Raxmonova Gullola Shavkatovnaning 
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon    

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Talabalarda ma’naviy-axloqiy kompetensiyalarni rivojlantirish texnologiyalari” 13.00.01 – Pedagogika nazariyasi. Pedagogik ta’limotlar tarixi
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.3.PhD/Ped2699 
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Buxoro davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi: Buxoro davlat pedagogika instituti, PhD. 03/12.02.25.Ped.167.01
Ilmiy rahbar: Izbullaeva Gulchehra Valerievna, pedagogika fanlari doktori (DSc), professor.
Rasmiy opponentlar: Abdumannotov Elbek Abdumajidovich, dotsent, pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD); Olimov Shirinboy Sharopovich, pedagogika fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Shahrisabz davlat pedagogika instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II.Tadqiqotning maqsadi talabalarda ma’naviy-axloqiy kompetensiyalarni rivojlantirish texnologiyalarini takomillashtirishga oid taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
gnoseologik metodlarning faollashtiruvchi, motivatsiya uyg‘otuvchi komponentlariga ustuvorlik berish asosida ma’naviy-axloqiy kompetensiya mazmuni tarixiy, pedagogik-psixologik manbalardagi talabaning kasbiy faoliyati hamda shaxsiy fazilatlarini yagona integrativ tizim sifatida rivojlantirish taraqqiyoti va usullari aniqlashtirilgan;
innovatsion ta’lim texnologiyalari (keys-stadi, loyihaviy yondashuv, raqamli didaktik vositalar)ni o‘quv-tarbiya tizimi amaliyotida joriy etish orqali operatsion, motivatsion-refleksiv, nazorat-baholash mezonlari retrospektiv davriylik konsepsiyasi asosida talabalarda ma’naviy-axloqiy kompetensiyalarni rivojlantirish jarayoni takomillashtirilgan;
shaxsiy axloqiy qarash, ijtimoiy-ma’naviy qadriyatlarga munosabat, ichki ishonch, fuqarolik pozisiyasi, xulq-atvorda namoyon bo‘ladigan barqaror ma’naviy yo‘nalishlarni aks ettiruvchi indikatorlari, talabalarda ma’naviy-axloqiy kompetensiyalarni rivojlantirish modeli maqsadli, tashkiliy-texnologik, natijaviy-baholovchi komponentlar uyg‘unligini ta’minlash orqali ishlab chiqish asosida takomillashtirilgan;
interfaol ta’lim kontekstida “Men hech qachon … maganman”,  “Masʼuliyat hissi”, “Qadriyatlar jilovi”, “Tugallanmagan tezis”, “Vijdonlilik darajasi” texnologiyalarini amaliyotga tatbiq etish asosida talabalarda ma’naviy-axloqiy kompetensiyalarni rivojlantirish samaradorligini ta’minlashga qaratilgan ilmiy-metodik tavsiyalar ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Talabalarda ma’naviy-axloqiy kompetensiyalarni takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
gnoseologik metodlarning integratsiyasi asosida ma’naviy-axloqiy tarbiyaning inson kamolotidagi o‘rni ochib berilib, uning mazmun-mohiyati (oila tarbiyasi, ta’lim muassasalari faoliyati, milliy va umuminsoniy qadriyatlar, axborot makoni va ommaviy madaniyat) yoritildi hamda talabalarda ma’naviy-axloqiy kompetensiyalarni rivojlantirishning muhim omillarini aniqlashga doir ilmiy taklif va tavsiyalardan oliy ta’lim muassasalarida pedagogik turkum fanlarni o‘qitish jarayoniga tadbiq etilgan. (Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2023-yil 27-sentyabridagi 02/01-01-133-sonli ma’lumotnomasi). Natijada talabalarda ma’naviy-axloqiy kompetensiyalarni rivojlantirishga qaratilgan ishlarni samarali tashkil etish dolzarb masala ekanligi asoslab berildi;
innovatsion ta’lim texnologiyalarini oliy ta’lim muassasalarida qo‘llash, ma’naviy-axloqiy tarbiyani tashkil qilish jarayonida talabalarda ma’naviy-axloqiy kompetensiyalarni rivojlantirish imkoniyatlari ijtimoiy pedagogik faoliyatni tashkil etish tamoyillari (shaxslararo munosabat, o‘z-o‘zini anglash, idrok qilish, baholash, boshqarish)ga doir takliflardan Buxoro davlat universitetining “P3-202005236-Oila psixologiyasi fanidan multimedia mahsulotini yaratish” (2021-2022 yillarga mo‘ljallangan) mavzusidagi innovatsion – tadqiqot loyihaning “Oila psixologiyasi fani o‘qituvchisining ma’naviy-axloqiy kompetensiyasi” bo‘limini amalga joriy etishda  foydalanilgan (Buxoro davlat universitetining 2023-yil 13-maydagi 04/01/831-son ma’lumotnomasi). Natijada, oliy ta’lim muassasalarida pedagogik yo‘nalishdagi fanlarni o‘qitish jarayonida talabalarda ma’naviy-axloqiy kompetensiyalarni rivojlantirish imkoniyatlari ijtimoiy pedagogik faoliyatni tashkil etish tamoyillari (shaxslararo munosabat, o‘z-o‘zini anglash, idrok qilish, baholash, boshqarish) asosida aniqlashtirishga xizmat qilgan;
shaxsiy axloqiy qarash, ijtimoiy-ma’naviy qadriyatlarga munosabat, ichki ishonch, fuqarolik pozisiyasi, xulq-atvorda namoyon bo‘ladigan barqaror ma’naviy yo‘nalishlarni aks ettiruvchi indikatorlari, talabalarda ma’naviy-axloqiy kompetensiyalarni rivojlantirish texnologiyalarining modeli ishlab chiqilib, mazkur jarayonning samaradorligini ta’minlovchi mexanizmlar kognitiv (bilish, tushunish), emotsional (his, hamdardlik, yaxshi ko‘rish), amaliy (ishlay olish, hamkorlik qilish), ekzistensial (tanlashda, fikrda erkin bo‘lish) mezonlari asosida “Umumiy pedagogika” nomli o‘quv qo‘llanma mazmuniga singdirilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2022-yil 17-martdagi 106-248-son guvohnomasi). Natijada, talabalarda ma’naviy-axloqiy kompetentligini rivojlantirishning texnologik komponentlari mazmuni va tashkiliy-metodik asoslari takomillashtirilgan;
interfaol ta’lim kontekstida talabalarda ma’naviy-axloqiy kompetensiyalarni rivojlantirishnning (loyihalash, hamkorlikda o‘qitish, muammoli) texnologiyalari tajriba ishlarida sinovdan o‘tkazilib, talabalarda ma’naviy-axloqiy kompetensiyalarni rivojlantirishga doir metodik tavsiyalar “Maktabgacha ta’limda pedagogik jarayonni loyihalash” nomli o‘quv qo‘llanma mazmuniga singdirilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2023-yil 27-sentyabrdagi 02/01-01-133-son ma’lumotnomasi.) Natijada, talabalarda ma’naviy-axloqiy kompetensiyalarni rivojlantirish texnologiyasini takomillashishiga xizmat qilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish