Axrorov Ixtiyor Doniyorovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Jadid ma’rifatparvarlarining yangi usul maktablarida o‘quv-tarbiya jarayonini tashkil etishning pedagogik asoslari”, 13.00.01 – Pedagogika nazariyasi. Pedagogik ta’limotlar tarixi. 
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.4.PhD/Ped 3954
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Buxoro davlat pedagogika instituti
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Buxoro davlat pedagogika instituti, PhD.03/12.02.2025.Ped.167.01
Ilmiy rahbar: Umurov Zarif Latifboevich, pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent
Rasmiy opponentlar: Adizov Baxtiyor Rahmonovich, pedagogika fanlari doktori, professor; Olimov Temir Hasanovich, pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), professor.
Yetakchi tashkilot: Urganch davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II.Tadqiqotning maqsadi jadid ma’rifatparvarlarining yangi usul maktablarida o‘quv-tarbiya jarayonini tashkil etishning pedagogik asoslarini tasniflash va undan foydalanishga oid tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III.Tadqiqotning ilmiy yangiligi: 
ilm-ma’rifatda ilg‘or tajribalari, sinf-dars tizimi, yangi usul darsliklari reglamentini tatbiq etish va ta’lim tizimini isloh qilishga doir faoliyati, jadid ma’rifatparvarlarining maktablarida o‘quv-tarbiya jarayonini tashkil etish vositasi dunyoviy bilimlar o‘qitilish jarayonlari aniqlashtirilgan;
rus-tuzem maktablari, yangi usul maktablari, gimnaziya, o‘quv bilim yurtlari kabi ta’lim muassasalarida dasturlar muvofiqlashtirilib, jadid ma’rifatparvarlarining yangi usul maktablarida o‘quv-tarbiya jarayonini tashkil etish mazmuni, o‘qitish tizimini modernizatsiyalash asosida yangicha tizimning afzalliklari dalillangan;
jadid ma’rifatparvarlarining yangi usul maktablarida, tarbiyada an’anaviylik va zamonaviylikni uyg‘unlashtirish hamda zamonaviy ta’lim tizimiga jadidlarning ilg‘or g‘oyalarini integratsiyalash modeli takomillashtirilgan; 
progressiv jadidlar ta’limoti, yuksak ma’naviyatli shaxsni tarbiyalashda ma’rifatni shakllantirish sifatlari, ta’lim-tarbiyaga oid tamoyillari (onglilik, ko‘rgazmalilik, tizimlilik va izchillik) asosida ma’naviy tarbiyani oshirishga oid ilmiy-metodik tavsiyalar ishlab chiqish orqali ilmiy-metodik ta’minot takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Jadid ma’rifatparvarlarining yangi usul maktablarida o‘quv-tarbiya jarayonini tashkil etishning pedagogik asoslari bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
ilm-ma’rifatda ilg‘or tajribalari, sinf-dars tizimi, yangi usul darsliklari reglamentini tatbiq etish, jadid ma’rifatparvarlarining yangi usul maktablarida o‘quv-tarbiya jarayonini tashkil etish vositasi dunyoviy bilimlar o‘qitilishini ta’minlagan bo‘lib, ilm-ma’rifatda ilg‘or tajribalar (sinf-dars tizimi, yangi usul darsliklari, reglament)ni tatbiq etish va ta’lim tizimini isloh qilishga oid tavsiyalar va ilmiy natijalaridan Buxoro davlat universitetida bajarilgan “PZ-202005236- raqamli “Oila psixologiyasi fanidan multimediya mahsulotini yaratish” mavzusidagi innovatsion tadqiqot loyihasida belgilangan vazifalarni bajarishda foydalanilgan (Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi Buxoro davlat universitetining 2025-yil 2-iyundagi 02/3625-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, jadid ma’rifatparvarlarining yangi usul maktablarida o‘quv-tarbiya jarayonini tashkil etishning pedagogik imkoniyatlari asosida barkamol shaxsni tarbiyalash uchun shart-sharoitlar yaratilgan; 
rus-tuzem maktablari, yangi usul maktablari, gimnaziya, o‘quv bilim yurtlari kabi ta’lim muassasalarida dasturlar muvofiqlashtirilib, jadid ma’rifatparvarlarining yangi usul maktablarida o‘quv-tarbiya jarayonini tashkil etish mazmuni rus-tuzem maktablari, yangi usul maktablari, gimnaziya, o‘quv bilim yurtlari kabi ta’lim muassasalarida dasturlar muvofiqlashtirilib, o‘qitish tizimini modernizatsiyalashga doir taklif va tavsiyalardan “Matematika va uni o‘qitish metodikasi” nomli o‘quv qo‘llanmaning “Matematika o‘qitish tarixi” bo‘limini tayyorlashda foydalanilgan (Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2024-yil 27-dekabrdagi 485-son buyrug‘i. Guvohnoma raqami         № 855557). Natijada, jadid ma’rifatparvarlarining ma’naviy merosini o‘rganish natijasida talabalarning tarixiy tafakkurini rivojlantirishga erishilgan;
jadid ma’rifatparvarlarining yangi usul maktablarida, tarbiyada an’anaviylik va zamonaviylikni uyg‘unlashtirish, jadid ma’rifatparvarlarining yangi usul maktablarida o‘quv-tarbiya jarayonini tashkil etish modeli tarbiyada an’anaviylik va zamonaviylikni uyg‘unlashtirish hamda zamonaviy ta’lim tizimiga jadidlarning ilg‘or g‘oyalari (qobiliyatli yoshlarni xorijga o‘qishga yuborish, yoshlarning ma’naviy-axloqiy yuksalishini ta’minlovchi gazeta, jurnallar, darsliklar chop etish)ni ta’lim jarayoniga tatbiq etishga oid tavsiyalardan Buxoro davlat pedagogika instituti, Urganch davlat universiteti, Navoiy pedagogika universiteti, 60110400-Boshlang‘ich ta’lim yo‘nalishi o‘quv-tarbiya jarayoniga tatbiq qilingan (Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi oliy ta’limni rivojlantirish tadqiqotlari markazining 2025-yil 23-iyuldagi 02/01-01-292-son ma’lumotnomasi). Natijada, jadidlarning ilg‘or g‘oya va qarashlaridan “Jadidlar pedagogikasi” nomli o‘quv metodik qo‘llanma mazmunini boyitish orqali talabalarni o‘qitishning samaradorligi va sifatini oshirishga erishilgan;
progressiv jadidlar ta’limoti, yuksak ma’naviyatli shaxsni tarbiyalashda ma’rifatni shakllantirish sifatlari, ta’lim-tarbiyaga oid tamoyillari (onglilik, ko‘rgazmalilik, tizimlilik va izchillik) asosida yuksak ma’naviyatli shaxsni tarbiyalashda ma’rifatni shakllantirish sifatlari (iymon-e’tiqodli, sabr-bardoshli, irodali, mard, matonatli, vijdonli, do‘stlik, rostgo‘ylik, ustozga hurmat), ta’lim-tarbiyaga oid tamoyillari (onglilik, ko‘rgazmalilik, tizimlilik va izchillik, nazariya va amaliyotning bo‘g‘likligi) asosida ma’naviy tarbiyani takomillashtiriishga oid ma’lumotlarga bag‘ishlangan dissertatsiyasi natijalaridan O‘zbekiston Respublikasi teleradiokompaniyasining Buxoro viloyat bo‘limining “Moziy bisotidan”, “Asrlarning asraganlari”, “Assalom Buxoro” ko‘rsatuvlari senariysini tuzishda foydalanilgan hamda davra suhbati va muloqotlar uyushtirilgan (O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi Buxoro viloyati teleradiokompani-yasining 2023- yil 29- avgustdagi 02-09-225-son ma’lumotnomasi). Natijada, jadid ma’rifatparvarlarining ta’lim-tarbiyaga doir qarashlarining umumbashariy qasriyatlar sirasiga daxldor o‘rni va ahamiyati targ‘ib qilingan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish