Avazbekova Shohsanam Nurmamat qizining falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar. Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “Integrativ ta’lim texnologiyalari orqali boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining ilmiy dunyoqarashini rivojlantirish metodikasi (tabiiy fanlar misolida)”, 13.00.02 –Ta’lim va tarbiya nazariyasi va meodikasi (boshlang‘ich ta’lim).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.2.PhD/Ped5349
Ilmiy rahbar: Qo‘ldasheva Maxmuda Nurmatjanovna pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori, (DSc), dotsent
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Namangan davlat pedagogika instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi: Namangan davlat pedagogika instituti, PhD.03/27.09.2024.Ped.184.01
Rasmiy opponentlar: Pedagogika fanlari doktori (DSc), dotsent Abdullaeva Dilnoza Narzullaevna, pedagogika fanlari nomzodi Mo‘minov Mahamadsoli,.
Yetakchi tashkilot: Andijon davlat pedagogika instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: tabiiy fanlarni o‘qitish jarayonida boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining ilmiy dunyoqarashini rivojlantirish yuzasidan taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining tabiiy fanlar vositasida ilmiy dunyoqarashini rivojlantirishning mazmuni o‘quv motivatsiyaning ortishi va bilim doirasining kengayishida intellektual operatsiyalarning o‘zgaruvchanligi hamda hajm jihatidan kengayishi kabi refleksiv bilim va ko‘nikmalarni intensiv rivojlantirish bosqichlari ”Men tadqiqotchiman” nomli mini loyihalar to‘plami asosida aniqlashtirilgan;
shaxsiy, meta-mavzuli va mavzuga oid maqsadlarning tizimli faoliyat yondashuvi kontekstida boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida ilmiy dunyoqarashini shakllantirishning pedagogik modeli, tarixiy va ilmiy yondashuvga asoslangan tadqiqotchilik va amaliyotga yo‘naltirilgan vazifalarni qo‘llash imkoniyati yangi sharoitlarga moslashtirilgan vaziyatda integratsiyalash mobil ilova vositasida takomillashtirilgan;
fanning mazmuniga ko‘ra integrallashgan, hamkorlikda o‘quvchilar bilan ishlash, dars jarayonida vizual modellashtirish, evristik yondashuv va tadqiqotga yo‘naltirilgan nazariy va amaliy tadqiqot natijalarining integratsiyasi (“Kimyoviy detektivlar”, “Aqllar janggi” , “Xaridlar ro‘yxati”, “Kutish daraxti”, “Avtobus bekati”, “Ko‘p rangli varaqlar” “Geometrik shakllar” o‘yini, ”Bog‘ ” texnologiyasi) o‘qitish usullarini qo‘llash asosida takomillashtirilgan.
tabiiy fanlar darslarida boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining ilmiy dunyoqarashini rivojlantirishning o‘quv topshiriqlari ko‘rinishida loyihalash, o‘quvchilarning muvaffaqiyat motivlarini pedagogik qo‘llab-quvvatlash kabi didaktik shart-sharoitlari “vazifalar zanjiri”, mantiqiy-diskret va mantiqiy-amaliy muammolarni namoyish etish, dars rejasini qayta shakllantirish, bilimlar xaritasi bilan ishlash texnikalarining vositaviy texnologik jihatiga ustuvorlik berish asosida takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Tabiiy fanlarni o‘itish orqali o‘uvchilarning ilmiy dunyoqarashini rivojlantirishning nazariy-amaliy xususiyatlari tadqiqot natijalari asosida:
tabiiy fanlarni o‘qitish jarayonida o‘quvchilarning ilmiy dunyoqarashini rivojlantirishning mazmuni o‘quv motivatsiyaning ortishi va bilim doirasining kengayishi. Shuningdek, intellektual operatsiyalarning o‘zgaruvchanligi va hajm jihatidan kengayishi, tabiiy fanlar bo‘yicha bilimlarning mazmunan chuqurlashuvi kabi refleksiv ko‘nikma va bilimlarni intensiv rivojlantiruvchi kognitiv yondashuvlarni takomillashtirishga doir takliflardan SP-1002/21-raqamli “Animatsion yondashuv asosida boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida ekologik ongni shakllantirish” mavzusidagi amaliy loyiha hamda doirasida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi huzuridagi Respublika ta’lim markazining 2025-yil 6-avgustdagi 01/11-5-510-son ma’lumotnomasi, Namangan davlat pedagogika institutining 2025-yil 10-noyabrdagi 22-18/2640-03-son ma’lumotnomasi) olindi. Natijada, tabiiy fanlar darslarida o‘quvchilarning ilmiy dunyoqarashini rivojlantirish samaradorligini oshirishga xizmat qilgan;
o‘quvchilarning ilmiy dunyoqarashini rivojlantirishning pedagogik modeli, ilmiy dunyoqarashni shakllantiruvchi vaziyatlarning mazmuni va tabiiy fanlarning integratsiyasi asosida bilimga, tarixiy va ilmiy yondashuvga asoslangan, amaliyotga yo‘naltirilgan vazifalarni qo‘llash imkoniyati yangi sharoitlarga moslashtirilgan tarzda integratsiya qilish bo‘yicha takliflar asosida foydalanilgan. (O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi huzuridagi Respublika ta’lim markazining 2025-yil 6-avgustdagi 01/11-5-510-son ma’lumotnomasi). Natijada, o‘quvchilarning ilmiy dunyoqarashini rivojlantirishning samaradorligini oshirishga xizmat qilgan;
tabiiy fanlar mazmuniga ko‘ra integrallashgan, o‘tkazilish shakli bo‘yicha juftlik tarzida tashkil etilgan tabiiy fanlar to‘garak darslarini joriy etish orqali hamkorlikda o‘quvchilar bilan ishlash, dars jarayonida vizual modellashtirish, evristik yondashuv va tadqiqotga yo‘naltirilgan o‘itish usullarini qo‘llash bo‘yicha takliflardan SP-1002/21-raqamli “Animatsion yondashuv asosida boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida ekologik ongni shakllantirish” mavzusidagi amaliy loyiha hamda doirasida foydalanilgan (Namangan davlat pedagogika institutining 2025-yil 10-noyabrdagi 22-18/2640-03-son ma’lumotnomasi). Natijada, evristik yondashuv va tadqiqotga yo‘naltirilgan o‘qitish usullarini qo‘llash asosida samaradorlikka erishishilgan.
tabiiy fanlarni o‘itish jarayonida boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining ilmiy dunyoqarashini rivojlantirishning metodik ta’minoti ta’lim jarayonida subekt-subekt munosabatlariga asoslanish fan mazmunini o‘quv topshiriqlari ko‘rinishida loyihalash, o‘uvchilarning muvaffaqiyat motivlarini pedagogik qo‘llab-quvvatlash kabi didaktik shart-sharoitlari “vazifalar zanjiri”, mantiqiy-diskret va mantiqiy-amaliy muammolarni namoyish etish, dars rejasini qayta shakllantirish, bilimlar xaritasi bilan ishlash texnikalarining vositaviy texnologizatsion jihatiga ustuvorlik berish asosida takomillashtirishga doir taklif va tavsiyalardan (O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi huzuridagi Respublika ta’lim markazining 2025-yil 6-avgustdagi 01/11-5-510-son ma’lumotnomasi). Natijada, tabiiy fanlarni o‘qitish jarayonida boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining ilmiy dunyoqarashini rivojlantirishning metodik ta’minotini boyitilishiga xizmat qilgan.