Qodirova Gavhar Alisher qizining falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon 

I.    Umumiy ma’lumotlar
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Ta’lim motivatsiyasi ustuvorligida bo‘lajak muhandislarga ingliz tilini o‘rgatish metodikasini takomillashtirish”, 13.00.02– Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (Ingliz tili),(pedagogika fanlari). 
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.1.PhD/Ped7069
Ilmiy rahbar: Hamidov Jalil Abdurasulovich, pedagogika fanlari doktori, professor. 
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Jizzax politexnika instituti
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti, PhD.03/07.06.2024.Ped.27.02
Rasmiy opponentlar: Jumanazarov Umid Umirzakovich, pedagogika fanlari doktori, professor; Himmataliev Do‘stnazar Omonovich, pedagogika fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Guliston davlat universiteti
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II.    Tadqiqotning maqsadi ta’lim motivatsiyasi ustuvorligida bo‘lajak muhandislarga ingliz tilini o‘rgatish metodikasini takomillashtirishdan iborat. 
III.    Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
bo‘lajak muhandislarga ta’lim motivatsiyasi ustuvorligida ingliz tilini o‘rgatishning uslubiy-didaktik ta’minoti motivatsiyani faollashtiruvchi situatsion, lingvokognitiv, instrumental hamda ijtimoiy-madaniy funksiyalari mazmuniga shaxsiy-motivatsion, tashkiliy-metodik, moddiy-texnik kabi shart-sharoitlarni diversifikatsiya qilish orqali takomillashtirilgan;
bo‘lajak muhandislarning ingliz tilini o‘rganishga bo‘lgan motivatsiyasini salbiydan ijobiy faol darajaga oshirishning variativ rivojlanish, faol o‘qitish hamda ijodiy mustaqillik bosqichlari mazmuniga CDIO, ADDIE ta’lim texnologiyalari va “experience exchange”, “rotation” ta’lim metodlarini singdirish orqali takomillashtirilgan;
texnika oliy ta’lim muassasalarida bo‘lajak muhandislarga ta’lim motivatsiyasi ustuvorligida ingliz tilini o‘rgatish metodikasi “Ingliz tili” o‘quv kursiga ijtimoiy-o‘yin modelini joriy etish orqali kasbga yo‘naltirilgan terminlarni muhandislarning mustaqil ta’lim olish jarayoni mazmuniga singdirish orqali takomillashtirilgan; 
bo‘lajak muhandislarning ta’lim motivatsiyasi ustuvorligida ingliz tilini o‘rganishga motivatsiyasini rivojlanganligini baholash mezonlari o‘quv jarayonida tinglash va tushunish ko‘nikmalarini rivojlanganligi hamda ingliz tilidagi muhandislik terminlarini o‘zlashtirish darajasi orqali optimallashtirilgan.
IV.Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Zamonaviy ta’lim sharoitida bo‘lajak muhandislarning xorijiy tillarni o‘rganishga motivatsiyasini  rivojlantirish bo‘yicha tadqiqot natijalari asosida:
bo‘lajak muhandislarga ta’lim motivatsiyasi ustuvorligida ingliz tilini o‘rgatishning uslubiy-didaktik ta’minoti motivatsiyani faollashtiruvchi situatsion, lingvokognitiv, instrumental hamda ijtimoiy-madaniy funksiyalari mazmuniga shaxsiy-motivatsion, tashkiliy-metodik, moddiy-texnik kabi shart-sharoitlarni diversifikatsiya qilish orqali takomillashtirildi, uning natijalariga ko‘ra “English for logistics”nomli o‘quv qo‘llanma ishlab chiqilgan va ta’lim jarayoniga joriy etilgan (O‘zbekiston Respubliksi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2023-yil 29-maydagi 232-son buyrug‘i asosida olingan №232-767-sonli guvohnoma). Natijadan ta’lim jarayonida foydalanish, ta’lim sifatini oshirish va bo‘lajak muhandislarga ta’lim motivatsiyasi ustuvorligida ingliz tilini o‘rgatish metodikasini takomillashtirish imkonini bergan;
bo‘lajak muhandislarning ingliz tilini o‘rganishga bo‘lgan motivatsiyasini salbiydan ijobiy faol darajaga oshirishning variativ rivojlanish, faol o‘qitish hamda ijodiy mustaqillik bosqichlari mazmuniga CDIO, ADDIE ta’lim texnologiyalari va “experience exchange”, “rotation” ta’lim metodlarini singdirish orqali takomillashtirishga oid takliflardan Jizzax politexnika instituti ilmiy-tadqiqot ishlari rejasining “OT-F1-049 raqamli “Talabalarda assertiv xulqni shakllantirishning ijtimoiy – psixologik xususiyatlari” (2017-2021) mavzusida bajarilgan loyiha doirasida foydalanilgan. (JizPI 02-1321-1320  15.05.2023). Natijada bo‘lajak muhandislarga ta’lim motivatsiyasi ustuvorligida ingliz tili o‘qitish metodikasini takomillashitish imkoniyati yaratilgan;
texnika oliy ta’lim muassasalarida bo‘lajak muhandislarga ta’lim motivatsiyasi ustuvorligida ingliz tilini o‘rgatish metodikasi “Ingliz tili” o‘quv kursiga ijtimoiy-o‘yin modelini joriy etish orqali kasbga yo‘naltirilgan terminlarni muhandislarning mustaqil ta’lim olish jarayoni mazmuniga singdirish orqali takomillashtirishga oid takliflardan Jizzax politexnika instituti ilmiy-tadqiqot ishlari rejasining “AIF 1/4 – Kasb-hunarga yo‘naltirilgan markaz va elektronika bo‘yicha qo‘shma o‘quv laboratoriya yaratish” (2019-2021) mavzusidagi xalqaro amaliy tadqiqot loyihasini bajarishda foydalanilgan (Jizzax politexnika instituti tomonidan berilgan 02-1322-1321, 15.05.2023  raqamli ma’lumotnoma.) Mazkur ishlanmalar bo‘lajak muhandislarga ingliz tilini o‘rgatish metodikasini takomillashtirishga xizmat qilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish