Karimov Azizjon Xamroqulovichning 
fanlari doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I.    Umumiy ma’lumotlar. 
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Podagra bilan og‘rigan bemorlarda jigar va buyrak funksional holatining o‘ziga xos xususiyatlari» mavzusidagi 14.00.05 - Ichki kasalliklar (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.3.PhD/Tib3748.
Ilmiy raxbar: Shodikulova Gulandom Zikriyaevna, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajargan muassasa nomi: Samarqand davlat tibbiyot universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Samarqand davlat tibbiyot universiteti, DSc.04/30.12.2019.Tib.102.01. 
Rasmiy opponentlar: Abdullaev Ravshanbek Babajanovich, tibbiyot fanlari doktori, professor; Nabieva Dildora Abdumalikovna, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Buxoro davlat tibbiyot instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqot maqsadi: podagra mavjud bemorlarda jigar va buyraklar funksional holatini baholash asosida uning oldini olish va davoga maxsus tabaqalashtirilgan yondashuvlarni ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
podagra bilan kasallangan jigar patologiyasi va surunkali buyrak kasalligi mavjud bo‘lgan bemorlarda zararlangan bo‘g‘imlar soni va kasallikning og‘irlik indeksi  ushbu kasalliklari mavjud bo‘lmagan bemorlarga nisbatan yuqoriligi aniqlangan;
podagrali buyrak va jigar tomonidan o‘zgarishlar mavjud bo‘lgan bemorlarda MTR geni A2756G polimorfizmining uchrash chastotalarini taqqoslash natijasida jarayon rivojlanishida G mutant allelning tashuvchanligi podagra fonida komorbid patologiyaning rivojlanishiga moyillik tug‘dirishi isbotlangan;
podagra kasalligida ABCG2 genining C421A polimorfizmini o‘rganishda A mutant alleli tashuvchilari podagra rivojlanishiga moyil ekanligi va ushbu allel asosan buyrak patologiyasi bor bemorlarda sezilarli darajada ko‘proq uchrashi aniqlangan; 
podagra kasalligida jigar va buyrak zararlanishi  mavjud bo‘lgan bemorlarda davolashning klinik-laborator va funksional ko‘rsatkichlariga ijobiy ta’sir ko‘rsatadigan tabaqalashtirilgan davolash usulining yuqori  samaradorligi aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Podagra bilan og‘rigan bemorlarda jigar va buyrak funksional holatining o‘ziga xos xususiyatlari bo‘yicha olingan ilmiy natijalar O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi ilmiy texnik kengashining 2025 yil 17 noyabr` 29/10 sonli xulosasiga ko‘ra:
birinchi ilmiy yangilik: podagra bilan kasallangan jigar patologiyasi va surunkali buyrak kasalligi mavjud bo‘lgan bemorlarda zararlangan bo‘g‘imlar soni va kasallikning og‘irlik indeksi ham ushbu kasalliklari mavjud bo‘lmagan bemorlarga qaraganda yuqoriligi aniqlangan va ular bo‘yicha takliflar Samarkand davlat tibbiyot universiteti ilmiy kengashining 2025 yil 25 iyundagi 11-soni bilan tasdiqlangan “Podagra bilan kasallangan bemorlarda jigar va buyraklar xolatini baxolash algoritmi” nomli uslubiy tavsiyanoma mazmuniga singdirilgan. Mazkur taklif Samarkand viloyati ko‘p tarmoqli tibbiyot markaziga 2025 yil 18 sentyabrdagi 351-U-son buyrug‘i bilan, Jizzax viloyati ko‘p tarmoqli tibbiyot markaziga 2025 yil 17 sentyabrdagi  49-son buyruq bilan klinik amaliyotga joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi ilmiy texnik kengashining 2025 yil 17 noyabr` 29/10 sonli xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: tadqiqot natijalari asosida podagra bilan kasallangan bemorlarda buyrak va jigar zararlanishini erta aniqlash va og‘ir kechishini bashorat qilish imkoni yaratilgan. Iqtisodiy samaradorligi: kasallikni erta tashxislash natijasida bir bemorda remissiya davrini uzaytirish orqali kamida uch marta shifoxonaga yotqizilishi va ambulator davolashning oldi olinagan. Har bir bemorga shifoxonada  davolanish bir kun uchun o‘rtacha 180000 so‘m xarajat qilinadi deb hisoblasak, bitta bemor uchun 401499 so‘m iqtisod qilingan.
