Ilxamova Bibinur Po‘latjon qizining
falsafa doktori (PhD) himoyasi haqida e’lon 

I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtissoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “Akmeologik yondashuv asosida talabalarning tadqiqotchilik kompetensiyasini rivojlantirish metodikasini takomillashtirish (Bolalar folklori fani misolida)”, 13.00.02 – Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2025.2.PhD/Ped10043.
Ilmiy tadqiqot ishi bajarilgan muassasa nomi: Abu Rayhon Beruniy nomidagi Urganch davlat universiteti.
Ilmiy rahbar: Xodjaniyazov Sardor Umarovich pedagogika fanlari doktori, professor.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Alfraganus universiteti, PhD.03/25.08.2025.Ped.193.02.
Rasmiy opponentlar: pedagogika fanlari doktori, professor Matchonov Safo Murodovich; filologiya fanlari doktori, professor Soatova Nodira Isomiddinovna.
Yetakchi tashkilot: Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II.Tadqiqotning maqsadi akmeologik yondashuv asosida talabalarning tadqiqotchilik kompetensiyasini bolalar folklori fani misolida rivojlantirish metodikasini takomillashtirishga doir o‘quv jarayoni mexanizmlarini loyihalash va samaradorligini tajriba-sinovda empirik tekshirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
  talabalarning tadqiqotchilik kompetensiyasini rivojlantirishga oid pedagogik-psixologik imkoniyatlar akmeologik modelning maqsad, jarayon, natija, motivatsiya, o‘zini o‘zi boshqarish, baholash kabi ichki va tashqi omillarining real o‘quv muhitidagi o‘rnini belgilash orqali aniqlashtirilgan; 
  akmeologik yondashuv asosida talabalarning tadqiqotchilik kompetensiyasini rivojlantirish mexanizmi shaxsiylashtirish, hamkorlik, o‘z-o‘zini rivojlantirish, refleksiya, mustaqil faoliyat yuritish tamoyillarini transformativ o‘rganish jarayoniga muvofiqlashtirish orqali takomillashtirilgan;
  talabalarning tadqiqotchilik kompetensiyasini rivojlantirishda akmeologik yondashuvga asoslangan metodik ta’minot izlanish (searching skills), tahlil qilish (analytical skills), dalil keltirish (argumentative skills), mustaqil xulosa chiqarish (conclusive skills) ko‘nikmlarini rivojlantirishga yo‘naltiruvchi bibliografiya tuzish, ilmiy esse, prezentatsiya,  portfolio, maqola, dala ekspedisiyasi, esse, kundalik, feedback sessiya, tanqidiy hisobot kabi o‘quv topshiriqlarini intensiv qo‘llash orqali takomillashtirilgan; 
akmeologik yondashuv asosida talabalarning tadqiqotchilik kompetensiyasini rivojlantirish texnologiyasi real muammolarni hal qilish, hayotiy vaziyat bilan bog‘lash, faoliyatni baholash, individual yo‘naltirishga ta’sir ko‘rsatuvchi muammoli loyiha, portfel, kontekstli o‘qitish, keys-stadi, refleksiv ta’lim, mentorlik, dizayn fikrlash metodlarini faol kiritish orqali takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Akmeologik yondashuv asosida talabalarning tadqiqotchilik kompetensiyasini rivojlantirish metodikasini takomillashtirish bo‘yicha amalga oshirilgan tadqiqot natijalar asosida:
