Tillaev Bobomurod Abduvoxobovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beradigan fan tarmog‘i nomi): “Globallashuv sharoitida milliy o‘zlik muammosi: ijtimoiy-falsafiy tahlil” 09.00.04 – Ijtimoiy falsafa (falsafa fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.2.PhD/Fal1000
Dissertatsiya bajarilayotgan muassasa nomi: Namangan davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatadigan muassasa nomi, IK raqami: Namangan davlat universiteti, PhD.03/30.04.2021.F.76.06.
Ilmiy rahbarning F.I.Sh., ilmiy darajasi va unvoni: Akmal Nasriddinovich Abdullaev, Falsafa fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent.
Rasmiy opponentlar: Sobirova Marxabo Abdug‘anievna falsafa doktori (DSc), professor, Mamatov Obidxon Vaqqosovich Falsafa fanlari nomzodi, professor.
Yetakchi tashkilot: Farg‘ona davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi globallashuv sharoitida milliy o‘zlik jarayonining ijtimoiy-falsafiy mohiyatini tadqiq etish, uning ahamiyatini yoritish va rivojlantirish imkoniyatlarini ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
“Milliy o‘zlik” kategoriyasi metodologik asoslar (ijtimoiy determinatsiya, tarixiy-genetik omillar, ma’naviy meros) va falsafiy konseptualizatsiya (ontologik maqomi, sub’ektivlik va ob’ektivlik uyg‘unligi) doirasida yaxlit tahlil etilgan holda, birlamchi ijtimoiy-falsafiy konsepsiya sifatida ilmiy jihatdan asoslab berildi;
Globallashuv jarayonida “milliy o‘zlik”ning ijtimoiy-madaniy shakllanish mexanizmlari (madaniy interpenetatsiya, ijtimoiy integratsiya, akkulturatsiya va kontrakkulturatsiya kabi jarayonlar)ni falsafiy tilda tizimli tahlil etish orqali milliy identifikatsiya va universalizm o‘rtasidagi dialektik ziddiyatlar yangi nuqtai nazardan ochib berildi;
“Milliy o‘zlik” fenomenini ontologik (milliy o‘zlikning mavjudlik shakli), gnoseologik (bilish jarayonidagi ifodasi), aksiologik (qadriyatlar tizimidagi o‘rni) va dialektik (qarama-qarshiliklar asosidagi rivojlanish mexanizmi) falsafiy mezonlarda tahlil etish orqali milliy o‘zlikning falsafiy-strukturaviy modelini shakllantirish uchun konseptual asoslar ishlab chiqildi;
“Milliy o‘zlik”ni asrash va rivojlantirishning falsafiy paradigmasi konseptual jihatdan asoslanib, madaniy rekonstruksiya, aksiologik reaktulalizatsiya, gnoseologik refleksiya va identifikatsion integratsiya jarayonlari orqali milliy o‘zlikning mustahkamlanish mexanizmlari yoritib berildi.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
“Milliy o‘zlik” kategoriyasi metodologik asoslar (ijtimoiy determinatsiya, tarixiy-genetik asoslar, ma’naviy meros) va falsafiy konseptualizatsiya (ontologik statusi, sub’ektivlik-ob’ektivlik uyg‘unligi) orqali yaxlit tahlil qilingan holda birlamchi ijtimoiy-falsafiy konsepsiya sifatida asoslanganligiga kabi taklif va tavsiyalardan Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazining faoliyatidagi tarixiy adolatni tiklash, buyuk mutafakkirlar ijodini chuqur tadqiq qilish orqali milliy o‘zlikni anglashning ontologik va aksiologik poydevorini yaratishdagi targ‘ibot ishlarini tashkil etish va o‘tkazishda dissertatsiya materiallaridan foydalanilgan (Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazining 2025-yil 24-iyundagi 03-773-son ma’lumotnomasi). Natijada, dissertatsiyada ilgari surilgan takliflar, tavsiya va ilmiy xulosalar globallashayotgan dunyoda milliy o‘zlik muammosini ijtimoiy-falsafiy tahlil jihatlarini ilmiy asoslashga xizmat qilgan.