ikkinchi ilmiy yangilik: podagrali buyrak va jigar tomonidan asoratlari bo‘lgan bemorlarda MTR geni A2756G polimorfizmining uchrash chastotalarini taqqoslash jarayon rivojlanishida G mutant allelning tashuvchanligi podagra fonida komorbid patologiyaning rivojlanishiga moyillik tug‘dirishi isbotlangan va ular bo‘yicha takliflar Samarkand davlat tibbiyot universiteti ilmiy kengashining 2025 yil 25 iyundagi 11-soni bilan tasdiqlangan “Podagra bilan kasallangan bemorlarda jigar va buyraklar xolatini baxolash algoritmi” nomli uslubiy tavsiyanoma mazmuniga singdirilgan. Mazkur taklif Samarkand viloyati ko‘p tarmoqli tibbiyot markaziga 2025 yil 18 sentyabrdagi 351-U-son buyrug‘i bilan, Jizzax viloyati ko‘p tarmoqli tibbiyot markaziga 2025 yil 17 sentyabrdagi  49-son buyruq bilan klinik amaliyotga joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi ilmiy texnik kengashining 2025 yil 17 noyabr` 29/10 sonli xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: podagra bilan kasallangan bemorlarda buyrak va jigar zararlanishini erta aniqlash orqali kasallikning og‘ir kechishini bashorat qilish va yallig‘lanish jarayonini baholash imkoni paydo bo‘lgan. Iqtisodiy samaradorlik: qo‘shimcha tadqiqotlar uchun xarajatlarni xamda boshqa qimmat diagnostika muolajalariga bo‘lgan ehtiyojni kamaytirish bilan ifodalanadi va va revmatologiya bo‘limida har bir bemorning bir kunlik davolanishiga davlat tomonidan sarflangan mablag‘ 200749 so‘m tejaladi. 
uchinchi ilmiy yangilik: podagra kasalligida ABCG2 genining C421A polimorfizmini o‘rganishda A mutant alleli tashuvchilari podagra rivojlanishiga moyil ekanligi va ushbu allel asosan buyrak patologiyasi bor bemorlarda sezilarli darajada ko‘proq uchrashi aniqlangan va ular bo‘yicha takliflar Samarkand davlat tibbiyot universiteti ilmiy kengashining 2025 yil 25 iyundagi 11-soni bilan tasdiqlangan “Podagra bilan kasallangan bemorlarda jigar va buyraklar xolatini baxolash algoritmi” nomli uslubiy tavsiyanoma mazmuniga singdirilgan. Mazkur taklif Samarkand viloyati ko‘p tarmoqli tibbiyot markaziga 2025 yil 18 sentyabrdagi 351-U-son buyrug‘i bilan, Jizzax viloyati ko‘p tarmoqli tibbiyot markaziga 2025 yil 17 sentyabrdagi  49-son buyruq bilan klinik amaliyotga joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi ilmiy texnik kengashining 2025 yil 17 noyabr` 29/10 sonli xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi. bemorlarda ABCG2 genining C421A polimorfizmini o‘rganish buyrak va jigar tomonidan kelib chiqishi mumkin bo‘lgan zararlanishlarni o‘z vaqtida aniqlash va kasallikning erta bosqichlarida davolanishni boshlash orqali asoratlar va nogironlik xavfini kamaytiradi. Iqtisodiy samaradorligi: tavsiya etilgan tekshirish usulni amaliyotga joriy etilishi podagrali bemorlarda komorbid xolatlarni rivojlanishini oldini oladi va qimmat muolajalarga bo‘lgan ehtiyojni kamaytiradi va shu lar xisobiga davlat tomonidan sarflangan mablag‘lar iqtisod qilinadi.
to‘rtinchi ilmiy yangilik: podagra kasalligida jigar  va buyrak zararlanishi mavjud bo‘lgan bemorlarda davolashning klinik-laborator va funksional ko‘rsatkichlariga ijobiy ta’sir ko‘rsatadigan tabaqalashtirilgan davolash usulining yuqori  samaradorligi aniqlangan va ular bo‘yicha takliflar Samarkand davlat tibbiyot universiteti ilmiy kengashining 2025 yil 25 iyundagi 11-soni bilan tasdiqlangan “Podagra bilan kasallangan bemorlarda jigar va buyraklar xolatini baxolash algoritmi” nomli uslubiy tavsiyanoma mazmuniga singdirilgan. Mazkur taklif Samarkand viloyati ko‘p tarmoqli tibbiyot markaziga 2025 yil 18 sentyabrdagi 351-U-son buyrug‘i bilan, Jizzax viloyati ko‘p tarmoqli tibbiyot markaziga 2025 yil 17 sentyabrdagi  49-son buyruq bilan klinik amaliyotga joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi ilmiy texnik kengashining 2025 yil 17 noyabr` 29/10 sonli xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: podagra kasalligida jigar patologiyasi va buyrak zararlanishi mavjud bo‘lgan bemorlarda terapevtik yondashuvlarni optimallashtirish orqali davolanish xarajatlari kamaytirildi, bu qo‘shimcha diagnostik muolajalar va shifokorga takroriy tashriflar zaruratini minimallashtiradi. Iqtisodiy samaradorligi: noto‘g‘ri tayinlangan terapiyalar sonini va qo‘shimcha diagnostik muolajalarga bo‘lgan ehtiyojni kamaytirishga asoslangan xamda kasallikning prognozini yaxshilashga, hayot sifatini oshirishga yordam beradi.

Yangiliklarga obuna bo‘lish