Alikulov Akmal Akramovichning 
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon


I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmogʻi): “Milliy harakatli o‘yinlar vositasida bo‘lajak jismoniy tarbiya o‘qituvchilarini kasbiy faoliyatga tayyorlashning pedagogik mexanizmlari” 13.00.01–Pedagogika nazariyasi. Pedagogik ta’limotlar tarixi 
Dissertatsiya mavzusi roʻyxatga olingan raqam:  B2023.2.PhD/Ped4716
Ilmiy rahbar: Nazirova G‘o‘zal Malikovna pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), professor
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Qoʻqon davlat universiteti
IK faoliyat koʻrsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi: Qoʻqon davlat universiteti PhD.03/29.12.2022.Ped.132.02 
Rasmiy opponentlar: 
Mamurov Boxodir Baxshulloevich pedagogika fanlari doktori, professor.
Jo‘raev Nurbek Sa’dullaevich pedagogika fanlari nomzodi, professor. 
Yetakchi tashkilot: Chirchiq davlat pedagogika universiteti 
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: xalq o‘yinlari vositasida bo‘lajak jismoniy o‘qituvshilarini tayyorlashning redagogik mexanizmlarini takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilar bilan belgilanadi:  
oliy ta’lim muassasalarida jismoniy tarbiya o‘qituvchilarini kasbiy faoliyatga tayyorlashning pedagogik shart-sharoitlari jismoniy tarbiya faoliyatining sog‘lomlashtiruvchi, funksional, morfologik, me’yoriy, tashkiliy-pedagogik va kommunikativ-tarbiyaviy maqsadlarini aniqlashtirish asosida takomillashtirilgan;
milliy harakatli o‘yinlar vositasida bo‘lajak jismoniy tarbiya o‘qituvchilarini kasbiy faoliyatga tayyorlashning didaktik modeli kasbiy tayyorgarlik darajasini belgilaydigan mehnat faoliyatiga qiziqishni chuqurlashtirish, milliy harakatli o‘yinlar bilan to‘yingan o‘quv faoliyati orqali talabalarning faolligini rag‘batlantirish asosida takomillashtirilgan;
milliy harakatli o‘yinlardan foydalanishning pedagogik jarayonga samarali ta’sir mexanizmlari talabalarning yangi bilimlarni egallashlari uchun kasbiy yo‘naltirilgan o‘quv vaziyatlarini yaratish, mustaqil rivojlantirish uchun zarur bo‘lgan tadbirlarni tashkil etish va talabalarga o‘quv jarayonida turli xil ijtimoiy pozisiyalarni tanlash imkoniyatini berish (o‘yinchi, hakam, trener, murabbiy, tomoshabin, o‘qituvchi) asosida ishlab chiqilgan; 
oliy ta’lim muassasalarida jismoniy tarbiya o‘qituvchilarini tayyorlash sifati va samaradoroligini baholash va monitoring qilishning samarali pedagogik tizimi talabalarda kuch, tezlik, chidamlilik, moslashuvchanlik va chaqqonlikni rivojlantiruvchi milliy harakatli o‘yinlar bilan to‘yingan umumiy va maxsus ta’sirli mashqlar asosida takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Milliy harakatli o‘yinlar vositasida bo‘lajak jismoniy tarbiya o‘qituvchilarini kasbiy faoliyatga tayyorlashning pedagogik tizimini takomillashtirish bo‘yicha tadqiqot natijalari asosida:
oliy ta’lim muassasalarida jismoniy tarbiya o‘qituvchilarini kasbiy faoliyatga tayyorlashning pedagogik shart-sharoitlari jismoniy tarbiya faoliyatining sog‘lomlashtiruvchi, funksional, morfologik, me’yoriy, tashkiliy-pedagogik va kommunikativ-tarbiyaviy maqsadlarini aniqlashtirish asosida takomillashtirishga oid taklif va tavsiyalari asosida “Jismoniy tarbiya gigienasi va sportning tibbiy fiziologik asoslari” deb nomlangan o‘quv qo‘llanma yaratilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2023-yil 17-iyuldagi 314-son buyrugiga asosan 314-286-son guvohnomasi). Natijada oliy ta’lim tashkilotlarida tayyorlanayotgan bo‘lajak jismoniy tarbiya o‘qituvchilarining kasbiy tayyorgarlik sifatini oshirishga xizmat qilgan;
milliy harakatli o‘yinlar vositasida bo‘lajak jismoniy tarbiya o‘qituvchilarini kasbiy faoliyatga tayyorlashning didaktik modeli kasbiy tayyorgarlik darajasini belgilaydigan mehnat faoliyatiga qiziqishni chuqurlashtirish, milliy harakatli o‘yinlar bilan to‘yingan o‘quv faoliyati orqali talabalarning faolligini rag‘batlantirish asosida takomillashtirishga oid taklif va tavsiyalari asosida “Jismoniy tarbiya va sport menejmenti” deb nomlangan darslik yaratilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2023-yil 17-iyuldagi 314-son buyrugiga asosan 314-286-son guvohnomasi).  Natijada oliy ta’lim tashkilotlarida jismoniy tarbiya mazmuni va ta’lim–tarbiya jarayoni sifatini oshirishga xizmat qilgan;
milliy harakatli o‘yinlardan foydalanishning pedagogik jarayonga samarali ta’sir mexanizmlari talabalarning yangi bilimlarni egallashlari uchun kasbiy yo‘naltirilgan o‘quv vaziyatlarini yaratish, mustaqil rivojlantirish uchun zarur bo‘lgan tadbirlarni tashkil etish va talabalarga o‘quv jarayonida turli xil ijtimoiy pozisiyalarni tanlash imkoniyatini berish (o‘yinchi, hakam, trener, murabbiy, tomoshabin, o‘qituvchi) asosida ishlab chiqishga oid taklif va tavsiyalari asosida “Jismoniy tarbiya va sport menejmenti” deb nomlangan darslik yaratilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2023-yil 17-iyuldagi 314-son buyrugiga asosan 314-286-son guvohnomasi).  Natijada milliy harakatli o‘yinlardan foydalanishning pedagogik jarayonga samarali ta’sir mexanizmlari takomillashtirilgan;
Oliy ta’lim muassasalarida jismoniy tarbiya o‘qituvchilarini tayyorlash sifati va samaradoroligini baholash va monitoring qilishning samarali pedagogik tizimi talabalarda kuch, tezlik, chidamlilik, moslashuvchanlik va chaqqonlikni rivojlantiruvchi milliy harakatli o‘yinlar bilan to‘yingan umumiy va maxsus ta’sirli mashqlar asosida takomillashtirishga oid tavsiyalari Oliy talim muassasalarida 5112000 – “Jismoniy madaniyat” ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha o‘quv uslubiy ta’minotni yaratishda foydalanilgan (Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2023-yil 31-maydagi 4/17-31/1-son ma’lumotnomasi). Natijada oliy ta’lim tashkilotlarida talabalarning jismoniy tarbiya dasrlariga bo‘lgan motivatsiyasini oshirishga hamda ta’lim sifatini ta’minlashga xizmat qilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish