Normurodov Baxtiyor Abdullaevichning

falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

 

I. Umumiy ma’lumotlar.

Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Mahalliy xomashyolar asosida modifikatsiyalangan tiokol oligomerlar sintezi va ularning qo‘llanilishi», 02.00.14–Organik moddalar va ular asosidagi materiallar texnologiyasi (texnika fanlari).

Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2019.2.PhD/T1040.

Ilmiy rahbar: Turaev Xayit Xudaynazarovich,kimyo fanlari doktori, professor.

Dissertatsiya bajarilgan muassasalar nomi: Termiz davlat universiteti, Toshkent kimyo-texnologiya ilmiy-tadqiqot instituti.

IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Termiz davlat universiteti, Toshkent kimyo-texnologiya ilmiy-tadqiqot instituti, PhD.29.12.2018.T.78.01.

Rasmiy opponentlar: Ikromov Abduvahob, texnika fanlari doktori, professor; Karimov Ma’sud Ubaydulla o‘g‘li, texnika fanlari doktori.

Yetakchi tashkilot: Umumiy va noorganik kimyo instituti.

Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.

II. Tadqiqotning maqsadi: mahalliy xomashyolar asosida modifikatsiyalangan tiokol oligomerlar sintezi, qo‘llanilishi va ular asosida germetiklovchi materiallar olish texnologiyasini ishlab chiqishdan iborat.

III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:

mahalliy xomashyolar asosida tarkibida azot, fosfor, oltingugurt bo‘lgan yangi samarali modifikatsiyalangan tiokol oligomerlar olingan;

olingan tarkibida azot, fosfor, oltingugurt bo‘lgan modifikatsiyalangan tiokol oligomerlarning fizik-kimyoviy xossalari aniqlangan;

sintez qilingan modifikatsiyalangan tiokol oligomerlar va ular asosida olingan germetiklarning tuzilishi va xossalari aniqlangan;

tarkibida azot, fosfor, oltingugurt bo‘lgan tiokol oligomerlar modifikatsiyasining ularning mexanik xossalariga ta’siri isbotlangan;

tarkibida azot, fosfor, oltingugurt bo‘lgan modifikatsiyalangan tiokol oligomerlarning fizik-mexanik xossalari aniqlangan;

tarkibida azot, fosfor, oltingugurt bo‘lgan modifikatsiyalangan tiokol oligomerlar asosida germetiklovchi tarkiblar ishlab chiqilgan.

IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.

Tarkibida azot, fosfor, oltingugurt bo‘lgan modifikatsiyalangan tiokol oligomerlar olish texnologiyasi va qo‘llanilishi bo‘yicha olingan natijalar asosida:

tiokol oligomerlarni sintez qilish usullaridan OT-F7-34 raqamli «Kompleks hosil qiluvchi ionitlar sintezi va ular yordamida ba’zi d-metallarni ajratishning nazariy asoslari» mavzusidagi loyihada mahalliy xomashyolar asosidagi tarkibida azot, oltingugurt, fosfor bo‘lgan oligomerlar sintezida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2019 yil 14 fevraldagi 89-03-663-son ma’lumotnomasi). Natijada mahalliy xomashyolar asosida samarali ionitlar olish imkonini bergan;

tarkibida azot, fosfor, oltingugurt bo‘lgan modifikatsiyalangan tiokol oligomerlar olish texnologiyasi «O‘zkimyosanoat» AJ tasarrufidagi «Jizzax plastmassa» AJning «2020-2021 yillarda amaliyotga joriy etish bo‘yicha istiqbolli ishlanmalar ro‘yxati» ga kiritilgan («O‘zkimyosanoat» AJning 2019 yil 5 apreldagi 03-1880/K-son ma’lumotnomasi). Natijada termik chidamli va mexanik mustahkam polietilen mahsulotlar ishlab chiqarish uchun zarur bo‘lgan qo‘shimchalar olish imkonini beradi;

mahalliy xomashyolar asosida olingan tiokol oligomerlar Termiz shahri, Angor, Sherobod, Denov tumanlari «Suv oqova» tashkilotlari oqova suv quvurlarini tashqi ta’sirlardan himoyalovchi qoplama sifatida amaliyotga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasining 2019 yil 26 martdagi 03-04/1-1481-son ma’lumotnomasi). Natijada oqova suv quvurlarini germetiklab va himoyalovchi qoplamalarni qo‘llab, ulardan foydalanish muddatini oshirish va chetdan olib kelinayotgan tiokol germetiklarni mahalliylashtirish imkonini bergan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish