Mamedova Shahlo Dushamboevnanin
falsafa doktori (PhD) himoyasi haqida e’lon

I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtissoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “Rus tili o‘qitish jarayonida talabalarning madaniy-estetik kompetentligini rivojlantirish metodikasini takomillashtirish”.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.2.PhD/Ped10124.
Ilmiy tadqiqot ishi bajarilgan muassasa nomi: Abu Rayhon Beruniy nomidagi Urganch davlat universiteti.
Ilmiy rahbar: Xodjaniyazov Sardor Umarovich pedagogika fanlari doktori, professor.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Alfraganus universiteti, PhD.03/25.08.2025.Ped.193.02.
Rasmiy opponentlar: pedagogika fanlari doktori (DSc) professor, Abdinazar Toshboevich Nurmonov hamda filologiya fanlari doktori (DSc) professor, Guzal Xotamovna Umurova 
Yetakchi tashkilot: Qoraqalpog‘iston davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi pedagogik oliy ta’lim muassasasi talabalarining madaniy-estetik kompetentligini rus tili vositasida takomillashtirish modelini nazariy asoslash va tajriba-sinovdan o‘tkazish..
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
Aniqlashtirildi va nazariy jihatdan asoslab berildi: «kompetensiya», «kompetentlik» va «estetik kompetentlik» kabi asosiy tushunchalarning mazmuni, ularning mohiyaviy tuzilmasi yoritildi hamda ular o‘rtasidagi o‘zaro bog‘liqliklar aniqlab berildi. Estetik kompetentlik ilk bor bo‘lajak pedagog shaxsining kognitiv, emotsional-qadriyatli, faoliyat-amaliy va refleksiv komponentlarni birlashtiruvchi integrativ sifati sifatida talqin qilindi;
Madaniy-estetik kompetentlikni shakllantirishning tarixiy-pedagogik va falsafiy shart-sharoitlari aniqlanib, ilmiy jihatdan sharhlab berildi. Unda klassik estetik konsepsiyalar, gumanistik pedagogika g‘oyalari va kulturologik yondashuvning asosiy tamoyillari o‘z aksini topgan. Metodologik asoslar majmui (aksiologik, kulturologik, shaxsga yo‘naltirilgan va kompetensiyaviy yondashuvlar), shuningdek, ularning pedagogik oliy ta’lim jarayonida qo‘llanish prinsiplari belgilandi;
Talabalarning madaniy-estetik kompetentligini takomillashtirishga doir tuzilma-mazmuniy model ishlab chiqildi. Ushbu model maqsadli, mazmuniy, jarayon-texnologik hamda natijaviy-baholash komponentlarini o‘z ichiga oladi. Kultural-estetik kompetentlikning shakllanganlik darajasini aniqlash mezonlari, ko‘rsatkichlari va darajalari ilmiy asoslab berildi, bu esa mazkur hodisani deklarativ tasvirdan uning amaliy operatsionallashtirilishiga o‘tishga imkon berdi;
Ishlab chiqilgan modelning samaradorligi tajriba-sinov yo‘li bilan tasdiqlandi. Pedagogik oliy ta’lim muassasalari talabalari kultural-estetik kompetentligining sezilarli darajada oshishiga erishildi. Estetik va madaniy yo‘nalishdagi fanlar mazmunini yangilash, loyihaviy, interfaol va art-pedagogik texnologiyalarni qo‘llash, shuningdek, ijodiy muhit bilan boyitilgan ta’limiy makon yaratishni nazarda tutuvchi amaliy tavsiyalar majmui ishlab chiqildi va ta’lim jarayoniga joriy etildi.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi:
Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Rus tili o‘qitish jarayonida talabalarning madaniy-estetik kompetentligini rivojlantirish metodikasini takomillashtirish mavzusida amalga oshirilgan tadqiqoti ishi bo‘yicha olingan natijalar asosida:
estetik kompetentlik ilk bor bo‘lajak pedagog shaxsining kognitiv, emotsional-qadriyatli, faoliyat-amaliy va refleksiv komponentlarni birlashtiruvchi integrativ sifat sifatida talqin qilinishi O‘zbekiton Milliy universitetida bajarilgan PZ-20170913120-raqamli “Oliy ta’lim tizimida raqobatdosh kadrlar tayyorlashning ijtimoiy-psixologik mexanizmlari” mavzusidagi amaliy loyihada belgilangan vazifalarni bajarishda foydalanilgan. Natijada, rus tilini o‘qitish jarayonida talabalarning madaniy va estetik kompetensiyasini rivojlantirish metodologiyasini takomillashtirish – talabalarda tilni nafaqat grammatik jihatdan, balki madaniy, estetik va kommunikativ mazmunda idrok etish ko‘nikmalarini shakllantirishga xizmat qilgan. 