Globallashuv jarayonida “milliy o‘zlik”ning ijtimoiy-madaniy shakllanish mexanizmlari (madaniy interpenetratsiya, ijtimoiy integratsiya, akkulturatsiya va kontrakkulturatsiya kabi jarayonlar)ni falsafiy tilda sistematik tadqiq etish orqali milliy identifikatsiya va universalizm o‘rtasidagi dialektik ziddiyatlar yangi nuqtai nazardan ochiqlanganligiga oid taklif va tavsiyalardan O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi talaba va o‘quvchilarning ijtimoiy faolligini oshirish markazi tomonidan o‘tkazilayotgan targ‘ibot tadbirlari va turli tanlovlarni tashkil etish jarayonida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi talaba va o‘quvchilarning ijtimoiy faolligini oshirish markazining 2025-yil 2-iyuldagi 1/01-11-son ma’lumotnomasi). Natijada, tadqiqot ishi talaba yoshlarning ijtimoiy faolligini oshirishda muhim o‘rin tutgan holda yangi avlod yoshlarining ijtimoiy jihatdan faol, yurtimizda amalga oshirilayotgan islohotlarga daxldorligi va mamlakatning kelajagi uchun mas’uliyatli shaxslar sifatida shakllanishiga xizmat qiladi.
“Milliy o‘zlik” fenomenini ontologik (milliy o‘zlikning mavjudlik shakli), gnoseologik (bilish jarayonidagi ifodasi), aksiologik (qadriyatlar tizimidagi o‘rni) va dialektik (qarama-qarshiliklar asosidagi rivojlanish mexanizmi) falsafiy o‘lchovlarda tahlil etish orqali milliy o‘zlikning falsafiy-strukturaviy modelini shakllantirish uchun konseptual asoslar yaratilganligi kabi taklif va tavsiyalardan Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazining faoliyatidagi tarixiy adolatni tiklash, buyuk mutafakkirlar ijodini chuqur tadqiq qilish orqali milliy o‘zlikni anglashning ontologik va aksiologik poydevorini yaratishdagi targ‘ibot ishlarini tashkil etish va o‘tkazishda dissertatsiya materiallaridan foydalanilgan (Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazining 2025-yil 24-iyundagi 03-773-son ma’lumotnomasi). Natijada, dissertatsiyada ilgari surilgan takliflar, tavsiya va ilmiy xulosalar globallashaytgan dunyoda milliu o‘zlik muammosini ijtimoiy-falsafiy tahlil jihatlarini ilmiy asoslashga xizmat qilgan.
“Milliy o‘zlik”ni asrash va rivojlantirishning falsafiy paradigmasi konseptual jihatdan asoslanib, madaniy rekonstruksiya, aksiologik reaktualizatsiya, gnoseologik refleksiya va identifikatsion integratsiya jarayonlari orqali milliy o‘zlikning mustahkamlanish mexanizmlari isbotlanganligiga oid taklif va tavsiyalardan O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi talaba va o‘quvchilarning ijtimoiy faolligini oshirish markazi tomonidan o‘tkazilayotgan targ‘ibot tadbirlari va turli tanlovlarni tashkil etish jarayonida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi talaba va o‘quvchilarning ijtimoiy faolligini oshirish markazining 2025-yil 2-iyuldagi 1/01-11-son ma’lumotnomasi). Natijada, tadqiqot ishi talaba yoshlarning ijtimoiy faolligini oshirishda muhim o‘rin tutgan holda yangi avlod yoshlarining ijtimoiy jihatdan faol, yurtimizda amalga oshirilayotgan islohotlarga daxldorligi va mamlakatning kelajagi uchun mas’uliyatli shaxslar sifatida shakllanishiga xizmat qiladi.