Dadaboev Olimjon Ortiqovichning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “Sharq va G‘arb adabiyotida tarixiy shaxslar obrazini yaratish tamoyillari)” 10.00.06 – Qiyosiy adabiyotshunoslik, chog‘istirma tilshunoslik
va tarjimashunoslik.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2025.1. DSc/Fil940
Ilmiy rahbar: Rahmonov Nasimxon Askarovich, filologiya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Namangan davlat chet tillari instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi: Ishoqxon Ibrat nomidagi Namangan davlat chet tillari instituti, PhD.03/05.05.2023.Fil.163.01 raqamli Ilmiy kengash asosidagi bir martalik kengash.
Rasmiy opponentlar: To‘xliev Boqijon, filologiya fanlari doktori, professor; Turdimov Shomirza Ganievich, filologiya fanlari doktori, professor; Pier Jiorjio Barbona, filologiya fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Andijon davlat chet tillari instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi o‘zbek va ingliz xalqlari adabiyoti tarixiy badiiy asarlaridagi tarixiy shaxslar obrazlarini yaratish tamoyillarini qiyosiy planda yoritib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
ingliz adabiyotida o‘rta asrlarda yozilgan tarixiy tragediyalarda tarixiy qahramon obrazini yaratishda tarixiylik bilan birgalikda epik an’analarning sinkretikligi kuzatilishi, biroq bu adabiy an’ananing uzoq vaqt cho‘zilmagani, o‘zbek adabiyotida esa bu kabi jarayonda tarixiylik va epiklikning qorishuvi o‘rta asrlardan to XIX asr oxirigacha kuzatilishi aniqlangan;
ingliz adabiyotida tarixiy mavzu va tarixiy obrazlarning shakllanishida adabiy oqimlarning roli katta ekani, Uyg‘onish davri tarixiy dramalarida tarixiy qahramon obrazi asosiy o‘rin egallasa, romantizm davridagi tarixiy romanlarda tarixiy qahramon obrazlari ikkinchi planga o‘tgani, zamonaviy modern va postmodern adabiyotda esa asosiy e’tibor tarixiy qahramonlarning ichki dunyosi, his-tuyg‘ulari, ruhiy kechinmalari va ong oqimida parchalangan taassurotlariga qaratilgani, tarixiy qahramonlar xarakterini to‘g‘ridan-to‘g‘ri qayta yaratishdan ko‘ra, shaxsning ma’naviy-ruhiy tajribasini tadqiq etishga intilgani dalillangan;
o‘zbek adabiyotida tarixiy qahramon tasviri tahayyulida mafkuraviy, milliy va mintaqaviy xususiyatlar katta ahamiyatga ega ekani, xususan, milliy uyg‘onish davri tarixiy romanlarida yaratilgan tarixiy qahramon obrazi tasvirida ingliz va rus tarixiy romanchiligining, sobiq Sho‘ro davrida yaratilgan asarlardagi tarixiy obrazlar tasvirida sosialistik realizm an’analarining, mustaqillik davri tarixiy romanlarida yaratilgan tarixiy obrazlar tasvirida esa o‘ziga xos yangicha adabiy an’analarning kuzatilishi asoslangan;
o‘zbek adabiyotida tarixiy romanchilik janri taraqqiyotining ilgarigi bosqichlari bilan mustaqillik davri romanlarida tarixiy qahramon obrazi tasviridagi an’ana va novatorlik, poetik tasvir yo‘sinlari jihatidan o‘zaro qiyoslanib, tarixiy siymo obrazini yaratish konsepsiyasi ifodasidagi yangilanishlar aniqlangan;
o‘zbek va ingliz hujjatli nasriga oid janrlarda yaratilgan asarlarda tarixiy qahramonlar obrazini yaratishda tarixiy faktlar va manbalarga asoslanilishi kuzatilsa-da, yozuvchilarning asar yaratishdagi maqsadlari obraz yaratish jarayoniga katta ta’sir etishi, xususan, g‘arb adiblari sharqlik tarixiy siymolar obrazini yaratishda evroposentrizm nuqtai nazaridan yondoshishlari ustunlik qilishi dalillangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Sharq va Gʻarb adabiyotida tarixiy shaxslar obrazini yaratish tamoyillari bo‘yicha olingan natijalar asosida:
ingliz adabiyotida tarixiy mavzu va tarixiy obrazlarning shakllanishida adabiy oqimlarning roli katta ekani, Uyg‘onish davri tarixiy dramalarida tarixiy qahramon obrazi asosiy o‘rin egallasa, romantizm davridagi tarixiy romanlarda tarixiy qahramon obrazlari ikkinchi planga o‘tgani, zamonaviy modern va postmodern adabiyotda esa asosiy e’tibor tarixiy qahramonlarning ichki dunyosi, his-tuyg‘ulari, ruhiy kechinmalari va ong oqimida parchalangan taassurotlariga qaratilgani, tarixiy qahramonlar xarakterini to‘g‘ridan-to‘g‘ri qayta yaratishdan ko‘ra, shaxsning ma’naviy-ruhiy tajribasini tadqiq etishga intilgani haqidagi ilmiy xulosalardan O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasining “O‘zbekiston” teleradio kanali DUK muharririyati tomonidan tayyorlangan “Katta tanaffus”, “Ta’lim va taraqqiyot” nomli radioeshittirishlarining 2024-yil fevral va may sonlarida foydalanilgan (Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasi “O‘zbekiston 24” ijodiy birlashmasi davlat muassasasining 2025-yil 3-sentyabrdagi 05-06-1387-son ma’lumotnomasi). Natijada tadqiqot obekti qilib olingan manbalarning qiyosiy tahlilidan olingan xulosalar radioeshittirishlarning ilmiy dalillarga boy va ommabop, ishonchli bo‘lishini ta’minlashga xizmat qilgan;
o‘zbek va ingliz hujjatli nasriga oid janrlarda yaratilgan asarlarda tarixiy qahramonlar obrazini yaratishda tarixiy faktlar va manbalarga asoslanilishi kuzatilsa-da, yozuvchilarning asar yaratishdagi maqsadlari obraz yaratish jarayoniga katta ta’sir etishi, xususan, g‘arb adiblari sharqlik tarixiy siymolar obrazini yaratishda evroposentrizm nuqtai nazaridan yondoshishlari ustunlik qilishi, ingliz adabiyotida o‘rta asrlarda yozilgan tarixiy tragediyalarda tarixiy qahramon obrazini yaratishda tarixiylik bilan birgalikda epik an’analarning sinkretikligi kuzatilishi, biroq bu adabiy an’ananing uzoq vaqt cho‘zilmagani, o‘zbek adabiyotida esa bu kabi jarayonda tarixiylik va epiklikning qorishuvi o‘rta asrlardan to XIX asr oxirigacha kuzatilishi haqidagi ilmiy xulosalardan Oʻzbekiston davlat jahon tillari universitetida davlat ilmiy-texnika dasturlari doirasida 2023-2025-yillarda bajarilgan IL-27-4722022413-sonli “Qiyosiy adabiyotshunoslik” fanining “Komparativistika” elektron platformasini yaratish mavzusidagi innovatsion loyihasi doirasida foydalanilgan (O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetining 2025-yil 5-sentyabrdagi № 04-04-1/4986-son ma’lumotnomasi). Natijada ingliz va oʻzbek adabiyotidagi tarixiy obrazlar yaratish tamoyillaridagi farqli jihatlar haqidagi ma’lumotlar loyihani boyitishga xizmat qilgan;
o‘zbek adabiyotida tarixiy qahramon tasviri tahayyulida mafkuraviy, milliy va mintaqaviy xususiyatlar katta ahamiyatga ega ekani, xususan, milliy uyg‘onish davri tarixiy romanlarida yaratilgan tarixiy qahramon obrazi tasvirida ingliz va rus tarixiy romanchiligining, sobiq Sho‘ro davrida yaratilgan asarlardagi tarixiy obrazlar tasvirida sosialistik realizm an’analarining, mustaqillik davri tarixiy romanlarida yaratilgan tarixiy obrazlar tasvirida esa o‘ziga xos yangicha adabiy an’analarning kuzatilishi haqidagi ilmiy xulosalardan Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat oʻzbek tili va adabiyoti universitetida bajarilgan PF-201912258, “Oʻzbek adabiyotining koʻp tilli (oʻzbek, rus, ingliz tillarida) elektron platformasini yaratish” nomli amaliy grant loyihasida foydalanilgan. (Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat oʻzbek tili va adabiyoti universitetining 2025-yil 8-iyul № 01/4-3003-son ma’lumotnomasi). Natijada o‘zbek adabiyotida yaratilgan tarixiy qahramon obrazlari evolyusiyasiga doir ma’lumotlar loyihaning samaradorligi oshirgan;
o‘zbek adabiyotida tarixiy romanchilik janri taraqqiyotining ilgarigi bosqichlari bilan mustaqillik davri romanlarida tarixiy qahramon obrazi tasviridagi an’ana va novatorlik, poetik tasvir yo‘sinlari jihatidan o‘zaro qiyoslanib, tarixiy siymo obrazini yaratish konsepsiyasi ifodasidagi yangilanishlar haqidagi ilmiy natijalardan Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetida 2022-2024-yillarda bajarilgan IL-402104209 “Axborot-qidiruv tizimlari (Google, Yandex, Google translate) uchun avtomatik ishlov berish vositasi – o‘zbek tilining morfoleksikoni va morfologik analizatori dasturiy vositasini yaratish” bo‘yicha innovatsion loyiha doirasida foydalanilgan. (Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat oʻzbek tili va adabiyoti universitetining 2025-yil 9-iyul № 01/4-3022-son ma’lumotnomasi). Natijada o‘zbek adabiyotida yaratilgan tarixiy mavzudagi asarlarga doir ma’lumotlar loyihaning samaradorligi oshirgan.