madaniy-estetik kompetentlikni shakllantirishning tarixiy-pedagogik va falsafiy shart-sharoitlari aniqlanib, ilmiy jihatdan sharhlanganligi va unda klassik estetik konsepsiyalar, gumanistik pedagogika g‘oyalari va madaniy yondashuvning asosiy tamoyillari 2023-2024-yillarda Xorazm viloyati teleradiokanalining “Assalom Xorazm” ko‘rsatuvlarida ochib berildi. Natijada, aholining estetik madaniyatga oid tasavvurlari kengaydi, talabalarning madaniy-estetik jarayonlarga qiziqishi oshdi va mazkur yo‘nalishdagi pedagogik innovatsiyalarga ijtimoiy e’tibor kuchaydi.
talabalarning madaniy-estetik kompetentligini takomillashtirishga doir tuzilma-mazmuniy model ishlab chiqishga doir tavsiyalar O‘zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi tomonidan moliyalashtirilgan IL–402104155–raqamli amaliy loyiha doirasida amaliyotga tadbiq etildi. Mazkur loyiha 2021–2022-yillarga mo‘ljallangan bo‘lib, “Haft shuaro” majmuasini o‘rganish orqali XIX asr Xorazm vohasining milliy–ma’naviy merosini tadqiq qilish va uning o‘zbek, rus hamda ingliz tillaridagi elektron ilovasini yaratishda foydalanilgan (Abu Rayhon Beruniy nomidagi Urganch davlat universitetining 2025-yil 29-oktyabr 02-192/3 sonli ma’lumotnomasi). Natijada, talabalarning madaniy-estetik qarashlari, rus tilida badiiy matnlarni anglash ko‘nikmalari, madaniyatlararo muloqot kompetentligida sezilarli o‘sish kuzatildi.
estetik va madaniy yo‘nalishdagi fanlar mazmunini yangilash, loyihaviy, interfaol va art-pedagogik texnologiyalarni qo‘llash, shuningdek, ijodiy muhit bilan boyitilgan ta’limiy makon yaratishni nazarda tutuvchi amaliy tavsiyalar majmui ishlab chiqishga doir tavsiyalar O‘zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi tomonidan moliyalashtirilgan IL–402104155–raqamli amaliy loyiha doirasida amaliyotga tadbiq etildi. Mazkur loyiha 2021–2022-yillarga mo‘ljallangan bo‘lib, “Haft shuaro” majmuasini o‘rganish orqali XIX asr Xorazm vohasining milliy–ma’naviy merosini tadqiq qilish va uning o‘zbek, rus hamda ingliz tillaridagi elektron ilovasini yaratishda foydalanilgan (Abu Rayhon Beruniy nomidagi Urganch davlat universitetining 2025-yil 29-oktyabr 02-192/3 sonli ma’lumotnomasi). Natijada, talabalarning madaniy-estetik qarashlari, rus tilidagi badiiy matnlarni anglash ko‘nikmalari va madaniyatlararo muloqot kompetentligida sezilarli o‘sish kuzatildi.

Yangiliklarga obuna bo‘lish