa Dekalb Tindes va Dekalb Uayt krosslarida (mos ravishda 1:63) eng yuqori tabiiy antitana titrlari aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. O‘zbekistonga olib kirilayotgan, sanoat asosida hamda kichik va oilaviy parrandachilik xo‘jaliklarida boqilayotgan issiq, sovuq, quruq va nam iqlimga moslashgan tovuq krosslarining morfofiziologik va immunomoslashuv ko‘rsatkichlarini aniqlash bo‘yicha olib borilgan ilmiy-tadqiqotlar natijalari asosida:
“O‘zbekistonga keltirilayotgan tovuq krosslarining morfofiziologik va immunomoslashuvlik ko‘rsatkichlarini o‘rganish bo‘yicha tavsiyanoma” ishlab chiqilgan va amaliyotga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qo‘mitasining 2025-yil 2-oktyabrdagi 02/23-681-sonli maʼlumotnomasi). Natijada mamlakatimiz iqlim sharoitiga to‘liq moslashgan, mahsuldorlik ko‘rsatkichlari standart ko‘rsatkichlarga javob beradigan tovuq krosslaridan foydalanish tavsiya etilib, sanoat asosida rivojlangan parranda fabrikalari va klasterlarda mazkur krosslarni boqish orqali mahsuldorlik ko‘rsatkichlarini oshirishga erishilgan;
tovuqlarning Nyukasl kasalligi va infeksion bronxitga qarshi vaksina samaradorligi va uning taʼsirini baholashda vaksinatsiyadan oldin va keyin antitana titrlari IFA usulida aniqlanib, ularning krosslar bo‘yicha qiyosiy baholash usuli joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qo‘mitasining 2025-yil 2-oktyabrdagi 02/23-681-sonli maʼlumotnomasi). Natijada tovuqlarni kasalliklarga vaksinatsiya muddatlarini belgilash va vaksinatsiyadan keyingi gumoral immun javob darajasini baholash imkoniyati yaratilgan;
tovuq krosslarining Salmonella va Pasteurella infeksiyalariga qarshi tabiiy immunitet titrlarini Agglyutinatsiya reksiyasi (RA) usuli bilan aniqlash amalga oshirilgan (O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qo‘mitasining 2025-yil 2-oktyabrdagi 02/23-681-sonli maʼlumotnomasi). Buning natijasida mamlakatimizga olib kirilayotgan tovuq krosslarida sanoat parrandachiligi va klasterlar sharoitida infeksion kasalliklarga qarshi samarali profilaktika va qarshi kurashish tadbirlarini takomillashtirishga erishilgan.