talabalarning tadqiqotchilik kompetensiyasini rivojlantirishga oid pedagogik-psixologik imkoniyatlar akmeologik modelning maqsad, jarayon, natija, motivatsiya, o‘zini o‘zi boshqarish, baholash kabi ichki va tashqi omillarining real o‘quv muhitidagi o‘rnini belgilashga doir taklif va tavsiyalar “Neyropedagogika” darsligi mazmuniga singdirilgan (O‘zbekistin Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2025-yil 21-avgustdagi 316-buyrug‘i). Natijada, oliy ta’lim muassasalarida ta’lim sifatini oshirish, talabalarning ilmiy-tadqiqotga qiziqishini kuchaytirish hamda ilmiy faoliyatga tayyorgarlik darajasini yuksaltirish imkoniyatlari ortgan;
     akmeologik yondashuv asosida talabalarning tadqiqotchilik kompetensiyasini rivojlantirish mexanizmi shaxsiylashtirish, hamkorlik, o‘z-o‘zini rivojlantirish, refleksiya, mustaqil faoliyat yuritish tamoyillarini transformativ o‘rganish jarayoniga muvofiqlashtirish orqali takomillashtirishga doir xulosalardan “O‘zbekiston 1” telekanalining “Ixtirochi yoshlar” nomli ilmiy-ma’rifiy ko‘rsatuvni tayyorlashda foydalanilgan (“O‘zbekiston 24” ijodiy birlashmasi” davlat muassasasining 2025-yil 23-oktyabrdagi 05-09-1664-ma’lumotnomasi). Natijada, mazkur teleko‘rsatuvning efirga uzatilishi tadqiqot natijalarini ommalashtirish, ularning respublika miqyosida tarqalishi va amaliyotchi o‘qituvchilarga etib borishida muhim ahamiyat kasb etgan;
 talabalarning tadqiqotchilik kompetensiyasini rivojlantirishda akmeologik yondashuvga asoslangan metodik ta’minot izlanish (searching skills), tahlil qilish (analytical skills), dalil keltirish (argumentative skills), mustaqil xulosa chiqarish (conclusive skills) ko‘nikmlarini rivojlantirishga yo‘naltiruvchi bibliografiya tuzish, ilmiy esse, prezentatsiya,  portfolio, maqola, dala ekspedisiyasi, esse, kundalik, feedback sessiya, tanqidiy hisobot kabi o‘quv topshiriqlarini intensiv qo‘llashga oid ilmiy-nazariy qarashlar va metodik tavsiyalardan O‘zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi tomonidan moliyalashtirilgan IL–402104155-raqamli amaliy loyihasini bajarishda foydalanilgan (Abu Rayhon Beruniy nomidagi Urganch davlat universitetining 2025-yil 29-oktyabrdagi 02-192/1-ma’lumotnomasi). Natijada, loyiha ishtirokchilarining ilmiy izlanish faoliyati samaradorligi ortishi, tadqiqot materiallarini tizimlashtirish, manbashunoslik tahlilini amalga oshirish, elektron platforma uchun ilmiy kontent yaratish jarayoni sifat jihatdan yaxshilangan;
akmeologik yondashuv asosida talabalarning tadqiqotchilik kompetensiyasini rivojlantirish texnologiyasi real muammolarni hal qilish, hayotiy vaziyat bilan bog‘lash, faoliyatni baholash, individual yo‘naltirishga ta’sir ko‘rsatuvchi muammoli loyiha, portfel, kontekstli o‘qitish, keys-stadi, refleksiv ta’lim, mentorlik, dizayn fikrlash metodlarini faol kiritish orqali takomillashtirishga doir xulosalardan O‘zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi tomonidan moliyalashtirilgan IL–402104155-raqamli amaliy loyiha doirasidagi “Haft shuaro” majmuasini o‘rganish orqali XIX asr Xorazm vohasining milliy-ma’naviy merosini tadqiq qilish va uning o‘zbek, rus hamda ingliz tillaridagi elektron ilovasini yaratishda foydalanilgan (Abu Rayhon Beruniy nomidagi Urganch davlat universitetining 2025-yil 29-oktyabrdagi 02-192/1- ma’lumotnomasi). Natijada, talabalarning tadqiqot ishlarini olib borishga bo‘lgan motivatsiyasi, tashabbuskorligi va o‘z imkoniyatlarini tahlil qilish qobiliyatini rivojlantirishga qulay shart-sharoit yaratilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish