Islamova Moxichexra Bekmurzaevnaning
falsafa doktori (PhD) himoyasi haqida e’lon
I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtissoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “Talabalarda tanqidiy tafakkurni rivojlantirishning pedagogik mexanizmlari (Pedagogika fanlarini o‘qitish misolida)”, 13.00.01-Pedagogika nazariyasi. Pedagogik ta’limotlar tarixi.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: № B2023.3.PhD/Ped4751.
Ilmiy tadqiqot ishi bajarilgan muassasa nomi: Navoiy davlat universiteti.
Ilmiy rahbar: Xodjieva Farog‘at Oltievna pedagogika fanlari nomzodi, dotsent.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Alfraganus University, PhD.03/25.08.2025.Ped.193.02
Rasmiy opponentlar: pedagogika fanlari doktori (DSc), dotsent Boltaeva Mohichehra Jamshid qizi; pedagogika fanlari doktori, professor Adizov Baxtiyor Raxmanovich.
Yetakchi tashkilot: Samarqand davlat pedagogika instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi pedagogika fanlarini o‘qitishda talabalar tanqidiy tafakkurini rivojlantirishning pedagogik mexanizmlar tizimini takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
tanqidiy tafakkur tushunchasining mohiyati, uning boshqa tafakkur shakllari (mantiqiy, kreativ, kommunikativ, konstruktiv) bilan o‘zaro korrelyasion aloqadorligi, tanqidiy fikrlashni rivojlantirishga ta’sir etuvchi fiziologik, psixologik, ijtimoiy-madaniy, texnologik va pedagogik omillar integrativ-kognitiv yondashuv asosida ochib berilgan;
talabalarda tanqidiy tafakkurni rivojlantirishda motivatsion, axloqiy, erkin fikrlash, kommunikativ, kreativlik strategiyalarining pedagogik mexanizm sifatidagi didaktik imkoniyatlari – chiziqli (an’anaviy, rejali, poydevor bosqichli, protsessual) va nochiziqli (sinergetik, integrativ, kognitiv, kompetensiyaviy, divergent, tizimli, ijodiy, evristik) yondashuvlar orqali asoslab berilgan;
pedagogika fanlarini o‘qitishda talabalarda tanqidiy fikrlashni rivojlantirishning metodik imkoniyatlari “Intellekt xaritasi”, “SWOT” tahlil, “T jadval”, “Esse” yoki “Illinoys metodi”, “Ikki qismli kundalik”, “Rezyume”, “Korreksiya”, “Selfi-kontrol”, “Xronologik xato”, “Veen diagrammasi”, “FSMU” metodlari va “PBL – Muammoli ta’lim”, “Keys Stady”, “Insert” “SMART”, “MAP” texnologiyalariga ustuvorlik berish asosida ko‘rsatib berilgan;
ta’lim jarayonida talablarning tanqidiy tafakkurini rivojlantirishga yo‘naltirilgan o‘quv-metodik ta’minotining modeli mustaqillik, moslashuvchanlik, xolislik, mantiqiylik, tanqidiy empatiya, savolni to‘g‘ri qo‘ya olish tamoyillari va aniqlik, dalillash, mantiqiy izchillik, adolatlilik, muvofiqlik, chuqurlik mezonlariga ustuvorlik berish orqali tanqidiy fikrlashning passiv fikrlovchi, qiyin fikrlovchi, dastlabki fikrlovchi, amaliy fikrlovchi, yuqori fikrlovchi, ustoz darajasidagi fikrlovchi darajalarini aniqlovchi nostandart muammoli topshiriqlar va keyslar ishlab chiqish asosida takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi:
Pedagogika fanlarini o‘qitishda talabalar tanqidiy tafakkurini rivojlantirishning pedagogik mexanizmlar tizimini takomillashtirishga oid ishlab chiqilgan nazariy-metodologik va amaliy takliflar asosida:
tanqidiy tafakkur tushunchasining mohiyati, uning boshqa tafakkur shakllari (mantiqiy, kreativ, kommunikativ, konstruktiv) bilan o‘zaro korrelyasion aloqadorligi, tanqidiy fikrlashni rivojlantirishga ta’sir etuvchi fiziologik, psixologik, ijtimoiy-madaniy, texnologik va pedagogik omillar integrativ-kognitiv yondashuv asosida ochib berilganligiga oid yangilikdan “OT-F1. Yoshlarda milliy g‘oya va mafkuraviy immunitetni shakllantirishning psixologik mexanizmlari” nomli grant loyihada belgilangan vazifalarni amalga oshirishda foydalanilgan (Buxoro Xalqaro universitetining 2025-yil 9-iyuldagi 01-57 sonli dalolatnomasi). Natijada, yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash va yod g‘oyalarga qarshi mafkuraviy immunitetini shakllantirishda tanqidiy tafakkurning o‘rniga oid nazariy metodologik tahlillarni yanada boyitishda muhim ahamiyat kasb etib, loyihaning ilmiy-metodologik sifatini takomillashtirishga xizmat qilgan;
talabalarda tanqidiy tafakkurni rivojlantirishda motivatsion, axloqiy, erkin fikrlash, kommunikativ, kreativlik strategiyalarining pedagogik mexanizm sifatidagi didaktik imkoniyatlari – chiziqli (an’anaviy, rejali, poydevor bosqichli, protsessual) va nochiziqli (sinergetik, integrativ, kognitiv, kompetensiyaviy, divergent, tizimli, ijodiy, evristik) yondashuvlar orqali asoslanganligiga oid yangilik “Milliy tarbiya asoslari” darsligi mazmuniga singdirilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2023-yil 22 dekabrdagi 537-son buyrug‘i asosida berilgan 537340 raqamli nashr ruxsatnomasi). Natijada, talabalarda tanqidiy tafakkurni rivojlantirish asosida ularni kasbiy kompetensiyalarini tarkib toptirishning pedagogik imkoniyatlari aniqlangan;
pedagogika fanlarini o‘qitishda talabalarda tanqidiy fikrlashni rivojlantirishning metodik imkoniyatlari “Intellekt xaritasi”, “SWOT” tahlil, “Esse”, “T jadval”, “Illinoys (esse) metodi”, “Ikki qismli kundalik”, “Rezyume”, “Korreksiya”, “Selfi-kontrol”, “Xronologik xato”, “Veen diagrammasi”, “FSMU” metodlari va “PBL – Muammoli ta’lim”, “Keys Stady”, “Insert” “SMART”, “MAP” texnologiyalariga ustuvorlik berish asosida ko‘rsatib berilganligiga oid yangilik “Pedagogika nazariyasi va tarixi” o‘quv qo‘llanmasi mazmuniga singdirilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2025-yil 9-iyuldagi 258-son buyrug‘i asosida berilgan 712093 raqamli nashr ruxsatnomasi). Natijada, pedagogika fanlarini o‘qitishda talabalar tanqidiy tafakkurini rivojlantirishning metodik tizimi takomillashtirilgan;
ta’lim jarayonida talablarning tanqidiy tafakkurini rivojlantirishga yo‘naltirilgan o‘quv-metodik ta’minotining modeli mustaqillik, moslashuvchanlik, xolislik, mantiqiylik, tanqidiy empatiya, savolni to‘g‘ri qo‘ya olish tamoyillari va aniqlik, dalillash, mantiqiy izchillik, adolatlilik, muvofiqlik, chuqurlik mezonlariga ustuvorlik berish orqali tanqidiy fikrlashning spontan fikrlovchi, qiyin fikrlovchi, yangi fikrlovchi, amaliy fikrlovchi, murakkab fikrlovchi, yuqori fikrlovchi darajalarini aniqlovchi nostandart muammoli topshiriqlar va keyslar ishlab chiqish asosida takomillashtirilganligiga oid yangiligi “Evtagogik ta’lim” darsligi mazmuniga singdirilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2024-yil 11-noyabrdagi 429-son buyrug‘i asosida berilgan 429-806 raqamli nashr ruxsatnomasi). Natijada, pedagogika fanlarini o‘qitishda talabalar tanqidiy tafakkurini rivojlantirishning pedagogik imkoniyatlarini samarali aniqlashga erishilgan.